O'zbekistonda moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish mexanizmlari mundareja



Yüklə 42,23 Kb.
səhifə1/7
tarix19.12.2023
ölçüsü42,23 Kb.
#150481
  1   2   3   4   5   6   7
20.O‘zbekistonda moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish 3-20


O'zbekistonda moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish mexanizmlari



MUNDAREJA:

Kirish
I. MOLIYA BOZORINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH
1.1. Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish kontseptsiyalari


1.2. Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish institutlari va ularning o'zaro bog'liqlikdagi faoliyati


1.3. O'zbekistonda moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish mexanizmlari


II. MOLIYA BOZORINI TARTIBGA SOLISH BOʻYICHA JAHON TAJRIBASI
2.1. Moliya bozorini tartibga solish amaliyotini takomillashtirish masalalari


2.2. O‘zbekiston moliya bozorini tartibga solishda xalqaro tajribadan foydalanish


Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish
Mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizasiyalash, bozor islohotlarining yanada chuqurlashtirilishi natijasida yildan yilga salmoqli natijalar qo‘lga kiritilib, barqaror iqtisodiy o‘sish yo‘nalishi mustahkamlanib bormoqda. Hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy siyosat to’la va izchil amalga oshirilishi, iqtisodiyotning muhim ustuvor tarmoqlarining belgilab berilishi hamda ularni rivojlantirish bo‘yicha barcha imkoniyatlarning safarbar etilishida moliyaviy nazorat o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
O’zbekistonda siyosiy va davlat mustaqilligi kamol topishi bilan uning bozor munosabatlariga asoslangan Milliy iqtisodiyoti shakllana boshladi. Milliy iqtisodiyot - bu ma’lum bir davlat hududida tarixan tashkil topgan, bir-biri bilan maqsadi va mehnat taqsimoti bog’liq bo’lgan tarmoqlar yig’indisidir. Yagona tizim sifatida milliy iqtisodiyot o’ziga xos bo’lgan munosabatlari, boshqaruv tizimi, umumiqtisodiy infrastrukturasi va mustaqil qonunchiligiga ega bo’lgan mustaqil davlatchilikni taqozo qiladi.
Bizga ma’lumki, mamlakatda iqtisodiy o’sish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda moliya bozori hal qiluvchi rol o’ynaydi. Moliya bozorlari samarali ishlashi uchun uni doimo tartibga solib turish muhim ahamiyat kasb etadi. So’nggi yillarda mamlakatimiz moliya bozorini rivojlantirish va uni uni faoliyatini tartibga solish bo’yicha sezilarli darajada islohotlar amalga oshirilmoqda. Sir emаski, mаzkur islоhоtlаrning muvаffаqiyаti kо’p jihаtdаn iqtisоdiyоtimizning bаrchа tаrmоqlаrigа xоrijiy investitsiyаlаrni jаlb qilish, ilg’оr xаlqаrо tаjribаni jоriy qilish vа shаffоflikni tа’minlаsh bilаn chаmbаrchаs bоg’liq. Bugungi kunda moliya bozorini tartibga solish bo’yicha amal qiladigan nazariyalarga o’zo’zini boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan asos solingan va xalqaro darajada emitentlar hamda investorlarni jalb etish uchun raqobat natijasida shakllangan.

Yüklə 42,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə