9-ma’ruza muloqot va uning turlari. Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi. Reja



Yüklə 22,95 Kb.
səhifə1/5
tarix27.12.2023
ölçüsü22,95 Kb.
#163239
  1   2   3   4   5
9-ma\'ruza


9-MA’RUZA
MULOQOT VA UNING TURLARI. SHAXSLARARO MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI.


Reja:
1. Insoniy munosabatlar psixologiyasi.
2. SHaxslararo muomalaning shaxs tarakkiyotidagi o’rni.
3. Insoniy muomala va mulokotning psixologik vositalari.
4. Mulokot va uni o’rganish muammolari.
5. Samarali ta’sir psixologiyasi.


Ttayanch tushunchalar: Psixologik ta’sir, verbal ta’sir, paralingvistik ta’sir, noverbal ta’sir.


Insoniy munosabatlar psixologiyasi. SH axs - ijtimoiy munosabatlar maxsuli deyilishining eng asosiy sababi - uning doimo insonlar davrasida, ular bilan o’zaro ta’sir doirasida bo’lishini anglatadi. Bu shaxsning eng etakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri mulokot ekanligiga ishora kiladi. Mulokotning turi va shakllari turlicha. Masalan, bu faoliyat bevosita "yuzma-yuz" bo’lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga o’xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayoniga amaliy yoki do’stona bo’lishi; sub’ekt-sub’ekt turli (dialogik, sheriklik) yoki sub’ekt-ob’ektli (monologik) bo’lishi mumkin. Insoniy munosabatlar shunday o’zaro ta’sir jarayonlariki, unda shaxslararo munosabatlar shakllanadi va namoyon bo’ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar o’rtasida ro’y beradigan fikrlar, xis-kechinmalar, tashvishu kuvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo’lishgani sari, ular o’rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o’rtasida umumiylik, o’xshashlik va uyg’unlik kabi sifatlar paydo bo’ladiki, ular bir-birlarini bir karashda tushunadigan yoki "yarimta jumladan" ham fikr ayon bo’ladigan bo’lib koladi. Ayrim xollarda esa ana shunday mulokotning tig’izligi teskari reaktsiyalarni - bir-biridan charchash, gapiradigan gapidan kolmaslik kabi vaziyatni keltirib chikaradi. Masalan, oila muhiti va undagi munosabatlar ana shunday tig’iz munosabatlarga kiradi. Fakat bunday tig’izlik oilaning barcha a’zolari o’rtasida emas, uning ayrim a’zolari o’rtasida bo’lishi mumkin (ona-bola, kaynona-kelin va h.k.). O’zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlarning munosabatdan ko’zlaydigan asosiy maqsadlari - o’zaro til topishish, bir-birini tushunish.

Yüklə 22,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə