9-ma’ruza muloqot va uning turlari. Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi. Reja


Mulokot va uni o’rganish muammolari



Yüklə 22,95 Kb.
səhifə4/5
tarix27.12.2023
ölçüsü22,95 Kb.
#163239
1   2   3   4   5
9-ma\'ruza

Mulokot va uni o’rganish muammolari. Oxirgi yillarda "professionalizm" tushunchasi tez-tez ishlatiladigan bo’lib qoldi. CHunki jamiyatda tub islohotlarni amalga oshirish, mexnat unumdorligini "inson omili"ni takomillashtirish xisobiga oshirish davr talabi bo’lib qoldi. Ayniksa, odamlarni boshkarish sohasidagi professionalizmga katta e’tibor qaratilmokda. Juda ko’pchilik mutaxassislar barcha bajaradigan vazifalari orasida odamlar bilan til topishish, ularga ta’sir ko’rsatish, ular faoliyatini to’g’ri tashkil kilish va boshkarish eng murakkablaridan ekanligini e’tirof etmokdalar.
Odamlar bilan normal munosabatlarni o’rnata olmaslik, ayniksa, biznes soxasida amaliy sheriklarning xolatlari, kutishlarini aniklay olmaslik, o’z nuktai nazariga o’zgalarni professional tarzda ko’ra olmaslik, "birov"ni, uning ichki kechinmalari va o’ziga bo’lgan munosabatini anik tasavvur kila olmaslik amaliy psixologiyada kommunikativ ukuvsizlik yoki diskommunikatsiya xolatini keltirib chikaradi. Bunda odamlar oddiy til bilan aytganda, bir-birlarini tushunolmay koladi. Oqibatda, pishib turgan loyixa yoki yaxshi reja amalga oshmasligi, bir necha oylarga cho’zilib ketishi mumkin.
Mutaxassislarning aniqlashlaricha, ishlayotgan odamlar vaqtining 45 foizi tinglash jarayoniga ketar ekan. Odamlar bilan doimiy muloqotda bo’ladiganlar 35 - 40 foiz oylik maoshlarini odamlarni "tinglaganlari" uchun olarkanlar. Bundan shunday xul osa kelib chikadiki, kommunikatsiyaning eng qiyin sohalaridan hisoblangan tinglash kobiliyati odamga ko’prok foyda keltirarkan.
SHuning uchun bo’lsa kerak, nemis faylasufi A. SHopengauer "Odamlarni o’zingiz to’g’ringizda yaxshi fikrga ega bo’lishlarini xoxlasangiz, ularni tinglang" deb yozgan ekan. Darxakikat, agar siz kuyunib gapirsangiz-u, ammo suhbatdoshingiz sizni tinglamasa, boshka narsa bilan ovora bo’laversa, undan ranjiysiz, nafakat ranjiysiz, balki u bilan aloqani ham uzasiz. O’kituvchi gapirayotgan paytda uni tinglamaslik odobsizlikning eng yuqori ko’rpnishi deb baholanishini bilasizmi?
Nima uchun biz ko’pincha, yaxshi gapiruvchi, so’zlovchi bo’la olamizu, yaxshi tinglovchi bo’la olmaymiz? Psixologlarning fikricha. asosiy xalaqit beruvchi narsa - bu bizning o’z fikr - o’ylarimiz va xohishlarimiz og’ushida bo’lib qolishimiz. SHuning uchun xam b t ,- zan rasman sherigimizni tinglayotganday bo’lamiz, lekin a slili xayolimiz boshka erda bo’ladi.



Yüklə 22,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə