9-ma’ruza muloqot va uning turlari. Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi. Reja



Yüklə 22,95 Kb.
səhifə3/5
tarix27.12.2023
ölçüsü22,95 Kb.
#163239
1   2   3   4   5
9-ma\'ruza

1. Verbal ta’sir - bu so’z va nutqimiz orqali ko’rsatadigan ta’sirimiz. Bundagi asosiy vositalar so’zlar. Ma’lumki, nutq - bu so’zlashuv, o’zaro muomala jarayoni bo’lib, uning vositasi so’zlar xisoblanadi. Monologik nutkda xam dialogik nutkda xam odam o’zidagi barcha so’zlar zaxirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so’zlarni topib, sherigiga ta’sir ko’rsatishni xohlaydi.
2. Paralingvistik ta’sir - bu nutkning atrofidagi nutkni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutkning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyatsiya, tovushlar, to’xtashlar, duduklanish, yo’tal, til bilan amalga oshiriladigan xarakatlar, nidolar kiradi. SH unga karab, masalan, do’stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bo’lsa, biz uning kay darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib-pishib, ochik yuz va dadil ovoz bilan, "albatta, bajaraman", desa ishonamiz.
3. Noverbal ta’sirning ma’nosi "nutqsiz". Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o’rinlari, xolatlari (yaqin, uzok, intim), kiliklari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his kilishlar, tashki kiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovkin, xidlar) kiradi. Ularning barchasi mulokot jarayonini yanada kuchaytirib, suxbatdosh larning bir-birlarini yaxshirok bilib olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki dakiqalarida o’rtog’ingiz sizga qaramay atrofga alanglab "Ko’rganimdan biram xursandman", desa, ishonasizmi?
M uloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suxbatdoshlar bir-birlariga ta’sir ko’rsatmoqchi bo’lishganda, dastavval nima deyish, kanday so’zlar vositasida ta’sir etishni o’ylar ekan. Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko’ra, birinchi marta ko’rishib turgan suxbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo’lishiga gapirgan gaplari 7 foiz, paralingvistik omillar 38 foiz va noverbal harakat lar foizgacha ta’sir kilarkan. Keyinchalik bu munosabat o’zgarishi mumkin, lekin xalq ichida bir makol bor: "Ust-boshiga qarab kutib olishadi, aqlga qarab kuzatishadi".

Yüklə 22,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə