Ijtimoiy taraqqiyot sotsiologiyasi Ijtimoiy taraqqiyot tushunchasiga ta’rif bering. Sotsiologiyada ijtimoiy taraqqiyot


Ijtimoiy taraqqiyot shakllarining ijobiy va salbiy mohiyatga ega bo‘lgan qanday tiplarini bilasiz?



Yüklə 66,5 Kb.
səhifə5/7
tarix12.12.2023
ölçüsü66,5 Kb.
#148848
1   2   3   4   5   6   7
ijtimoiy taraqqiyot sotsiologiyasi

6.Ijtimoiy taraqqiyot shakllarining ijobiy va salbiy mohiyatga ega bo‘lgan qanday tiplarini bilasiz?
Ijtimoiy taraqqiyot shakllarining ijobiy va salbiy mohiyatga ega bo‘lgan tiplari.
Taraqqiyot (arab. ko‘tarilish, rivojlanish, yuksalish, takomillashish kabi ma’nolarni anglatadi).
Inqiroztaraqqiyotda orqaga ketish, tanazzul. Har qanday ob’ekt o‘zining rivojlanishi mobaynida paydo bo‘lish, ulg‘ayish, pasayish va halok bo‘lish bosqichlaridan o‘tadi. Har qanday tizim (ob’ekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan quyi darajadagi holatga o‘tish jarayoni inqilob davri deyiladi. Ijtiomiy tizimlardagi inqirozlarga differensial yondoshish kerak.
7.Sotsial reformalar va ularning turlari haqida ma’lumot bering
Islohot tushunchasi “Reforma” so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zgartirish, tuzatish, qayta tashkil etish degan ma’noni anglatadi. Islohot (reforma) deb, muayyan bir jamiyatning, ijtimoiy-siyosiy tizimning negizini, asosini saqlab qolgan holda biror-bir tomoni, sohasini, muayyan bir tartibotlarini, ijtimoiy institut yoki tashkilotlar faoliyatini o‘zgartirishga va qaytadan tashkil qilishga aytiladi.
Islohot (reforma) qaytadan kurash, isloh qilish, islohot ma’nolarini anglatar ekan siyosiy sohada hukmron sinflarning o‘z hukmronligini saqlab qolish maqsadida o‘tkaziladigan va mavjud davlat tuzumini o‘zgartirmaydigan islohotlari ham deyish mumkin. Reforma tushunchasi, shubxasizki, revolyusiya tushunchasiga qarama-qarshidir. Islohotlarijtimoiy munosabatlarni takomillashtirish, yetilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy munosabatlarni hal etish vositasidir. Islohot rasman har qanday mazmundagi yangilikni joriy etish hisoblansada, islohot deyilganda ko‘p yoki oz darajadagi ilg‘or qayta o‘zgartirish nazarda tutiladi. Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning pirovard maqsadini vaziyatdan kelib chiqqan holda to‘g‘ri belgilab olish muhimdir. Islohotlar turli mamlakatlarda ularning geografik joylashishi, iqlimi, iqtisodiy, intellektual salohiyati, ma’naviyati, madaniyati, milliy xususiyatlari va boshqa o‘ziga xos omillardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Yüklə 66,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə