Mustaqil ish mavzu: Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh qilish smmt 87 guruh talabasi Yo‘ldoshev Otabek



Yüklə 54,89 Kb.
səhifə1/7
tarix22.03.2024
ölçüsü54,89 Kb.
#180524
  1   2   3   4   5   6   7
Mavzu xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh qilish MUSTAQIL ISH


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Toshkent Moliya Instituti
Sirtqi Fakuliteti

MUSTAQIL ISH


Mavzu: Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh qilish
SMMT 87 GURUH talabasi Yo‘ldoshev Otabek

Toshkent 2023


Mavzu: Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh qilish

Mavzu: XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNI MOLIYAVIY ISLOH QILISH
1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh

qilishning zarurligi va mazmuni.
2. Xo‘jalik yurituvchi subyektni moliyaviy isloh qilish

samaradorligini baholash.
3. Xo‘jalik yurituvchi subyektni isloh qilish tizimida

moliyaviy zaxiralar.

1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh qilishning zarurligi va mazmuni
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatida sifat o‘zgarishlarni amalga oshirmasdan turib bozor iqtisodiyotini rivojlantirish mumkin emas. Ularni isloh qilish jarayonining mazmuni bozor munosabatlari rivojlanishining qonuniyatlaridan kelib chiqadiki, ularda birlamchi bo‘g‘in (Xo’jalik yurituvchi subyektlar)ga alohida o‘rin berilishi kerak. Bozor iqtisodiyotida Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro aloqalarining umumiy modeli quyidagi chizmada keltirilgan (1.1-chizma):
1.1-chizma. Bozor iqtisodiyotida Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro aloqalarining modeli Bozor iqtisodiyoti sharoitida Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xaridor va sotuvchi sifatida maydonga chiqib, tovarlar va xizmatlar bozorida o‘zgaruvchan talab va taklif asosida raqobat muhitida aniqlanadigan baho orqali o‘zaro ta’sir (aloqa)da bo‘ladi. Baholarning yig‘indisi tushumning miqdorini aniqlab berganligi uchun Xo’jalik yurituvchi subyektlar(firma, korporatsiya va h.k.)larning moliyaviy ahvoli bilan ularning bozordagi faolligi, ular faoliyatida rivojlanishning bozor omillari o‘zgarishini har tomonlama hisobga olish o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud. Bu omillarni hisobga olish Xo’jalik yurituvchi subyektlar, firmalar va korporatsiyalar moliyaviy faoliyatining butun falsafasini prinsipial jihatdan o‘zgartirishni talab qiladi. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliya munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha asoslangan choralar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish ularni moliyaviy isloh qilishning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Mamlakatimizda 2016-yilda boshlangan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida Xo’jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• faoliyatni bozor talablariga yo‘naltirish va eng yangi texnologiyalarga investitsiyalar asosida innnovatsion jarayonlarni rivojlantirish yo‘li bilan mahsulotlar va xizmatlar raqobatbardoshligini ta’minlash;
• Xo’jalik yurituvchi subyektlar kapitalini shakllantirish va boshqarish samaradorligini oshirish;
• Xo’jalik yurituvchi subyektlar rivojlanishini moliyaviy jihatdan ta’minlash va uning moliyaviy barqarorligini oshirish rezervlarini qidirib topish va jalb qilish;
• ishlab chiqarishning barcha omillaridan samarali foydalanish va mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajatlarni kamaytirish asosida ularning daromadlarini o‘stirish yo‘li bilan Xo’jalik yurituvchi subyektlarning investitsion jozibadorligini oshirish;
• aktivlarni restrukturizatsiya qilish va bozor konyunkturasini bashorat qilish, tovarlar va xizmatlarning to‘lovga layoqatli talabi va taklifi asosida Xo’jalik yurituvchi subyektlarfaoliyatini diversifikatsiyalashtirish.
Xo’jalik yurituvchi subyektlar, firmalar va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilishda kapitalizatsiya jarayoni, ya’ni mavjud salohiyat (aktivlar)dan eng yaxshi foydalanish hisobidan kompaniyaning qiymatini oshirish va shu asosda kapitallashtirishning asosiy manbaini – kapitalni o‘stirishga yo‘naltiriladigan sof foyda hajmini ko‘paytirish alohida o‘rin egallaydi. Sof foydani kapitallashtirish koeffitsiyenti aktiv (kapital)ni oshirishga yo‘naltirilgan sof foyda qismining Xo’jalik yurituvchi subyektlar sof foydasi umumiy hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Uni formula shaklida quyidagicha aks ettirish mumkin:

Yüklə 54,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə