Mustaqil ish mavzu: Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh qilish smmt 87 guruh talabasi Yo‘ldoshev Otabek



Yüklə 54,89 Kb.
səhifə6/7
tarix22.03.2024
ölçüsü54,89 Kb.
#180524
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh qilish MUSTAQIL ISH

Kтq = ( Σ Pм : M)1
Bu yerda: Kтq - to‘lovga qobillik koeffitsiyenti;
Σ Pм - Xo’jalik yurituvchi subyektning barcha pul mablag‘lari;


M - uzish muddati kelgan to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar.
Shu munosabat bilan quyidagilarga alohida e’tibor qaratmoq lozim:
• bozorga faol kirish bilan bog‘liq holda Xo’jalik yurituvchi subyektlarmoliyaviy barqarorligining o‘sishiga; • bankrotlikning mavjud belgilariga o‘z vaqtida barham
berishga (moliyaviy mustahkamlik omilini nazorat qilish);
• investitsiyalarning qoplanish muddatlarini qisqartirishga;
• ishlab chiqarish va tovarlar sotish xarajatlarini qisqartirish evaziga foydaning o‘sishiga.

Bunda Xo’jalik yurituvchi subyektlarfoydasining o‘sishiga ta’sir qiluvchi barcha omillardan faol foydalanmoq lozim.


Albatta, foydaning miqdoriga Xo’jalik yurituvchi subyektning soliq siyosati ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, chunki odatda, barcha soliqlar Tovar bahosining tarkibiga kiritiladi. Soliqlarning miqdori, ayrim hollarda, bahoning darajasini aniqlashga va demak, talabga ham hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, soliqlar Xo’jalik yurituvchi subyektning sof foydasiga ham bevosita ta’sir qiladi, chunki sof foyda balans (umumiy) foyda va uning byudjetga to‘langan qismi o‘rtasidagi farq sifatida hisoblanadi.
Hozirgi sharoitda iloji boricha Xo’jalik yurituvchi subyektlar foydasining asosiy qismi byudjetga olinmasligi va Xo’jalik yurituvchi subyektning ixtiyoriga qoladigan sof foyda uning rivojlanishini moliyalashtirish uchun yetarli bo‘lmog‘I lozim. Bu, eng avvalo, investitsiyalarga tegishli bo‘lib, amal (harakat)dagi Xo’jalik yurituvchi subyektlarda ularning manbai sof foydadir. Xo’jalik yurituvchi subyektlarda sof foyda bo‘yicha sotuvning rentabelligi (sof foydaning realizatsiya hajmiga nisbati) yuqori bo‘lib, ularning sog‘lom faoliyatini ta’minlashga yetarli bo‘lishi kerak.
Moliyaviy isloh qilish jarayonida Xo’jalik yurituvchi subyektlarfaoliyat ko‘rsatishning quyidagi parametrlariga chiqishga harakat qilmog‘i lozimki, ular
Xo’jalik yurituvchi subyektlarishining moliyaviy barqarorligi va balansi tarkibiy tuzilmasining ijobiyligidan darak beradi:
- to‘lovga qobillik koeffitsiyenti - ≥ 1;
- joriy likvidlik koeffitsiyenti - ≥ 2;
- aylanma aktivlarning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti - ≥ 0,1;
- absolyut likvidlik koeffitsiyenti - ≥ 0,2;
- zaxira va xarajatlarning hajmi (o‘lchami) ularni qoplash manbalaridan kichik yoki ularga teng ( ≤) bo‘lishi kerak.
Xo’jalik yurituvchi subyektlarfaoliyatini zarar (ziyon)siz va tanazzulsiz bo‘lishini
ta’minlash uchun kompaniya ishtirokchilari va moliyaviy menejment tomonidan bu ko‘rsatkichlar doimiy ravishda monitoring qilib borilishi va zarur bo‘lgan hollarda ularning darajasi o‘z vaqtida o‘zgartirilishi lozim.

Yüklə 54,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə