Mustaqil ish mavzu: Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh qilish smmt 87 guruh talabasi Yo‘ldoshev Otabek


Xo‘jalik yurituvchi subyektni moliyaviy isloh qilish



Yüklə 54,89 Kb.
səhifə3/7
tarix22.03.2024
ölçüsü54,89 Kb.
#180524
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh qilish MUSTAQIL ISH

2. Xo‘jalik yurituvchi subyektni moliyaviy isloh qilish

samaradorligini baholash
XYuS, firma va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilish
samaradorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichi sifatida moliyaviy
samaradorlik, ya’ni sof foyda bo‘yicha rentabellik ko‘rsatkichini
olish mumkin.
Uni hisoblash formulasi quyidagicha:


R = (Cf : O‘k) x 100
Bu yerda: R — sof foyda bo‘yicha o‘z kapitalining
rentabelligi;
Sf — sof foyda yoki netto-foyda;
O‘k — o‘z kapitali.
Bu ko‘rsatkichning o‘sishi foydani soliqqa tortishni qo‘shib
hisoblagan holda ichki va tashqi xarakterdagi ko‘plab omillarga
bog‘liq. Rentabellikni tarkib toptiruvchi omillarni tahlil qilish uchun
amaliyotda birinchi marta “Dyupon de Nemur” kompaniyasida
qo‘llanilgan Dyupon formulasidan foydalaniladi. Bu formulaning
ko‘rinishi quyidagicha:
R = (Sf : O‘k) x (Sf : T) x (T : A) x (A : O‘k),
Bu yerda: R - sof foyda bo‘yicha o‘z kapitalining
rentabelligi;
Sf – sof foyda yoki netto-foyda;
O‘k – o‘z kapitali;
T – tushum;
A – aktivlar.
Bir vaqtning o‘zida bu formuladagi (Sf : O‘k) nisbati sof ko‘ra o‘z kapitalining rentabellik koeffitsiyentini ko‘rsatsa, (Sf : T) nisbati esa sotuv rentabelligini ifodalab, bir tomondan bu nisbat tahlil qilinayotgan davrda sof foyda va sotuv hajmi (tushum) o‘rtasidagi nisbatni aks ettirsa, ikkinchi tomondan esa, yaxlit holda sotilgan mahsulotning daromadliligini xarakterlaydi va u alohida olingan tovar turlari daromadligiga va ularning realizatsiya hajmidagi nisbatiga bog‘liqdir. Shuningdek, (T : A) nisbati xo‘jalik faolligi koeffitsiyentini ko‘rsatadi. Bu koeffitsiyent aktivlarning aylanuvchanligi (yoki aktivlarning yillik o‘rtacha qiymatiga to‘g‘ri keluvchi bir so‘mlik tushum hajmi)ni aks ettiradi, tahlil davridagi aktivlar aylanmasining sonini xarakterlaydi. Aktivlar qancha ko‘p aylansa, ularning rentabelligi shuncha yuqori bo‘ladi. (A : O‘k) nisbati esa bir so‘mlik o‘z kapitaliga to‘g‘ri keluvchi aktivlarning umumiy miqdorini ko‘rsatadi. Bir so‘mlik o‘z kapitaliga to‘g‘ri keluvchi aktivlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, rentabellik darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich Xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy faolligini, uning aylanma (aktivlar)ga kapitalning qo‘shimcha manbalarini jalb qilish borasidagi mahoratini aks ettiradiki, bu narsa tushum hajmi va Xo’jalik yurituvchi subyektlardaromadliligini oshirishga imkon beradi.
Yuqoridagi formulada keltirilgan ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligini Xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy siyosatini isloh qilishni asoslab berishda foydalanish mumkin. Chunki formuladagi ko‘rsatkichlar Xo’jalik yurituvchi subyektlaryakuniy natijalarining aktivlardan foydalanish darajasi, ularning aylanish tezligi, sotish hajmi va sotilayotgan mahsulotlarning daromadliligi, ya’ni moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining barcha asosiy parametrlari bilan o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi.
Bularning barchasi istiqbolga mo‘ljallangan biznes-rejani ishlab chiqish uchun asos bo‘lishi, shuningdek, investitsion-innovatsion biznes-loyihalarni asoslashda xizmat qilishi mumkin. Xo’jalik yurituvchi subyektlaraktivlarining takror ishlab chiqarishdagi rolini baholash uchun xo‘jalik faolligi koeffitsiyentidan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu koeffitsiyent XYuSga tegishli bo‘lgan tushumning barcha aktivlarning o‘rtacha qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi.
Uni formula shaklida quyidagicha ifodalash mumkin:



Yüklə 54,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə