Mustaqil ish mavzu: Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh qilish smmt 87 guruh talabasi Yo‘ldoshev Otabek



Yüklə 54,89 Kb.
səhifə5/7
tarix22.03.2024
ölçüsü54,89 Kb.
#180524
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh qilish MUSTAQIL ISH

Rа = (Fс : Aў) x 100
Bu yerda: Rа - aktivlarning rentabelligi;


Fс - sof foyda;

Aў - tahlil davridagi aktivlarning o‘rtacha hajmi.
Agar sof foydaning yoki netto-foydaning baho va to‘liq tannarx o‘rtasidagi farq hamda soliq to‘lovlari o‘lchamiga kamaytirilganligidan iborat ekanligi inobatga olinadigan bo‘lsa, aktivlarning rentabelligi faqat bozor konyunkturasiga bog‘liq bo‘lmasdan, balki foydadan olinadigan soliq summalariga ham bog‘liq ekanligi ma’lum bo‘ladi:


Sф = Bм - (T м + Sт )
Bu yerda: Sф - sof foyda;


Bм - mahsulot bahosi;

T м - mahsulot to‘liq tannarxi;

Sт - soliq to‘lovlari.
Aktivlarning rentabelligi ko‘rsatkichi bir so‘mlik aktivlarga (Xo’jalik yurituvchi subyektning butun mol-mulkiga) to‘g‘ri keluvchi sof foydaning miqdorini ko‘rsatadi va Xo’jalik yurituvchi subyektlarfaoliyatining moliyaviy faolligini o‘zida aks ettiradi. Bu ko‘rsatkichning darajasi Xo’jalik yurituvchi subyektlaraktivlarining tarkibiy tuzilishiga, ya’ni asosiy fondlar aktiv va passiv qismlarining, asosiy va aylanma kapitalning nisbatiga bog‘liq.
Xo’jalik yurituvchi subyektlarasosiy kapitalidan foydalanishga tavsifnoma beruvchi muhim ko‘rsatkichlardan biri fond qaytimi hisoblanib, uni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
Fк = (Rм : Aф )
Bu yerda: Fк - fond qaytimi; Rм - realizatsiya qilingan mahsulot hajmi;


Aф - asosiy fondlarning yillik o‘rtacha qiymati
3.2-chizma. Moliyaviy leverij samarasini olish va uni taqsimlashning umumiy ko‘rinishi

Biznesni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida kapitalni to‘ldirishning barcha manbalaridan (kreditlarva kreditorlik qarzlaridan) maksimal foydalanishga moliyaviy faoliyatni yo‘naltiribgina qolmasdan, moliyaviy menejment makrodarajada ham moliyaning asosiy, ya’ni kompaniyaning barcha xo‘jalik-ishlab chiqarish faoliyatini pul mablag‘lari bilan ta’minlash funksiyasini aniq bajarishi ham kerak. Agar ana shu prinsip amalga oshirilsa va moliyaviy xizmat hisob-kitob hisobvarag‘


iga pullarning doimiy ravishda tushib turishini ta’minlasa, to‘lash muddati kelgan talabnomalar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirsa, to‘lovlarning uzoq muddatli uzaytirilishiga yo‘l qo‘ymasa, bu Xo’jalik yurituvchi subyektning mustahkam moliyaviy ahvoli (holati) va sog‘lom to‘lovga qobilligining asosiy belgisidir.
Xo’jalik yurituvchi subyektning to‘lov qobiliyati darajasini oshirish uchun debitorlik qarzlarini qisqartirish, moliyaviy resurslarning aylanishini tezlashtirish, ta’sirchan marketing strategiyasi va baho siyosatidan foydalanish, mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini qisqartirish, ishlab chiqarishni boshqarishda yuqori samarali va innovatsion texnologiyalar hamda boshqaruvning zamonaviy samarali tizimlarini joriy etish bo‘yicha choralarning kompleks tizimi ishlab chiqilishi kerak.
To‘lovga qobillik koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi:


Yüklə 54,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə