Mustaqil ish mavzu: Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh qilish smmt 87 guruh talabasi Yo‘ldoshev Otabek



Yüklə 54,89 Kb.
səhifə4/7
tarix22.03.2024
ölçüsü54,89 Kb.
#180524
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh qilish MUSTAQIL ISH

Kxf = T : A
Bu yerda: Kxf – xo‘jalik faolligi koeffitsiyenti;
T – tushum;
A – barcha aktivlarning o‘rtacha qiymati.

Bu ko‘rsatkich bir so‘mlik foydalanilayotgan aktivlarga to‘g‘ri keluvchi tushumni ifodalaydi. Uning o‘sishi Xo’jalik yurituvchi subyektlarboshqa barcha moliyaviy ko‘rsatkichlarining ko‘payishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.


Xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy isloh qilish dasturini tuzish jarayonida har bir tadbirdan ma’lum bir samara olinishi ko‘zda tutilmog‘I lozim. Quyida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan eng muhim tadbirlar va Xo’jalik yurituvchi subyektlar(XYuS, korporatsiya va boshqalar) tomonidan buning natijasida erishilishi kutilayotgan natijalar ishlab chiqilgan:


Tadbirlar Kutilayotgan natijalar
Xo’jalik yurituvchi subyektning bozordagi holatini,uning moliya-xo‘jalik faoliyatini va boshqaruv samaradorligini tahlil qilish Xo’jalik yurituvchi subyektlarrivojlanishining asosiy ichki va tashqi muammolari va ularni hal etishning oqilona yo‘llarini qidirib topish, moliyaviy holat (ahvol)ni mustahkamlash uchun rezervlardan foydalanishni ta’minlaydi Xo’jalik yurituvchi subyektlartaraqqiyotining moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish Kelajakda ishlab chiqarish-iqtisodiy faoliyatning eng yuqori samaradorligiga erishish imkonini beradigan taraqqiyotning o‘rta va uzoq muddatli mo‘ljallarini asoslashga xizmat qiladi Kadrlarni tayyorlash va qayta Tayyorlash Xo’jalik yurituvchi subyektlarxodimlari malakasining hozirgi zamon va istiqbol talablariga muvofiq (mos) kelishi. Bu narsa Xo’jalik yurituvchi subyektlarmoliyaviy holati va uzoq muddatli taraqqiyoti barqarorligining asosiy (eng muhim) omili hisoblanadi Xo’jalik yurituvchi subyektlaraktivlarini bozoriy baholash Xo’jalik yurituvchi subyektlarustav kapitalini oshirish imkoniyatlarini amalga oshirish. Bu narsa kreditorlarning mumkin bo‘lishi mumkin bo‘lgan talablarini qondirishning minimal kafolatlari darajasini oshirishni va shu hisobidan kontragentlar bilan yuqori darajada barqarorlikni, firma qiymatining oshishini ta’minlaydi .
Mol-mulkni inventarizatsiya qilish va Xo’jalik yurituvchi subyektlarmulkiy kompleksini restrukturizatsiya qilishni amalga oshirish.
Noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish, Xo’jalik yurituvchi subyektlarmol-mulkidan oqilona foydalanish, ulardan foydalanishning moliyaviy samaradorligini oshiradi.
Erga egalik huquqini amalga oshirish.
Barcha mulkiy kompleksga egalik huquqini to‘laqonli amalga oshirish hisobidan Xo’jalik yurituvchi subyektning investitsion jozibadorligini oshirish. Bu narsa faoliyatning huquqiy mustaqilligi va barqarorligini ta’minlaydi Xo’jalik yurituvchi subyektlarustavini qayta ko‘rib chiqish va menejment bilan shartnomani aniqlashtirish
Rahbarlar su’istemolliklari imkoniyatlarini cheklash, ishtirokchi (ta’sischi)lar oldidagi ularning javobgarliklari va Xo’jalik yurituvchi subyektlarfaoliyatining natijalaridan ularning manfaatdorligini kuchaytirish, shu asosda boshqaruv qarorlarining sifatini oshirishi mumkin.
Moliyaviy hisobotning xalqaro andozalaridan foydalanishga o‘tish
Xo’jalik yurituvchi subyektlarfaoliyatining “oydinlik” darajasini oshirish va investitsion jozibadorlikning yanada yuqoriroq darajasini ta’minlaydi.
Byudjetlar tizimidan foydalanish asosida Xo’jalik yurituvchi subyektning asoslangan biznes-rejasini ishlab chiqish.
Qarziy mablag‘larni jalb qilishning joriy va istiqboldagi rejalarini tuzish
Xo’jalik yurituvchi subyektlarxo‘jalik-moliya faoliyatida aniq asoslangan mo‘ljallarning mavjudligi. Bu narsa Xo’jalik yurituvchi subyektlarjoriy va istiqboldagi rivojlanishining eng muhim muammolarini yechishga moliyaviy resurslar va kuchlarning kontsentratsiya qilinishiga imkon beradi.
Taraqqiyot bashoratlarini bozor muhitining asosiy parametrlari bilan bog‘liqlikda ishlab chiqish Kelajakka ishonchni shakllantiradi. Bu narsa esa, o‘z navbatida, iqtisodiy o‘sishni rahbatlantiradi va uning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi, faoliyatning barcha
sohalarida rezervlarni qidirib topish va ularni amalga oshirish mumkin.
Harakat (amal)dagi XYuSda investitsion-biznes loyihani ishlab chiqish
Ishlab chiqarish siklining alohida joylarida taraqqiyotning asosiy proporsiyalarini asoslash va quvvatlardagi nomuvofiqlilikka barham berish.
Xo’jalik yurituvchi subyektning umumiy ishlab chiqarish imkoniyatlarini ancha oshirishga xizmat qiladi Aktivlarning tarkibi va tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish.
Yuqori talabga ega bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga muvofiqligini ta’minlash maqsadida Xo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish apparati samaradorligini oshirish. Aktivlarni ularning “ballast” qismidan tozalash va keraksiz aktivlarni sotishga yordam beradi.
Xo’jalik yurituvchi subyektni moliyaviy isloh qilish rejasining barcha bo‘linmalari kapitalni shakllantirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish, Xo’jalik yurituvchi subyektlarfaoliyatida kapitallashtirishning oqilona darajasiga erishish borasidagi yagona asoslangan konsepsiyaga bo‘ysunishi va o‘zaro muvofiqlashtirilishi kerak. Bu isloh qilish jarayonida ancha yuqori samaraga erishishga asos bo‘lib xizmat qilad
.3. Xo‘jalik yurituvchi subyektni isloh qilish tizimida moliyaviy zaxiralar
Har qanday Xo’jalik yurituvchi subyektning barcha salohiyatidan birdaniga va birvarakayiga to‘la foydalanish amalga oshishi qiyin hodisa.
Amaliyotda biror korxona yoki tashkilotning barcha imkoniyatlaridan 100% foydanayotganga o‘xshash tasavvur tug‘ilishi mumkin. Lekin bunday tasavvur noto‘g‘ri va aslida hali ishlatilmayotgan zaxira imkoniyatlar mavjud bo‘lishi mumkin.
Xo’jalik yurituvchi subyektlarning taraqqiyotini belgilaydigan omillarning o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladigan foydalanilmagan potensial imkoniyatlar ular ishlab chiqarish-iqtisodiy va moliyaviy faoliyatining zaxiralari (rezervlari) bo‘lib hisoblanadi.
Moliyaviy zaxiralarni qidirib topishning asosiy usuli moliyaviy
tahlil hisoblanadi. Aynan moliyaviy tahlil asosida moliyaviy rezervlarni qidirib topish bo‘yicha Xo’jalik yurituvchi subyektning siyosati ishlab chiqiladi. Faoliyat ko‘rsatish sharoitlaridan qat’iy nazar zaxiralarni qidirib topish va ulardan foydalanish Xo’jalik yurituvchi subyektlarxodimlari uchun doimiy faoliyatga aylanmog‘i lozim. Xorijiy (Yaponiyadagi sifat to‘garaklari, AQSh va Germaniyadagi yangiliklar to‘g‘risidagi takliflarni rag‘batlantirish va boshqalar) va mamlakatimizdagi ilg‘or kompaniyalarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qayerda rezervlarni izlash va ulardan foydalanish uzluksiz davom etayotgan, yangiliklar keng joriy etilayotgan bo‘lsa, o‘sha yerda investitsiyalar o‘sadi, Xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli mustahkamlanadi, iqtisodiy taraqqiyot sur’atlari oshadi. Moliyaviy zaxiralarni shakllantirish omillari tizimi juda kengdir.Muhimlik darajasiga qarab, moliyaviy zaxiralarni shakllantirish va omillari quyidagi chizmada aks ettirilgan:

3.1-chizma. Moliyaviy zaxiralarni shakllantirish darajalari va omillari


Moliyaviy menejerlarning yuqori kasbiy darajasi Xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy barqarorlik darajasini oshirish zaxiralari barcha ko‘rinishlarini qidirib topish va amalga oshirishning asosiy shartidir. Savodsizlik bilan qabul qilingan moliyaviy qarorlar (mamlakatimizda ayrim Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida bunday qarorlar ko‘p uchrab turadi) makro- va mikrodarajada juda katta hajmdagi yo‘qotish (zarar)larga olib keladi. Shuning uchun ham kadrlarning malakasini oshirish va xodimlarda zamonaviy intellectual salohiyatni shakllantirish kompaniyalar tomonidan murakkab zamonaviy moliyaviy-iqtisodiy muammolarni yechishning o‘ta muhim sharti hisoblanadi.
Moliyaviy rezervlar Xo’jalik yurituvchi subyektlariqtisodiyotining yagona kompleks sifatida rivojlanishi bilan uzviy bog‘langan. Xomashyo va materiallarni iste’mol qilishdagi o‘zgarishlar, mehnat unumdorligining o‘sishi yoki kamayishi, asosiy fondlardan foydalanishning yaxshilanishi yoki yomonlashuvi va h.k. – bularning barchasi kompaniyaning daromadi darajasini, uning moliyaviy ahvolini aniqlab beradi. Xuddi shu holat bozor iqtisodiyoti muhim omillaridan baho, raqobatchilarning paydo bo‘lishi, xo‘jalik va boshqa risklarning o‘zgarishiga ham tegishlidir.Moliyaviy natijalar xo‘jalik faoliyatining yakuniy natijasini ifodalaydi va u doimiy ravishda ichki va tashqi omillarning ta’siri ostida bo‘ladi.
Xo’jalik yurituvchi subyektlarmoliyaviy barqarorligining ichki rezervlari, asosan, taraqqiyotning ishlab chiqarish, tashkiliy va innovatsioninvestitsion omillari bilan bog‘liq bo‘ladi.
Moliyaviy barqarorlikning tashqi rezervlari esa bozor konyunkturasi, Xo’jalik yurituvchi subyektning marketing va baho strategiyasi, soliqqa tortishni optimallashtirish, hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish, bank kreditlari va kreditorlik qarzlari ko‘rinishidagi qarz mablag‘larni jalb qilishdan foydalanish va h.k.lar bilan bog‘liq. Bir vaqtning o‘zida XYuSga tushumlarning o‘z vaqtida tushishiga va debitorlik qarzlarining kamayishiga erishish hamda kreditorlik qarzlaridan kapitalning manbai sifatida faol foydalanish ham kerak bo‘ladi.
Moliyaviy zaxiralarni izlab topish va ularni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari orasida Xo’jalik yurituvchi subyektning mol-mulkidan yanada samaraliroq foydalanishni alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq. Bu yerda buning asosiy ko‘rsatkichi aktivlarning rentabelligi hisoblanib, uni quyidagicha hisoblash mumkin:


Yüklə 54,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə