Mustaqil ish mavzu: Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh qilish smmt 87 guruh talabasi Yo‘ldoshev Otabek



Yüklə 54,89 Kb.
səhifə2/7
tarix22.03.2024
ölçüsü54,89 Kb.
#180524
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh qilish MUSTAQIL ISH

Kk = (SFkq : SFuh)
Bu yerda: Kk – sof foydani kapitallashtirishkoeffitsiyenti; SFkq – aktivlar (kapital)ni oshirishga yo‘naltirilgan sof foydaning qismi;
SFuh – Xo’jalik yurituvchi subyektlarsof foydasining umumiy hajmi.
Kapitallashtirish jarayoni investitsion-innovatsiya strategiyasini amalga oshirish asosida faqat aktivlar qiymatini oshirishni emas, balki ulardan yanada samaraliroq foydalanishni ko‘zda tutganligi bilan ham muhimdir. Uni quyidagi tartibda aniqlasa bo‘ladi:


Ka = (Ko‘ : Ao),
Bu yerda: Ka – aktivlarni kapitallashtirish
koeffitsiyenti;
Ko‘ – tahlil davrida o‘z kapitalining o‘sishi;
Ao – tahlil davri oxiridagi aktivlar.
Kapitallashtirish jarayoni ishlab chiqarishga ilmiy yutuqlarning moddiylashganligini aks ettiruvchi ilg‘or innovatsion ishlab chiqarish vositalari va texnologiyalariga qo‘yiladigan shakldagi kapitalni intellektuallashtirishga asoslanishi kerak.
O‘zlarining faoliyatlariga yangi sifatiy talablarni ilgari surayotgan bozor o‘zaro aloqalarining samarali tizimiga nisbatan tezroq kirish uchun Xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moliyaviy isloh qilishning asoslangan dasturini ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqdir.
Bunda butun xo‘jalik-ishlab chiqarish faoliyatining natijasi sifatida yuqori yakuniy moliyaviy ko‘rsatkichlarga erishishga alohida o‘rin ajratilmog‘i lozim. Bir vaqtning o‘zida bunday dastur bozor omillari va iqtisodiy o‘sish shart-sharoitlaridan foydalanish, shuningdek, innovatsion tarqqiyotning zamonaviy tendensiyalarini amalga oshirish asosida Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha choralar tizimini o‘z ichiga qamrab oladi.
Moliyaviy isloh qilish dasturi quyidagi chora va tadbirlarni amalga oshirishi maqsadga muvofiq:
• Xo’jalik yurituvchi subyektning tashkiliy va mulkiy holatini o‘zgartirish (yuqori samarali tashkiliy shakl, kapitalning tarkibiy tuzilishini o‘zgartirish va uni samaradorlikni oshirish maqsadlari uchun joylashtirish, yuqori talabga ega bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarishni rivojlantirish va h.k.);
• ishlab chiqarishning investitsion-texnologik asosini o‘zgartirish (asosiy fondlar va aylanma mablag‘larning tarkibiy tuzilishi, innovatsion ruhdagi texnik va texnologik yangiliklarni joriy etish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni yangilash va h.k.);
• ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining yuqori yakuniy natijalariga – Xo’jalik yurituvchi subyektning ixtiyoriga qoldiriladigan sof foydaga erishish, kompaniyaning qiymatini o‘stirish va xarajatlarni qisqartirishning tashkiliy asosi bo‘lgan puxta biznes-rejani ishlab chiqish;
• Xo’jalik yurituvchi subyektning asoslangan marketing va baho strategiyasini ishlab chiqish;
• Xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy strategiyasini uning ishlab chiqarishmarketing siyosati bilan o‘zaro ta’sirchanligi bog‘liqligini e’tiborga olgan holda ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
Yuqoridagilarning barchasi moliyaviy munosabatlarni tegishli tarzda qayta qurishni, Xo’jalik yurituvchi subyektni boshqarishda moliyaviy oqimlarning rolini oshirishni; tushum, xarajatlar, foyda, soliqqa tortish norma (me’yor)lari, sof foyda, umumiy va o‘zlik kapitalining hajmi va manbalaridan iborat bo‘lgan moliyaviy indikatorlarning o‘zgarishini monitoring qilish orqali moliyaviy boshqaruvning yaxlit samarali tizimini shakllantirishni talab qiladi. Bu ishlar, o‘z navbatida, quyidagi shartlar asosida amalga oshirilishi mumkin:
• Xo’jalik yurituvchi subyektlarxo‘jalik-ishlab chiqarish faoliyati barcha tomonlari bilan moliyaviy oqimlarning o‘zaro aloqadorligini kuchaytirish va ularda ishlab chiqarish omillari – moddiy, mehnat, axborot va boshqa resurslarning tegishli harakatlarini yanada to‘laroq aks ettirish;
• boshqaruv qarorlari qabul qilishda, Xo’jalik yurituvchi subyektlarmoliyaviy resurslari o‘sishining rezervlarini to‘liq qidirib topish va amalga oshirishda uning moliyaviy-tahliliy xizmatlari rolini oshirish;
• Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini moliyaviy resurslar bilan yanada to‘liqroq ta’minlash uchun o‘z bilimlarini sarf etayotgan moliyaviy menejment malakasi darajasini oshirish;
• Xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida xalqaro andozalarga muvofiq ravishda ma’lumotlar olish, Xo’jalik yurituvchi subyektlar, firmalar va korporatsiyalar faoliyatida yuqori darajadagi samaradorlikni ta’minlash uchun moliyaviy hisobotning xalqaro andozalariga o‘tish.

Yüklə 54,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə