Tarbiya fanining me’yoriy-huquqiy asoslari



Yüklə 6,43 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü6,43 Kb.
#182713
Tarbiya huquqi


TARBIYA FANINING ME’YORIY-HUQUQIY
ASOSLARI.

Bajardi: 903-guruh talabasi
Axrorov Azamat
Me'yoriy-huquqiy asoslar
O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6-iyul 2020-yildagi
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich
amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VM-422-son qarori
O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti asarlarida tarbiyaga oid konseptual
g‘oyalar.
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori bilan yangi “Tarbiya” fani joriy etildi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma’naviyatni yanada chuqur singdirish, ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fani 1–9-sinflarda — 2020/2021 o‘quv yilidan, 10–11-sinflarda esa — 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab fanlarga ajratilgan umumiy soatlar doirasida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilsin.
2. Quyidagilar:
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning yaratilishini muvofiqlashtiruvchi
guruh tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fanidan
darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yaratish bo‘yicha tuzuvchilar guruhi
tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani konsepsiyasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
“Tarbiya” fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini va o‘quv dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
“Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yangi o‘quv yili boshlangunga qadar chop etishni tashkil etsin va ularning joylarga yetkazilishini ta’minlasin;
4. Belgilab qo‘yilsinki:
“Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashrga tayyorlash va chop etish (darsliklarni nashrga tayyorlash, chop etish va yetkazib berish, tuzuvchilarga haq to‘lash) bilan bog‘liq xarajatlar darslik va o‘quv-metodik majmualarning umumiy narxiga kiritiladi;
o‘quvchilarni ijara asosida darsliklar bilan ta’minlash — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Xalq ta’limi vazirligi:
2020 — 2023-yillarda respublika oliy ta’lim muassasalarining “Boshlang‘ich ta’lim”, “Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha), “Tarix o‘qitish metodikasi”, “Filologiya va tillarni o‘qitish: O‘zbek tili”, “O‘zbek tili va adabiyoti”, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”, “Pedagogika va psixologiya”, “Dinshunoslik” va Islomshunoslik (Islom tarixi va manbashunosligi)”, “Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi)” ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqi berilishi yuzasidan zarur choralarni ko‘rsin.
Bugungi kunda «Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart!» degan hayotiy da’vat har birimizning, ota-onalar va keng jamoatchilikning ongi va qalbidan mustahkam o‘rin egallagan
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 32 foizini yoki 10 millionini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarimiz tashkil etadi. Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, bugungi va ertangi kunimizning xal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga gurur va iftixor bag'ishlaydi. Bu sohada olib borayotgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, ta’lim-tarbiya bo‘yicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga yetkazishimiz zarur. Shu maqsadda, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta’lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir.
E'tiboringiz uchun rahmat!
903-guruh talabasi Axrorov Azamat
Yüklə 6,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə