Ijtimoiy taraqqiyot sotsiologiyasi Ijtimoiy taraqqiyot tushunchasiga ta’rif bering. Sotsiologiyada ijtimoiy taraqqiyot


Jahon iqtisodiyotida ho‘jalik yuritish shakllari



Yüklə 66,5 Kb.
səhifə6/7
tarix12.12.2023
ölçüsü66,5 Kb.
#148848
1   2   3   4   5   6   7
ijtimoiy taraqqiyot sotsiologiyasi

Jahon iqtisodiyotida ho‘jalik yuritish shakllari:
An’anaviy natura ho‘jaligi - 1918-1921 yillarda sobiq ittifoqda o‘tkazildi.
Rejali ho‘jaligi iqtisodiyoti (yangi iqtisodiy siyosat) – 1921-1991 yillarda sobiq ittifoqda amal qildi.
Bozor ho‘jaligi iqtisodiyoti:
Klassik” an’anaviy yo‘l bilan o‘tishi – Uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichi davomida ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar amalga oshirilgan. O‘tish jarayoni iqtisodiyot sohasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu yo‘l bilan AQSh, Angliya, Fransiya, Italiya va boshqa mamlakatlar borgan.
Inqilobiy” yo‘l bilan o‘tish – 1922-1940 yillarda sobiq 15 ta sotsialistik mamlakatlar (Xitoy, kuba, polsha, Chexoslovakiya, Ruminiya, Vetnam va boshqa davlatlar) borgan va ularning ko‘pchiligi 1991 yildan keyin “Shok terapiyasi” va islohot yo‘llarini tanlagan.
Shok terapiyasi” bilan o‘tish – 1991 yildan keyingi va XXI asr boshlarida Polsha, Ruminiya, Chexiya, Slovakiya, Yugoslaviya, Rossiya va boshqa mamlakatlar tanlagan.
Evolyusion (“islohot” yo‘li bilan o‘tish)Siyosiy hokimiyat tizimi, jamiyat tuzumi o‘zgarib, barcha sohalarda bosqichma-bosqich keng islohotlar olib borilmoqda. 1950 yillarda Germaniya, hozirda O‘zbekiston va ba’zi MDH davlatlari shu yo‘lni tanladi.
8.Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy ahamiyati haqida ma’lumot bering
Ommaviy axborot vositalari (qisqartmasi: OAV) keng ommaga axborot yetkazuvchi vositalardir. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida davriy tarqatishning doimiy nomga ega boʻlgan hamda bosma tarzda (gazeta, jurnal, axborotnoma, bulleten va boshqalar) va/yoki elektron tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari OAV, deb koʻrsatilgan.
Ommaviy axborot vositalari har doim jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vositalardan biri bo‘lib kelgan. O‘tgan davrda barcha sohalar qatori OAV uchun ham serqirra rivojlanish davri bo‘ldi. Istiqlolga erishganimizdan so‘ng, birinchi navbatda, sohaning huquqiy bazasiga e’tibor qaratildi va rivojlangan davlatlar tajribalarini o‘rganish boshlandi. Ommaviy axborot vositalarining xalqaro huquqiy asoslari bu «Inson huquqlari xalqaro umumjahon deklaratsiyasi, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt», O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlar bilan axborot siyosatiga doir tuzgan bitim va shartnomalari hisoblanadi. Mazkur huquqiy hujjatlar axborotni izlash, olish, tarqatish jarayonlari va ommaviy axborot vositalari faoliyatini bevosita yoki bilvosita tartibga soluvchi normalardir.

Yüklə 66,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə