Farg’ona davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi



Yüklə 19,52 Kb.
tarix17.12.2023
ölçüsü19,52 Kb.
#149890
iqtisodiy tahlil



FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT YO’NALISHI
3-BOSQICH 21.113 A GURUH TALABASI
NURALIYEVA OSIYOXONNING
IQTISODIY TAHLIL FANIDAN YOZGAN
ESSEYI

MAVZU: IQTISODIY TAHLIL FANINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI.
Kishilik jamiyatining vujudga kelishi bilan insoniyat ongi rivojlanib va takomillashib borgan. Insoniyat ongi rivojlanishi natijasida borliqni o‘rganish borasida turli fikr va qarashlar paydo bo‘la boshlagan. Fikrlaming shakllanib, takomillashib borishi natijasida ma’lum bir fanlarga asos solingan.
Har qanday fanning vujudga kelishi uchun hayotiy zaruriyat tug‘ilishi lozim. Shu tufayli fanning shakllanishi biror shaxsning ijod mahsuli bo‘lib qolmasdan, balki ob’yektiv jarayonga tayanadi. Xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan buxgalteriya uchyoti va statistika kabi fanlar asosida vujudga kelgan. Bu uchun esa ob’yektiv shart-sharoitlar yaratilgan. Buxgalteriya hisobi bo‘yicha birinchi asar XV asrda Reguzda paydo bo‘lgan. Bunga misol qilib Vendrikt Katrulinning 1458-yilda nashr qilingan «Savdo va xususiy savdogar» nomli kitobini keltirish mumkin. Buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan ikkinchi asar 1494-yilda Venetsiyada nashr qilingan Luka Pacholining «Schyotlar va yozuvlar haqida»gi kitobidir. Ushbu kitoblarda buxgalteriya hisobining savdo va kredit operatsiyalari yoritilgan. Shunday qilib, hozirgi buxgalteriya hisobi faniga o‘sha paytlarda asos solingan. Bu fan xo‘jalik yuritishda asosiy dastak sifatida hamon takomillashib va zamonaviylashib kelmoqda. Barcha fanlar qatori buxgalteriya hisobi ham o‘z tarixi davomida takomillashib, bir qancha boshqa fanlaming vujudga kelishi uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Chunki, ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi, korxonalaming yiriklashuvi, xo‘jalik faoliyatining kengayishi iqtisodiy jarayonlaming murakkablashuvi hisob ishlarini takomillashtirish zaruratini tug‘dirdi. Shu bois, XVI-XVII asrlarda buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan kitoblar Gollandiya, Fransiya, Angliya kabi mamlakatlarda chop etildi. Natijada buxgalteriya yer kurrasining bir qismida emas, balki, barcha mamlakatlarda keng yoyila boshladi. Rossiyada buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan asarlar XVIII asrda paydo bo‘la boshlagan. Oldin chet el adabiyotlari rus tiliga taijima qilingan bo‘lsa, so‘ngra rus olimlari ham bu fanga bag‘ishlangan asarlarni chop etishga kirishganlar. Rus olimlarining buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan asarlari XIX asrda paydo bo‘la boshlagan. Bunga V. S. Nemchinovning 1840-yilda nashr qilingan ikki qismdan iborat «Hisob fani» asarini misol keltirish mumkin. Bu kitobda savdo korxonalari hisobi tizimi batafsil yoritilgan. Asta-sekinlik bilan buxgalteriya hisobining prinsiplari boshqa tarmoqlar bo‘yicha ham yozila boshlagan. 1861-yilda Klincherining «Qishloq xo‘jaligi buxgalteriyasi», 1863-yilda «Idora bo‘limi yo‘riqnomasi» kitoblari dunyoga kelgan. Bu asarlar safini F.V.Ezerskiy o‘zining «Uch tizimli buxgalteriya» (1870-y.), P.I.Reynbot «Fabrika schyotchiligi» (1875-y.), A.V.Prokofev «Ikkiyoqlama buxgalteriya kursi» (1884-y.) kitoblari bilan kengaytirgan. Shu davrdagi ishlab chiqarish taraqqiyoti iqtisodiy jarayonlami to‘g‘ri va to‘liq hisobga olishni talab qiladi. Ammo ishlab chiqarishning takomillashib borishi, korxonalar o‘rtasida erkin raqobatning vujudga kelishi buxgalteriya ma’lumotlarini chuqurroq o‘rganishni va uni to‘g‘ri tushuntirish zaruratini tug‘diradi. Bu esa o‘z navbatida tahlil elementlarining vujudga kelishini taqozo qildi, chunki «tijorat sirini» takomillashtirish borasidagi juda ko‘p savollarga buxgalteriya hisobi va statistika fani javob berishga qiynalib qoladi. Korxonalarni to‘g‘ri, oqilona boshqarish, uning moliyaviy holatini yaxshilash, raqobatbardoshlik quwatini oshirish xo‘jalik faoliyatini chuqurroq o‘rganishni talab qildi. Bu esa buxgalteriya balansi va boshqa hisobotlarda ifodalangan ba’zi ko‘rsatkichlarga izoh berishni talab qildi. Bular esa o‘z navbatida hozirgi tahlil fanining vujudga kelishi uchun ob’yektiv asos bo‘lgan. Tahlilning elementlari birinchi marta 1880-yillarga chiqa boshlagan «Schyotovodstvo» jurnalida paydo bo‘la boshlagan. Shunday qilib, tahlilning ba’zi elementlari mavjud bo‘lgan fan - «Balansshunoslik» fani paydo bo’lgan. Fanning «Balansshunoslik» deb nomlanishiga asos bo‘lgan, chunki o‘sha paytlarda xo‘jalik faoliyatining natijasi asosan buxgalteriya balansida ifoda etilgan. Balans ma’lumotlariga asosan korxonaning mablag‘i yoki ular manbaining ma’lum muddatda o‘zgarishi aniqlanadi. Lekin shu o‘zgarishlar nima evaziga sodir bo‘layotganligi, ularga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatayotganligi korxona egalari uchun muhim bo‘lib bordi. Bu esa balansdagi ko‘rsatkichlami batafsil tahlil qilish zaruratini vujudga keltirdi.
Jumladan, kishilik jamiyatining vujudga kelishi bilan insoniyat ongi rivojlanib va takomillashib borgan. Insoniyat ongi rivojlanishi natijasida borliqni o‘rganish borasida turli fikr va qarashlar paydo bo‘la boshlagan. Fikrlaming shakllanib, takomillashib borishi natijasida ma’lum bir fanlarga asos solingan.
60-70 yillardan boshlab esa iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha tahlil fani ixtisoslashib bordi va tahlil fanining bir qancha turlari vujudga keldi. Keyingi yillarda esa iqtisodiy tahlil fanining nazariyasi ustida ko‘p ishlar olib borildi va tahlil nazariyasi fan sifatida shakllandi. 80-yillaming xususiyati shundaki, bu davrda iqtisodiy tahlil fanining nazariyasini yaratish bo‘yicha hududiy maktablar vujudga keldi. Jumladan, Moskvada M.I.Bakanov va A.D.Sheremet rahbarligidagi maktab. Bular «Теория экономического анализа» kitobini 1987, 1990, 1995 va 1997-yillarda qayta nashrdan chiqardilar. Minsk olimlaridan V.V.Osmolovskiy, V.I.Strajev, L.LKravchenko, N.A.Rusak hamkorlikda 1989-yilda «Теория анализа хозяйственной деятельности» darsligini yaratdi. Kiyevlik olimlardan I.I.Karakoz va V.I.Samborskiy hamkorligida 1989-yilda «Теория экономического анализа» degan darslik yozildi. 0 ‘zbekistonlik olimlardan I.T.Abdukarimov, M.Q.Pardaev, M.M.To‘laxo‘jaeva, A.T.Ibragimov, A.Shoalimovlar hamkorlikda tahlil fanining o‘zbek maktabiga asos soldilar. Endilikda barcha MDH davlatlarida «Iqtisodiy tahlil» mustaqil fan sifatida oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilib kelinmoqda. Bu albatta korxonalar faoliyatini boshqarishda, uning moliyaviy barqarorligini va raqobatbardoshliligini ta’minlashda eng muhim tadbirlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Fanning yuqorida ta’riflangan tadrijiy rivojlanishdan ham ko‘rinadiki, bugungi kunda iqtisodiy tahlil muhim ikkita qismga ajratilgan. Ya’ni boshqaruv tahlili va moliyaviy tahlil qismlariga. Boshqaruv va moliyaviy tahlil birgalikda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning iqtisodiy tahlilini tashkil etadi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida, iqtisodiy tahlil (moliyaviy va boshqaruv tahlili) ham yangilanish davrini boshdan kechirmoqda. Uning mazmuni rejaning bajarilishini tahlil qilishdan jahon andozalari talablariga javob beradigan ko‘rsatkichlami o‘rganishga qaratilmoqda. Bu borada ijtimoiy mahsulotdan yalpi ichki mahsulot va shundan kelib chiqadigan ko‘rsatkichlar tizimiga o‘tish ko‘zda tutilmoqda.



Yüklə 19,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə