Tanlay olishi



Yüklə 286,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix11.12.2023
ölçüsü286,74 Kb.
#147398
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDA O\'QITUVCHINING TARBIYAVIY MAQSADLARINI PEDAGOGIK MAHORAT ASOSIDA TO’G’RI TANLAY OLISHI



BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDA O'QITUVCHINING TARBIYAVIY 
MAQSADLARINI PEDAGOGIK MAHORAT ASOSIDA TO’G’RI 
 
TANLAY OLISHI
REJA:
1.
1. Shaxs rivojlanishining pedagogik asoslari haqida umumiy tushuncha.
2.
Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi biologik va ijtimoiy omillar.
3. Shaxs rivojlanishida muhit .
4. Shaxs rivojlanishida ta’lim tarbiyaning ta’siri.
5. Shaxsiy faollikning ahamiyati.
6. Shaxs rivojlanishining davrlarga ajratilishi va ularning mazmuni.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Odam shaxs bo’lmog’i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan o’z xususiyat va 
sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i lozim. Har bir odam shaxs sifatida 
turlicha namoyon bo’ladi. U o’zining xarakter, qiziqishi va qobiliyati, aqliy 
rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji va mehnat faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi. 
Bular shaxsning o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, ana shu ruhiy xususiyatlar 
rivojlanib ma’lum bir bosqichga yetsagina u mukammal, kamol topgan inson 
bo’ladi. Shaxsning ijtimoiy voqyelikka, mehnatga, kishilarga, jamiyatga bo’lgan 
munosabati turlicha. Shaxs bo’lishi uchun nimalar zarur? Odam ijtimoiy mavjudod 
sifatida shaxs nomini olish uchun unga ijtimoiy iqtisodiy hayot va jamiyat kerak.
Rivojlanish nima? Inson tirik biologik mavjudoddir. Demak, uning rivojlanishida 
tabiat, biologik va ijtimoiy iqtisodiy qonuniyatlar o’zviy ta’sir etadi, insonni kamol 
toptiradi. Odamning mukammal inson bo’lib yetishuviga o’zining maqsad 
asosidagi 
xatti-harakati 
muhimligini 
esdan 
chiqarmaslik 
zarur.
Inson hayot faoliyati davomida o’zgarib, shakllanib, rivojlanib boradi. Bolalik, 
o’smirlik va o’spirinlik davrlarida rivojlanish nihoyatda kuchli bo’ladi. Inson 
bo’lib tug’ilgan har qanday odam ham shaxs bo’la oladimi? Shaxs bo’lishi uchun 
nimalar kerak? Odamning ijtimoiy mavjudod sifatida shaxsga aylanishi uchun 
ijtimoiy hayot sharoitlari va maqsadga qaratilgan tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular 
ta’siri ostida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga 
yetishishining samarali bo’lishini ta’minlash uchun pedagogika fani shaxs 
rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, unga ta’sir etuvchi omillarini, rivojlanish 
jarayoniga taalluqli davrlarni aniqlash darkor. Shuningdek, bola shaxsining 
rivojlanishida ta’lim-tarbiya va bola faolligini rolini ham aniqlash lozim.
Shaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli 
munosabatlar tizimiga qo’yib kuzatish zarur. Ana shundagina shaxsning ijtimoiy 
hulqi, ma’naviy qiyofasi, insoniy fazilatlari ruyobga chiqadi. Demak, shaxsni 
rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal qilish uchun uning hulqiga ta’sir etuvchi 
omillarining (faktor) tabiatini, shaxsning xususiyatini yaxshi bilmoq kerak.


Yuqoridagi omillarga asoslanib rivojlanishga quyidagichi ta’rif berish mumkin: 
Rivojlanish deb bola vaznining oshishi, suyak va muskul tizimining, jinsiy tanosil 
a’zolarining, nerv-funksional faoliyatining kamol topishi, aql-zakovatini 
shakllanishiga 
aytiladi. 
“Dunyoda mavjud bo’lgan jami borliq - deb yozgan edi Ibn Sino, - o’z tabiatiga 
ko’ra kamolot sari intiladi. Kamolot sari intilish esa o’z mohiyati e’tiborila 
yaxshilikdir”. Ayniqsa 
inson tirik mavjudod
sifatida kamolotga yetishga doimo 
intiladi.
Mutafakkir A.R.Beruniyning da’vosicha, hamma odamlar o’z qiyofasi jihatidan 
bir-biriga o’xshaydi, ammo ayni choqda ular bir-biridan farq qilib turadi. Bu 
tafovut “ular temperamentining tabiat xususiyatlari va hokazolarining ziddiyatli 
bo’lishi tufayli ularning instentlari zamirida yotadi”, deb izohlangan. Haqiqatan 
ham insonlar bir-birlariga umumiy holda uxshaydi, ammo tabiati, tabiiy 
xususiyatlari, 
xarakteri 
bilan 
bir-birlaridan 
farq 
qiadi.

Odam
- deydi Beruniy -tabiati jihatidan bir-biriga zid a’zolar qo’shilmasidan 
tarkib topgan murakkab tanaga ega”... va shu boisdan “uning holati o’z xarakteriga 
ko’ra xilma-xil va turli-tuman bo’ladi”. Haqiqatan ham xatto egizak tug’ilgan 
chaqaloqlarning ham bir-biridan farq qiladigan xususiyatlari, sifatlari hayotda 
isbotlangan. Ayniqsa ularning xarakteri bir-birlaridan tubdan farq qiladi.
Individning 
shaxs darajasiga ko’tarilishi uchun unga
ko’rsatiladigan ta’sirlar hal 
qiluvchi rol o’ynaydi. Uning rivojlanishi uchun eng avvalo inson sifatida tug’ilishi, 
sharoit, tarbiya singari ta’sirlar mavjud bo’lmog’i zarur. Agar bunday ta’sirlar 
ko’rsatilmasa u nobud bo’ladi. Uning rivojlanishi uchun vaqt, tabiiy qulay sharoit 
va 
unga 
ko’rsatiladigan 
tarbiya 
zarur 
bo’ladi.
Shaxsning kamol topishida va uning hulqida ijtimoiy va biologik omillarning kuchi 
doimo ham bir xil bo’lavermaydi. Chunki uning hulqiga munosabatlariga, 
aloqalariga, yoshi, bilimi, odatlari, tajribasi va nihoyat, vaziyat ham ta’sir etadi. 
Masalan, bir xildagi ta’sirga turli bola turlicha munosabatda bo’ladi, bu ayni 
paytda, bolaning ehtiyoji qandayligiga ham bog’liq. Berilib shaxmat uynayotgan 
bolaga endi bo’ldi qilinglar degan ta’sir ularga ta’sir qilmasligi mumkin.


Xo’sh, bolalardagi o’ziga xoslikni, ular ruhiy jarayonlaring turlicha bo’lishini, 
hulqidagi farqlarini qaysi omillar belgilaydi? Biologik omilmi?, Ijtimoiy omilmi?, 
Ta’lim-tarbiya 
omilimi?

Yüklə 286,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə