Tanlay olishi



Yüklə 286,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix11.12.2023
ölçüsü286,74 Kb.
#147398
1   2   3   4   5   6   7   8   9
BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDA O\'QITUVCHINING TARBIYAVIY MAQSADLARINI PEDAGOGIK MAHORAT ASOSIDA TO’G’RI TANLAY OLISHI

Shaxs 
rivojlanishiga 
ta’sir 
etuvchi 
omillar.
Pedagogika fani shaxsning kamolatiga yetishning 
murakkab va ziddiyatli jarayon 
deb beradi
. Shaxsning kamolga yetishishida nasl - irsiyat (biologik), 
ijtimoiy muhit
ham, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan 
ta’lim-tarbiya
va nihoyat 
o’zining 
mustaqil 
faoliyati
ham 
muhim 
ahamiyatga 
ega.
Shaxs qanday jamiyatda yashasa o’sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga 
asosAn kamol topadi. Agar shu jamiyatning moddiy va 
ma’naviy boyliklari yuksak
bo’lsa, u shaxsga shu qadar katta ta’sir ko’rsatadi yoki aksincha. Ikkinchi 
tomondan esa, shaxs faoliyati davomida mehnat orqali o’z moddiy va ma’naviy 
boyligini yaratish jarayonida ongini, hayotini, turmush sharoitini ham yaxshilab 
boradi.
Odam atrofni obyektiv borliqni ko’proq bilgani sari onglilik darajasi o’sadi, 
fikrlash doirasi kengayadi, yangi ong va ko’nikmalarni egallaydi va o’zini 
takomillashtirib 
boradi.
Demak, shaxsning kamolga yetishuvi jamiyat rivojiga chambarchas bog’liq.
Irsiyat
Irsiyat deganda, bolaga ota-ona va umuman yaqin ajdodlardan ya’ni nasldan-
naslga 
o’tadigan 
biologik 
xususiyat 
va 
o’xshashliklar 
tushuniladi.
XVI asr falsafasida preformizm oqimi namoyondalarining fikricha, odam bolasi 
ona pushtidaligidayoq insonga xos barcha xususiyatlarga ega bo’ladi, rivojlanishi 
esa 
shu 
xususiyatlarning 
miqdoriy 
ko’payib 
borishidan 
iboratdir.
XX asrda 
bixeviorizm
nazariyasini AQSh pedagogi va ruhshunosi E.Tridayk asos 
soldi.Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, xususan ong va aqliy 
qobiliyati ham nasldan-naslga o’tadi, go’yo odamning ko’zi, tishlari va barmoqlari 
kabi aqliy qobiliyat ham tabiatan berilgandir. Ularning fikri to’g’ri bo’lsa, odam 


ham daraxt singari o’sishi yoki tabiiy holda tarbiyalanishi lozim edi.
Amerikalik pragmatik pedagogikasining otaxoni D.Dyun va hozirgi davomchisi 
A.Kombas va boshqalar ham shaxsning rivojlanishini biologik nuqtai nazardan 
asosladilar.
“Haqiqiy tarbiya tashqaridan kiritiladigan narsa emas, u odam bilan dunyoga 
kelgan 
xususiyat 
va 
qobiliyatni 
o’stiradi”, 
deydi 
D.Dyun.
Biogenetiklar (Bolduin, Chemberlin, Stenli Xoll va boshqalar) XX asr boshlarida 
bolaning ruhiy jihatdan o’sishini, zoologlar F.Myuller va E.Gekkellar tomonidan 
kashf qilingan biogenetik qonun asosida boradi, degan fikrni ilgari suradilar. 
Bogenetik qonun “Ontogenez filogenezni takrorlaydi” deb ta’riflanadi. Ma’nosi -
har bir organizm o’zining embrional taraqqiyotida o’zidan (oldingi) avvalgi barcha 
bosqichlarni takrorlaydi, ya’ni individual organizm o’zining tuxum xo’jayra 
holatidan mukammal holatga yetguncha boshidan kechiradigan qator shakllarni 
shu organizm ajdodlari bosib o’tgan juda ko’p shakllarining qisqa, ixcham 
takrorlanishi 
demakdir.
Avstraliyalik ruhshunos K.Byuller hatto bolaning aqliy jihatdan o’sishini ham 
irsiyatga bog’laydi
. Boshqa chet el ruhshunoslari bolaning ruhiy taraqqiyotida tana 
tizilmalaridagi endokrin apparati (ichki sekresiya bezlari) dagi o’zgarishlar va 
hokazolar 
katta 
ahamiyatga 
ega 
deb 
biladilar.
Ayrim pedagog va ruhshunoslar orasida bolaga boshqacha qarash ham mavjud. 
Ularning fikricha, insonning kamolati ikki omilga - irsiyat va ijtimoiy muhitga 
bog’liqdir. Irsiyat o’zgarmaydi, ijtimoiy muhit hamma davrlar uchun o’zgarmasdir.
Pedalogiya ta’limotiga ko’ra bolani kamol etishi hatto kelajagi faqat irsiyatga va 
o’zgarmas 
muhitga 
bog’liq.
Antropologiya fani yutuqlariga asoslanadigan bo’lsak, tarixiy, ijtimoiy taraqqiyot 
natijasida odamning anatomik, fiziologik belgilar (odamning kalla suyagi, qo’li, 
oyoqlari, 
aqliy 
qobiliyatlari 
ham) 
o’zgarishi 
mumkin.
Demak, bola shaxsining rivojlanishiga naslning ta’siri deganda, ota-onaga, avlod-
ajdodlarga o’xshashlikni ifodolovchi biologik belgilarning takrorlanishini 
tushunmoq 
kerak.


Har bola ota-onasidan meros sifatida biologik ko’rinishlarga (tananing tuzilishi, 
sochining, ko’zining, terisining rangi, bo’yi-basti) ega bo’lib dunyoga keladi. Bular 
jismoniy xususiyatlardir. Bu haqda I.A.Karimov “Odam tabiiy omillarga - ko’ra 
o’zi mansub bo’ladigan irq va ellatni tanlay olmaydi. Ota-onani tanlay olmaydi. 
Lekin dunyoqarashni, axloqi, ma’naviyatini o’zi, hyech kimning tazyiqimiz va 
ayniqsa zo’ravonliksiz tanlab olishi mumkin va lozim” - degan edi (36 bet). XXI 
asr. Shuningdek, oliy nerv faoliyatining ko’rinishlar (xolerik, sangvenik, flegmatik, 
melanxolik) ham tug’ma bo’lib o’tadi, bu fiziologik xususiyatlardir.
Ayni vaqtda bolaga, insonlarga xos xususiyatlar ham irsiyat yo’li bilan tug’ma 
o’tadi. (Masalan, aqliy yoki jimsmoniy mehnat qilishi va nutqning rivojlanishi va 
hokazo). Ammo bular tug’ma imkoniyatlar bo’lib, ularning rivojlanishi uchun 
inson bolasi insoniy muhit, odamlar orasida yashab, ular bilan aloqa qilishi, 
ijtimoiy mehnatda ishtirok etmog’i lozim. Chunki inson biologik mavjudod sifatida 
emas, balki ijtimoiy mavjudod sifatida rivojlanadi va kamolga yetadi.
Muhit
Fiziologiya va ruhshunoslik fanining ko’rsatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat 
bilan emas, balki biror - bir qobiliyatning ruyobga chiqishi va rivojlanishi manbai - 
layoqat bilan tug’iladi. Layoqat o’zicha rivojlana olmaydi, rivojlanishi uchun qulay 
muhit 
kerak.
Muhit deganda kishiga ta’sir etadigan tashqi voqyealarning yig’indisini 
tushunamiz.
Sa’diyning fikricha qobiliyatli va kam qobiliyatli bolalar bo’ladi. Ammo qobiliyat 
o’z-o’zidan rivojlanmaydi. Uning rivojlanishi uchun bolani tarbiyalash kerak, 
tarbiya bo’lmasa, boladagi bor qobiliyat ham yo’qoladi. Uning kamol topishi 
uchun kamolatga asos bo’ladigan qobiliyat negiz bo’lishi kerak. Sa’diy o’z fikrini 
isboti uchun “Guliston” asarida “Bir vazirning takasaltang o’g’li bor edi. Vazir 
o’g’lini bir donishmand huzuriga eltib: “Shuni tarbiya qil, shoyad aqli kirib, odam 
bo’lsa” - deydi. Donishmand vazirzodani uzoq muddat tarbiya qildi, foydasi 


bo’lmadi. Bolaning otasiga bir odam orqali: “O’g’ling odam bo’lmadi, meni ham 
aqldan ozdirdi” - deb xabar qildi. U bu voqyeadan shunday xulosa chiqaradi:”
Qobiliyat 
bo’lsa 
aslida,
Tarbiya 
unga 
qiladi 
asar.
Qancha 
urinsa 
bo’lmas 
sayqali,
Temir 
aslida 
bo’lmas 
gavhari 
(143 
bet)
“Qobiliyatli odamni tarbiya qilmaslik - zulmkorlik va noqobil odamga tarbiya 
hayfdir. Tarbiyangni ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoye 
ketkazma”, - deb ta’kidlagan A.Navoiy. Bundan tarbiyaning natijasi odamni 
qobiyatlilik darajasiga bevosita bog’liqligi asoslanayapti. Masalan, qobiliyati 
bo’lmagan insonni aqlli mehnat qilishga yo’llash ijobiy natija bermasligini 
ta’kidlash kerak. Yoki biror kasblarni egallashga ham bu g’oyani tadbiq etish 
mumkin.
Bunga tabiiy muhit (geografik), ijtimoiy muhit, oila muhiti (mikromuhit) va 
boshqalar kiradi va ular bolaning rivojlanishiga alohida ta’sir ko’rsatadi.
Agar bola o’z tug’ma layoqatiga mos sharoitda o’sib, zarur faoliyat bilan 
shug’ullansa, layoqat erta ko’rinib rivojlanishi, aksincha, bunday muhit bo’lmasa, 
yo’q 
bo’lishi 
yoki 
“mudroq” 
ligicha 
qolib 
ketiishi 
mumkin.
Demak, boladagi irsiy belgilarning o’sishi, kamol topishi insonlar muhiti, yashash 
sharoiti va tarbiyaga bog’liq desak bo’ladi. Bunga tarixda misollar juda ko’p. 
A.Navoiy onasidan-shoir, Eynshteyn-fizik, Ulug’bek-astronom, Ibn Sino-tabib 
bo’lib 
tug’ilmagan 
albatta.
Inson bolasi, agar ijtimoiy muhitga emas,boshqa muhit, aytaylik hayvonlar 
muhitiga tushib qolsa, odamlarga xos sifatlar shakllanmasligi mumkin.
Masalan: 1920 yili hindistonlik doktor Sing Kalkuttaning janubiy-Qarbidagi 
Midnapur shahri yaqinida bo’ri uyasidan ikkita bo’ri bolasi bilan ikkita qizchani 
topib olgan. Ularning biri 7-8 yoshda,ikkinchisi 2 yoshlar chamasida edi.
Amala (kichigi) bir yildan so’ng vafot etdi. Kamola esa 1930 yilgacha yashadi.
Odob, axloq, xulqiy sifatlar- shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va 
tarbiyaning o’zaro ta’siri asosida vujudga keladi. Shuning uchun irsiyat 


rivojlanishga ta’sir etadi, ammo hal qiluvchi omil bo’la olmaydi.

Yüklə 286,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə