O`yin texnikasi reja

Yüklə 0,63 Mb.
səhifə1/11
tarix12.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#148594
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3-MARUZA O`YIN TEXNIKASI yangi

O`YIN TEXNIKASI

Reja:

  • 1. Futbol texnikasining tasnifi.
  • 2. Harakatlanish texnikasi.
  • 3. Maydon o`yinchisining texnikasi.
  • 4. Darvozabonning o’yin texnikasi.

Mavzuning dolzarbligi

Qo`yilgan maqsadga erishmoq uchun o`yinda xilma-xil tarzda uyg`un-lashtirib qo`llaniladigan maxsus usullar to`plami futbol texnikasini tashkil etadi.Texnik usullar - bu futbol o`yinini vujudga keltirish vositasi demak. Yuksak sport natijalariga erishish ko`p jihatdan futbolchining ana shu xilma-xil vositalami qanchalik to`liq bilishiga, raqib jamoa o`yinchilari qarshilik ko`rsa-tayotgan, ko`pincha esa charchoq orta borayotgan sharoitda o`yin faoliyatidagi turli holatlarda ulami qanchalik mohirlik bilan, samarali qo`llay bilishga bog`liq. Futbol texnikasini yaxshi bilish

futbolchining har tomonlama tayyorgarlik ko`rishi va mutanosib kamol topishi jarayonining ajralmas qismidir.

O`yin taraqqiyotining yuz yildan ortiq tarixi mobaynida futbol texnikasida muayyan o`zgarishlar bo`ldi. Bu evolyutsiyaning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat: boshning chakka qismi va orqasi bilan zarba berish, to`pni boldir bilan to`xtatish singari nomaqbul usul va usullari qo`llash ancha kamayib ketdi; oyoq yuzi bilan zarba berish, To`pni son va ko`krakda to’xtatish, to’pni qo`l bilan tashlash (darvozabon texnikasi) kabilardan foydalanish koeffisienti oshdi, aldash harakatlari (fintlar)ko’paydi.Hozirgi futboldagi texnik usullar o`yin harakatlari tezligi va aniqligini oshirish uchun kuchdan yetarlicha tejab foydalanish imkonini beradigan, biomexanika nuqtai nazaridan maqbul harakatlar tizimi bilan xarakterlanadi. Tezlik va ishonchlilik, soddalik va samaradorlik - futbol texnikasini qo`llashga qo`yiladigan hozirgikundagi talab ana shulardan iborat.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə