O`yin texnikasi reja



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə10/11
tarix12.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#148594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3-MARUZA O`YIN TEXNIKASI yangi

To`pni ilib olish

To`pni ilib olish - darvozabon o`yin texnikasining asosiy vositasi. Bu ko`pincha ikki qo`llab amalga oshiriladi. To`pning yo`nalishi, traektoriyasi va tezligi qandayligiga qarab, uni pastdan, yuqoridan yoki yondan ilib ushlab olinadi. Darvozabondan anchagina naridan uchib borayotgan to`plar yiqila turib olinadi. To`pni pastdan ilib olish darvozabon tomon yumalab kelayotgan, yuqoridan tushib kelayotgan va past (ko`krak balandligida) uchib kelayotgan to`plami egallab olishda qo`llaniladi. Yumalab kelayotgan to`pni ilib olishning tayyorlov bosqichida darvozabon oldinga engashib, qo`llarini pastga tushiradi (51-rasm). Bunda kaftlar to`pga qaragan, sal yoziq, yarim bukik barmoqlar yerga tegay deb turadi. Qo`llar haddan tashqari tarang tutilmasligi kerak. Oyoqlar juftlangan, hech bukilmagan yoki sal bukilgan bo`ladi. Ishchi bosqich shundan iboratki, to’pning qo`lga tegishi paytida barmoqlar uni ostidan tutib oladi, qo`llar tirsakdan bukilib, to`pni qorin tomon torta boshlaydi. Pastga tushirilgan qo`llar vaznining amortizasiyasi ta`siri va bukilishi hisobiga to`pning tezligi so`ndiriladi. Yakunlovchi bosqichda darvozabon qaddini rostlaydi. Hozirgi zamon futbolida yumalab kelayotgan to`pni ikki qo`llab pastdan ilib olishning boshqa variantlari ham qo`llaniladi. Bu variantning xususiyati shun-daki, unda oldinga engashish o`rniga taxminan 50-80° tashqariga burilgan bir oyoqqa cho`nqayiladi. Tizzasi anchagina bukilib, uchiga tayanib turilgan ikkinchi oyoq ham tashqariga buriladi. Pastga tushirilgan qo`llaming kafti to`pga to’g`rilangan bo`ladi. To`pni bevosita ilib olish yuorida tasvirlangan variantdagi singari bo`ladi.

Yakunlovchi bosqichda oyoqlami burish va to`g`rilash hisobiga darvozabon qaddini rostlab, keyingi harakatlar uchun kerakli dastlabki holatni oladi. To`siqning straxovka qilish sathi anchagina bo`lgani uchun to`p ilib olishning bu varianti dinamik ishonchliroqdir. Past uchib kelayotgan va darvozabonning old tomonida yuqoridan tushib kelayotgan to`pIami ilib olishda tayyorlov bosqichida salgina bukilgan qo`llar kaftlari oldinga qaratilib, to`p qarshisiga uzatiladi (52- rasm). Barmoqlar bir oz yoziq va yarim bukik bo`ladi. Ayni vaqtda gavda ozroqqina oldinga engashadi, oyoqlar esa sal bukiladi. Oyoqlaming qay darajada bukilishi to`pning uchib kelish traektoriyasiga bog`liq. To`p qo`lga tegishi paytida darvozabon uni ostidan barmoqlari bilan tutib oladi-da, qomi yoki ko`kragi tomon torta boshlaydi. To`p anchagina tez kelayotgan bo`lsa, oyoqlami to`g`rilash va gavdani oldinga engashtirish hisobiga orqaga tomon Qo`shimcha so`ndiruvchi harakat qilinadi. O`yin jarayonida darvozabonning yon tomoniga yumalab va past uchib kelayotgan, shuningdek, uning old tomonida ancha nariga tushayotgan to`plami ilishga ham to`g`ri keladi. Bunday hollarda oldin to`pning harakat yo`nalishi tomonga qarab jilish kerak. Bu ish yugurish qadami, juftlama qadam yoki chalishtirma qadam bilan, shuningdek, ko`proq bir oyoqda depsinib yuqoriga, oldinga- yuqoriga yoki yon tomonga yuqoriga sakrash bilan amalga oshiriladi. Shundan keyingi harakatlar tizimining tahlili yuqorida berilgan.To`pni yuqoridan ilib olish o’rtacha traektoriyada uchib kelayotgan, shuningdek, baland uchib kelayotgan va pastga tushib kelayotgan


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə