Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/41
tarix28.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#134942
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41


SAʼDULLO QURONOV
GALAKTIKADA BIR 
KUN
@bolalar_yozuvchisi
2018


IXTIROCHILAR TANLOVI
2036-yil 25-iyun. Qushlarning deraza ortidan 
kelayotgan chugʻur-chugʻuri, onda-sonda uchib oʻtayotgan 
aeromashinalarning guvullagan tovushi tong otganidan 
darak bersa
-
da, Ahmad bunga parvo qilmas – shirin tushlar 
ogʻushida uxlar edi. Mana, bir necha oydirki, Ahmad bir 
tushni qayta-qayta koʻradi. U tushida oʻzi ixtiro qilgan 
qurilmaga minib, cheksiz koinot boʻylab sayohatga chiqar, 
turli sayyora va yulduzlarga uchardi. Masalan, kecha 
koʻrgan tushida Marsning oʻnqir-choʻnqir yuzasida oʻzga 
sayyoraliklar bilan futbol oʻynagan emish. Bugun esa 
Saturnning yoʻldoshi Titanga qarab uchgan... Ana, uning 
kemasi Titanning boʻronli atmosferasini yorib oʻtmoqda. 
Kema atmosfera bosimiga arang dosh berar va juda qattiq 
silkinardi. Shu payt abjir fazogirimiz zudlik bilan qoʻnish 
kerakligini angladi...
Tush koʻrayotgan Ahmadning oʻngida ham qoʻl va 
oyoqlari xuddi mashina boshq
ara
yotganday harakatlanar, 
yuzlari esa bujmayib ketardi. Endi u oʻngida gapirishni ham 
boshlab yubordi:
– Yer, meni eshityapsizmi? Kema Titanga qoʻnish uchun 
tayyor. Qoʻnishga ruxsat bering!..
– Sizni tushundim, Yer! Albatta, himoya kamarlarini 
taqib olganman.
– Qoʻnish: 9, 8, 7, 6, 5, 4, 3, 2, 1...
– Ahmad, tura qol, oʻgʻlim...
Shu payt eshik ortidan oyisining ovozini eshitgan Ahmad 
choʻchib uygʻondi. Oyim yana ozroq uygʻotmay turganida 
Titanni ham zabt etardim-a
,
deya afsuslandi bola.
– Nima, bugun qanaqa kunligi esingdan chiqdimi, 
oʻgʻlim? – hayron boʻlib soʻradi oyisi.
Ahmad miyasida chaqmoqdek chaqnagan fikrdan sakrab 


3
turib ketdi: «Axir, bugun yosh ixtirochilar tanlovi boʻladi
-
ku!»
Bolakay yuz-qoʻlini yuvib oshxonaga chiqqanida
,
dadasi 
va oyisi nonushta qilib oʻtirishardi. Ahmad ularga salom 
berib, dasturxonga yaqin oʻtirdi.
– Oʻgʻlim, tezda nonushta qilib ol. Tagʻin, kech qolib 
yurmanglar, – dedi dadasi.
– Ha, bunaqa joylarga vaqtida borish kerak, – oyisi uning 
gapini maʼqulladi.
Nonushtadan soʻng birgalashib duo qilishdi. Keyin 
Ahmad oʻzi ixtiro qilgan fazoviy kema chizmalarini va 
kichik maketini olib
,
oyisiga ergashdi. Ular shaharga 
qatnaydigan avtobusga minib manzilga yoʻl olishdi.
Tanlov oʻtkaziladigan maktabga yetib kelishganida 
ishtirokchilar deyarli yigʻilib boʻlgan edi. Ahmad ixtirochi 
bolalarni koʻrib biroz xavotirga tusha boshladi. Chunki 
u
lar 
bir-biridan gʻaroyib qurilmalarni koʻtarib olishgan edi-da. 
Ana, biri oʻzi yasagan robotni raqsga tushiryapti. Yana biri 
esa iflos suvni tozalab beradigan qurilma ixtiro qilibdi, 
qoyil-e! «Axir, mening ixtiroyim hali faqat chizmalardan 
iborat. Rosa kulgiga qolaman chogʻi», – oʻyladi Ahmad.
Aslida, Ahmad dunyoning manaman degan olimlar
i
ning 
ham tushiga kirmagan qurilma ixtiro qilgan edi. Lekin 
u bunga boshqalarni ishontirish u yoqda tursin, hali 
oʻzini ham toʻla ishontira olmagandi. Toʻgʻrida, hali bu 
chizmalarni biror kattaroq mutaxassis ham koʻrmagan. 
Faqat maktabdagi fizika oʻqituvchisi chizmalarni koʻrib: 
“Ahmad, sen dahosan!” – deb maqtadi. Maqtadi-yu, ammo, 
oʻsha oʻqituvchi ham hech nimani tushuna olmaganini 
Ahmad juda yaxshi bilardi. Lekin oʻqituvchining “dahosan” 
degan gapida jon bor. Chindan ham bu bolakay favqulodda 
kuchli zehn va idrok sohibi edi. Kichkina boʻlishiga 
qaramay, fizika, matematika, kimyo va astronomiya 


4
fanlarini professorlar darajasida oʻzlashtirgandi. Aytish 
mumkinki, bunday noyob bolalar faqat yuz, balki ming 
yilda bir dunyoga keladi. U har qanday eshitgan, koʻrgan 
narsasini xotirasiga xuddi videolavhaday muhrlab olar, 
kitob matnlarini soʻzma-soʻz emas, balki sahifaga bir 
qarashning oʻzida oʻqib-anglab 
ola
rdi. Agar bilsangiz, 
bunday isteʼdodlarni “fotografik xotira” sohibi deyishadi. 
Ammo Ahmadning bu iqtidoridan koʻpchilik bexabar edi. 
Maktabdagi aksar oʻqituvchi va oʻquvchilar uni shunchaki 
xayolparast, mahmadona bir bola deb bilishardi.
– Oʻgʻlim, sen albatta gʻolib boʻlasan, men bunga 
ishonaman, – dedi oʻgʻlidagi hayajonni sezgan ona. – Faqat, 
shoshilma, hakamlarga oʻz gʻoya
lari
ngni hayajonlanmay, 
dona-dona qilib tushuntir. Bu ixtironi amalga oshirish 
uchun judayam koʻp mablagʻ kerak, shunga hozircha faqat 
chizmalarni olib keldim deb ayt.
Uzoq kutilgan tanlov boshlandi. Bolalar birin-ketin 
sahnaga koʻtarilib, oʻz ixtirolarini taqdim qila boshladilar. 
Birinchi boʻlib Ibrohim ismli bola sahnaga chiqdi.
– Men judayam koʻp robotlar ixtirolar qilganman, – 
Ibrohim jiddiy ohangda gap boshladi. – Hozirda 
ular
qishloq 
xoʻjaligida fermerlar tomonidan ishlatilmoqda.
– Xoʻsh, Ibrohim, bu safar bizni nima bilan lol qoldirasiz? 
– soʻradi katta koʻzoynak taqib olgan hakamlardan biri.
Ibrohim biroz hozirlandi. Uning koʻkrak kerib turishidan 
biror olamshumul ixtiro qilganini payqash qiyin emasdi.
– Marhamat, Bogʻbonrobot bilan tanishing, – dedi 
Ibrohim qoʻllarini koʻtarib.
Sahnaga toʻrt gʻildirakli, bir qarashda katta changyutgichni 
eslatadigan droid
1
chiqib keldi. Bogʻbonrobot sahna boʻylab 
1
Droid – android so‘zidan olingan boʻlib, odatda, 
odamsimon robotlarga nisbatan qoʻllaniladi. 


5
turli harakatlar qilib yurarkan, yosh ixtirochi gʻoz turib 
unga taʼrif bera boshladi:
– Bogʻbonrobot yirik bogʻlarda ishlash uchun yaratildi. 
Unga daraxtlarni sugʻorish, hasharotlardan himoya qilish 
va hosilni yigʻib olish dasturlari oʻrnatilgan.
Soʻng Ibrohim Bogʻbonrobotga oʻrnatilgan uskunalarni 
ham birma-bir tanishtirib chiqdi:
– Bu – qurilmaning qoʻllari, – u robotning ikki yonidagi 
uzun-uzun qoʻllarga ishora qildi. – Ular bilan hosilni yigʻib 
olish mumkin. Temir qoʻllar belkurak vazifasini ham 
bajaraveradi. Daraxt tagini yumshatish ham, uni sugʻorish 
ham shu qoʻllar bilan amalga oshiriladi. Robotning orqa 
tarafidagi maxsus naycha bilan dori purkasa boʻladi. Bu esa 
mevali daraxtni hasharotlardan himoya qilish uchun zarur.
Tanlovga yigʻilganlar hayrat bilan Bogʻbonrobotni 
kuzatishar, ularning “Otangga rahmat!”, “E, qoyil!” degan 
olqishlari eshitilardi. Ahmad ham, uning oyisi ham qarsak 
chalib yubordi. “Agar shu ixtirochi gʻolib boʻlsa, xafa 
boʻlmayman”, – deb oʻyladi qahramonimiz. Lekin u oldin
-
da bundan-da gʻaroyib ixtirolar kutib turganini hali tasavvur 
ham qilmagandi.
Keyin esa Muhammadislom ismli bola oʻzi ixtiro 
qilgan koʻtarma kran modelini namoyish qildi. “Bu 
maxsus texnika juda ogʻir va besoʻnaqay yuklarni bemalol 
osmonoʻpar binolarning tomigacha koʻtarib bera oladi”, 
– dedi u. Uning aytishicha, kran ekologik sof yoqilgʻida 
ishlaydi va atmosferaga zaharli tutun chiqarmaydi. Shu 
bilan birga, koʻtargichlari juda ixcham yigʻilishi bilan 
boshqa modellardan farq qiladi.
Ismoil ismli keyingi ishtirokchi esa dengizning shoʻr 
suvini chuchuk suvga aylantirib beradigan filtrlovchi 


6
qurilmasini namoyish qildi. Sayyoramizda kundan kunga 
chuchuk suvga ehtiyoj ortib borayotgan bir vaqtda bu 
qurilma odamlarga juda ham asqotishi mumkin. “Ana 
xolos, aql bovar qilmas narsalarni oʻylab topishadi-ya”, – 
xayolidan oʻtkazdi Ahmad.
Shundan soʻng quyosh nuridan energiya olib ishlaydigan 
qozon, bemorlarga qaraydigan robot va xatosiz yozdiradigan 
ruchkalar namoyish etildi. Nihoyat, bosh hakam:
– 7-raqamli ishtirokchi Ahmad Odilbek oʻgʻli, marhamat, 
chiqing, – deb qoldi.
Ahmad qattiq hayajon bilan sahnaga qarab yura boshladi. 
Hammaning nigohi oʻziga qadalib turganini his qilarkan, 
hayajoni yanada ortdi. Hatto sahnaga chiqishda bir marta 
qoqilib ham oldi. 
G
apni nimadan boshlashni bilmay biroz 
turib ham qoldi. Odamlar esa unga: “Bu bola endi nima 
karomat koʻrsatar ekan?” – deya tikilib turardi.
– Ismim Ahmad, yoshim oʻn ikkida, – nihoyat, soʻzga 
kirdi u. – Men sizlarga sayyoralararo uchar qurilma... – 
zalda guu-v-v etib boshlangan gʻala-gʻovurdan Ahmadning 
gaplari eshitilmay qoldi. “Nahotki, shu 12 yoshli bola 
fazoga uchadigan qurilma yasagan boʻlsa?!”, “Yoʻgʻ-e, 
boʻlishi mumkinmas”, “Ola-a!” – derdi tanlovga kelgan 
ota-onalar.
Bosh hakam oʻtirganlarni tinchlantirmoqchi boʻlib 
oʻrnidan turdi:
– Oʻrtoqlar, bolani eshitaylik. Savollar boʻlsa, keyin 
beramiz.
Bu orada Ahmadning tanasidan sovuq ter chiqa boshladi 
– endi undan olamshumul yangilikni kutib turgan bu 
odamlarga nima deydi? Oʻz loyihasini tushuntirishning 
imkoni boʻlarmikan?! Bordi-yu uning qarashlari, hisob-
kitoblari xato boʻlib chiqsa
-
chi?! Shu kabi oʻylar bilan u 
gapida davom eta boshladi:


7
– Men hozircha shu qurilmaning chizmalarini olib 
kelganman...
U shunday deyishi bilan zalda yana gʻala-gʻovur 
boshlandi. Ixtirochi bolalarning “E, shunga shunchami?”, 
“Fantastik xayollarim demaysanmi, oʻrtoq” kabi gaplari 
Ahmadga ham eshitilardi. Shunda u koʻzlari bilan odamlar 
orasida oʻtirgan oyisini izlab topdi. Onasining qarashlaridan: 
“Hechqisi yoʻq, ularga eʼtibor qilmay soʻzingda davom et”, 
– degan maʼnoni uqdi. Shundan keyin, Ahmad oʻzini qoʻlga 
olib
, sahnaga oʻrnatilgan monitorga dadil yaqinlashdi. U 
monitor tugmalarini bosib bir nechta chizma suratlarini 
kattalashtirib koʻrsata boshladi.
– Mana bu chizmada, – Ahmad titrayotgan qoʻllarini 
monitordagi birinchi chizmaga uzatdi, – uchar qurilmaning 
umumiy koʻrinishi tasvirlangan.
Birdan zalga sukunat choʻkdi. Endi hamma jon qulogʻi 
bilan Ahmadni eshita boshlagandi.
– Koʻrib turganingizday, qurilmani odatiy raketa 
eltuvchisi fazoga olib chiqadi. Shundan soʻng qurilma 
raketadan ajralib, sayyoralararo harakatni boshlashi 
mumkin.
Chizmadagi suratlarga qarab bir
or
nimani tushunish 
qiyin edi. Chunki unda turli matematik belgi va formulalar, 
geometrik shakllar gʻij-gʻij edi. Ammo bir qarashda bu 
narsalar juda ham malakali muhandis tomonidan yaratilgan 
chizmaga oʻxshab ketardi.
– Uchar qurilma raketadan ajralib, – davom etdi 
qahramonimiz, – kichik energiya evaziga fazodagi 
gravitatsiya toʻlqiniga tushib oladi. Gravitatsiya, yaʼni 
butun olam tortishish qonuniga koʻra buni amalga oshirish 
mumkin. Nyuton va Eynshteynning gravitatsiya haqidagi 
nazariyalari ham buni tasdiqlaydi. Gravitatsiya butun 
olamni harakatlantirib turadigan koʻrinmas kuchdir. 


8
Fazoda esa gravitatsiyaning xuddi daryoga oʻxshash 
toʻlqinlari bor. Mening kemam ana shu toʻlqinga tushib 
olsa bas, fazoning istalgan nuqtasiga katta tezlikda uchib 
ketaveradi. – U shunday deb monitorda oʻzining hisob-
kitoblari tushirilgan chizmani koʻrsata boshladi. – Kvant 
fizikasining asoslari shuni koʻrsatadiki...
– Shoshma, bolakay! – Ahmadning gapini koʻzoynak 
taqqan hakam toʻxtatdi. – Toʻgʻrisi, bu chizmalar va sening 
gaplaringga tushunib boʻlmayapti. Sodda qilib aytganda, bu 
kema fazoda oʻz-oʻzidan, hech qanday raketa dvigatelisiz 
harakatlanadi, shundaymi?
– Xuddi shunday! Mana, bizning Yer sayyoramiz ham 
Quyosh atrofida hech qanday dvigatelsiz soniyasiga 30 
km tezlik bilan uchib yuradi
-
ku. Bu toʻpponchadan otilgan 
oʻqdan 100-marta tezroq degani, axir!
Endi tanlovga yigʻilganlarning bari bir-biriga oʻychan 
qarab qolishgandi. Zalda “Mushtdek bolaning qulogʻimizga 
lagʻmon ilishini qarang”, “Sal xayolparast bola ekanmi”, 
“Gʻirt boʻlmagan gap” kabi pichir-pichirlar ham eshitilar 
edi. Baʼzilar esa Ahmadga hayrat bilan boqar, ularni uchar 
qurilma emas, balki oʻn ikki yoshli bolaning aql-zakovati, 
yoshiga mos boʻlmagan gap-soʻzlari ajablantirar edi.
– Men hozirda uchar qurilmaning bir gravitatsiya 
toʻlqinidan boshqa bir toʻlqinga oʻtib, oʻz yoʻnalishini 
oʻzgartirishi masalasida izlanyapman.
– Buning iloji yoʻq! – dedi baland ovozda oʻtirganlar 
orasida birov.
Eng oxirgi qatordan kelgan bu ovoz egasini izlab hamma 
orqaga qaradi. Bu boʻylari past, juda ham ozgʻin va xunuk 
bir odam edi.
– Bolakay, nisbiylik nazariyasiga koʻra, sen aytgan 
qurilmani fazoga uchirish mumkin, – tushuntira boshladi 
pakana odam. – Lekin uni boshqarib boʻlmay qoladi. 


9
Aniqrogʻi, yerlik muhandislarning malakasi hali bunday 
qurilma yaratishga ojizlik qiladi.
Oʻzicha bilagʻonlik qilayotgan bu gʻalati odamga hamma 
taajjublanib qarab qoldi. Bolalar esa yaxshi boshlangan 
tanlovning bunaqa tus olganidan xafa boʻlib qovoqlarini 
uyib olishgandi.
– Nega endi?! – eʼtiroz bildirdi Ahmad.
– Nega desang, yerliklar atom fizikasi va gravitatsiya 
asoslarini hali unchalik tushunishmaydi. Balki, ellik yoki 
yuz yildan soʻng bu boradagi bilimlaringiz ortib qolar...
– Boʻldi, bas qilinglar, – asabiy holda gapni boʻldi 
koʻzoynakli hakam – yerliklar, yerliklar deysiz... Nima, siz 
osmondan tushganmisiz?!
Hakam shunday dedi-yu bir nuqtaga qarab qotib qoldi. 
Chunki hozirgina odamlar orasida unga angrayib qarab 
turgan mahmadona odam xuddi yer yutganday gʻoyib 
boʻlgandi. U koʻzoynagini yechib, koʻzlarini ishqalab 
tagʻin razm soldi – pakana odam haqiqatan ham yoʻq edi. 
Hakam chuqur xoʻrsinib joyiga oʻtirarkan, stol ustidagi 
suvga qoʻlini uzatib bir-ikki qultum suv ichdi. Soʻng ayb 
ish qilib qoʻygan boladay boshini egib oʻtirib qoldi.
Zalda yana biroz sukunat hukm surdi. Jimlikni boshqa 
bir hakam buzdi:
– Menimcha, Ahmadni yetarlicha eshitdik. Toʻgʻrisi, bu 
hali xomxayol, pishmagan narsa ekan
-
da...
Hakamning gapini tanlov ishtirokchilari ham maʼqullay 
boshlashdi.
– Oʻrtoq, boʻldi, koʻp gapirding, endi bizga ham 
vaqt yetishi kerak
-
ku! – yalinish ohangida gapirdi 
ishtirokchilardan biri.
Chorasiz qolgan Ahmad sahnadan xomush holda tusha 
boshladi. Baʼzilar uning ustidan kulsa, ayrimlar unga 
achinib qarardi. Qahramonimiz esa bundan qattiq xafa 


10
boʻldi. Uning yuzidagi bu xomushlik tanlov yakuniga qadar 
arimadi.
Oʻsha kuni Bogʻbonroboti bilan Ibrohim gʻolib boʻldi. 
Suvni tozalab beradigan uskunani yasagan bola 2-oʻrinni, 
xatosiz yozdiradigan ruchka muallifi esa 3-oʻrinni 
egalladi. Ahmadni eslab ham qoʻyishmadi. U oyisi bilan 
uyga qaytarkan, yoʻl boʻyi churq etmadi. Uyga kelganida 
chizmalarni yirtib yubormoqchi boʻldi. Ammo oyisi bunga 
yoʻl qoʻymadi va oʻgʻlini tinchlantirishga urindi. Kechki 
ovqatdan soʻng Ahmad ertaroq uxlamoqchi ekanini aytib 
xonasiga yoʻl oldi. U oʻz yotogʻida shiftga termilgancha 
xayol surib yotgan bir vaqtda eshikni ohista chertib oyisi 
kirib keldi.
– Oʻgʻlim, bir tanlovni deb bunchalik xafa boʻlishing 
yaxshimas, – dedi ona oʻgʻlining boshini silarkan.
– Bilmadim... Oyi, axir, ular ustimdan kulishdi
-
ku.
– Yoʻq, ular seni tushunishmadi, xolos. Sen, yaxshisi, 
uchar qurilmang ustida yanayam jiddiy bosh qotir. Oʻzing 
aytganding
-
ku hali kamchiliklari koʻp deb.
– Ha, shunaqa.
– Xafa boʻlma, dadangga aytdim, chizmalaringni yaxshi 
mutaxassislarga koʻrsatamiz ekan.
– Zoʻr
-
ku, rahmat, oyijon, – endi Ahmadning yuziga 
tabassum yugurdi.
– Mayli, endi uxla, bugun charchagansan.
Ona oʻgʻlining peshonasidan oʻpib oʻrnidan turdi va eshik 
tomon yura boshladi.
– Oyijon, – dedi Ahmad past ovozda.
– Ha, oʻgʻlim.
– Anavi gʻalati odam nega “yerliklar” deb gapirdi?
– Toʻgʻrisi, men ham unga tushunmadim. Telbaroq odam 
boʻlsa kerak
-
da. Yaxshisi, ahamiyat berma, – onasi shunday 
deb xonani tark etdi.


11
Qa
h
ramonimiz bugungi voqealarni birma-bir xayoldan 
oʻtkazarkan, aslida, kunning juda ham qiziq oʻtganini 
tushunib yetdi. Kayfiyati biroz boʻlsa
-
da koʻtarildi. U 
ertaga qiladigan ishlarini rejalashtirarkan, koʻzlari sekin 
uyquga ketdi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə