Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/41
tarix28.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#134942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Yadroni tushunish uchun eng yaxshi misol tuxum 
sarigʻidir. Agar qaynatilgan tuxumni qoq oʻrtasidan kesib 
qaralsa, markazda tuxum sarigʻi turganini koʻramiz. Xuddi 
shunday, Yerni ham oʻrtasidan kesish mumkin boʻlganida 
edi, odamlar markazdagi yadroni koʻra olgan boʻlishardi.
Sayyora yadrosi suyuq holdagi qaynoq erigan metall va 
boshqa turli moddalardan tashkil topgan narsadir. U xuddi 
Quyosh kabi lovullab turadi. Yadrolar sayyoralarning 
markazida joylashadi. Masalan, Yer yadrosi bizdan 2900 km 
chuqurlikda joylashgan boʻlib, harorati 6000°C issiqlikda. 
Boshqacha aytganda, sayyoramiz yadrosi Quyoshning Yer 
ostidagi kichkinagina koʻrinishini eslatadi.
Yadroni Yerning energiya manbai deb atash mumkin. 
Chunki u Yerdagi haroratni moʻtadil tutib turadi. Yer 


15
silkinishi, togʻlarning oʻsib chiqishi, vulqon otilishlari 
shu yadro tufayli sodir boʻladi. Yadro yana Yerning 
koʻzga koʻrinmas magnit maydonini hosil qiladi. Bu 
magnit maydoni Yer atmosferasini Quyoshdan keladigan 
turli zararli nurlar – radioaktiv boʻronlardan himoya 
qilib turadi. Agar shu magnit maydoni yoʻq boʻlib qolsa, 
atmosferamiz yemirilib, kislorod, yaʼni toza havo ham 
yoʻq boʻlib ketadi. Yerdagi hayot esa kislodorsiz bir 
daqiqa ham davom etmaydi...
Ahmad oʻz xayollaridan oʻzi qoʻrqib ketdi. “Nahotki, 
pakana «odam”ning gaplari rost boʻlsa?! Agar shunday 
boʻlsa, butun sayyora aholisi qirilib ketadi
-
ku! Yoʻq, bu 
“odam”ga yordam berish kerak», – oʻyladi u.
– Mayli, chizmalarni sizga berganim boʻlsin.
– Rahmat, doʻstim! Yerliklarning saxovatli ekaniga 
ishonardim, – pakana “odam”ning koʻzlari yoshlanib ketdi. 
Unda vaqtni boy bermaylik, chizmalar qani?
– Chizmalarni oyim yashirib qoʻygandilar. Sal boʻlmasa, 
ularni yirtib yuborar ekanman.
Bu gapdan keyin pakana “odam”ning koʻzlari kosasidan 
chiqib ketay dedi: “Xayriyatki, Ahmadning oyisi oʻgʻlidan 
chizmalarni tortib ol
ib
di. Aks holda, sayyoramizning xoli 
nima kechardi-ya?!” – xayolidan oʻtkazdi u.
– Endi tong otishini kutishimizga toʻgʻri keladi. Ertalab 
oyimdan chizmalarni olib beraman, – dedi Ahmad.
– Afsus, mayli, kutamiz.
– Qarang, qoʻrqib ketganimdan ismingizni soʻrash ham 
yodimdan koʻtarilibdi.
– Mening ismim Margol Vu Dagudo. Lekin sen meni 
Margol deb chaqirishing mumkin, – dedi Margol Ahmadning 
qoʻllarini siqib qoʻyishga hozirlanib.
– Tanishganimdan xursandman, Margol, – dedi Ahmad 
ham yangi doʻstining qoʻllarini siqarkan.


16
Shunday qilib, Ahmad “pakana” odam bilan tanishib oldi. 
Margolning aytishicha, u hali yosh, endigina 120 ga toʻlibdi. 
Buni eshitib Ahmad biroz taajjublandi. Ammo Margolning oʻz 
sayyorasi haqidagi hikoyasidan soʻng bariga tushunib yetdi. 
Gap shundaki, Salmir sayyorasi oʻz orbitasida juda tez aylanar 
ekan. Masalan, bizning sayyora Quyosh atrofini 365 kunda 
aylanib chiqsa, Salmir Sirius yulduzi atrofida 90 kun aylanadi. 
Yaʼni Salmirning bir yili bizdagiday 365 kunga emas, balki 90 
kunga teng. Demak, Yer hisobi boʻyicha Margol 30 yoshda.
Ular shu tariqa biroz suhbat qurib oʻtirishdi. Soʻng 
ertaga qiladigan ishlari koʻp ekani yodiga tushgan Margol 
ketishga hozirlik koʻrdi.
– Agar ruxsat bersang, tong otishini uyingizning tomida 
kutib tursam. Mening bu yerdaligimni sendan boshqa hech 
kim bilmasligi kerak.
– Men ham shu fikrdaman. Ayniqsa, ota-onam bundan 
xabar topishini sira istamayman.
Margol Ahmadga xayrli tun tilab tomga chiqib ketdi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə