Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/41
tarix28.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#134942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Buyuk fizik Albert Eynshteyn vaqt hamma joyda 
ham bir xil oʻtmasligini isbotlab bergan. Masalan, 
avtomobilda tezlik bilan ketayotgan odamning soati 
toʻxtab turgan odamning soatidan sekinroq yuradi. Lekin 
bu farq juda-juda kichik boʻlgani sabab odamlarga 
sezilmaydi. Vaqt bilan vaqtning farqini sezish uchun bu 
avtomobilni yorugʻlik tezligida haydash kerak boʻladi. 
Yorugʻlik tezligi bilan Yer sharini bir soniyada 7-marta 
aylanib chiqish mumkin! Afsuski, insoniyat hali bunday 
tezuchar qurilmani yarata olmagan. Taqqoslab koʻring, 
yorugʻlik soniyasiga deyarli 300 000 km tezlikda, odam 
qoʻli bilan yaratilgan eng tezkor qurilma “Voyager-1” 
esa soniyasiga 17 km tezlikda uchadi...
Vaqtning nisbiy ekanini olimlar quyidagi qiziq bir 
paradoks yordamida tushuntirishadi.
Hasan ukasi Husandan 10 daqiqaga katta edi. Husan 
ilm-fanga qiziqqani uchun olim, koinotga qiziqqan Hasan 
esa fazogir boʻldi. Kun kelib Hasan koinot boʻylab olis 


27
safarga chiqdi. U fazoda yorugʻlik tezligida uchdi va 10 
yildan soʻng Yerga qaytib keldi. Nihoyat, egizaklar yana 
uchrashishdi. Bu paytda Husanning yoshi 40 da, Hasanniki 
esa 30 da edi! Juda gʻalati, shunday emasmi? Ammo buni 
qarangki, fizika qonuniyatlariga koʻra shunday boʻlishi 
aniq ekan. Olimlar buni “Egizaklar paradoksi” deb 
atashadi.
Qahramonimiz Ahmadning hisob-kitob qilayotganiga 
sabab bor. Agar u Margol bilan Quyosh tizimidagi 
sayyoralarga katta tezlikda uchib borsa, Yerdagi vaqtdan 
ilgarilab ketishi mumkin. Masalan, ularning Quyosh 
tizimidagi ikki kunlik sayohati Yerdagi uch kunga toʻgʻri 
kelib qolishi hech gap emas.
Kelajakka sayohat qilish mumkinligi ilmiy jihatdan 
isbotlangan boʻlsa-da, olimlar oʻtmishga qaytish 
masalasida koʻp bahslashishadi. Ayrimlar nisbiylik 
nazariyasiga koʻra oʻtmishga sayohat qilish mumkin desa, 
boshqalar buni inkor qiladi. Ammo shuni aniq aytish 
mumkinki, oʻtmishga qaytish shunchaki fantastik xayol 
emas. Fizika qonuniyatlarida bunga yetarlicha dalillar 
topiladi.
– Demak, men tunda fazoga uchib, tong otguniga qadar 
yotogʻimga qaytishim mumkin boʻlar ekan
-
da?!
– Toʻgʻri, bu biroz murakkab ish, ammo uddalasa boʻladi. 
Shaxsan oʻzim vaqt tuynugidan 2-marta oʻtganman. Buning 
uchun kemaning sirtiga maxsus qurilma oʻrnatiladi, xolos 
– dedi Margol. – Aytganday, 10 kun avval Isaak Nyuton 
degan olimingiz bilan ham koʻrishib qaytdim.
– Nima, Nyuton bilan?! – Ahmad quloqlariga ishonmasdi.
– Ha, oʻsha Nyuton
-
da. Vaqt tuynugidan oʻtib XVIII as
-
rga qaytdim va u bilan koʻrishdim.
– Qoyil! – dedi lol qolgan Ahmad. – Oʻzi uning oldiga 


28
nega bordingiz?
– Bu haqida senga boshqa safar batafsil soʻzlab beraman. 
– Margol shunday deb yana Ahmadga oʻychan tikilib qoldi. 
– Xoʻsh, nima deysan, men bilan birga ucha olasanmi?
Ahmad rozilik berishni ham, bermaslikni ham bilmasdi. 
U baribir ikkilanib qolgandi. Ammo salmirliklarning taqdiri 
haqida oʻylar ekan, yoʻq deyishga tili bormadi.
– Mayli, roziman, – dedi Ahmad.
– Juda soz! – Margolning sevinchi ichiga sigʻmay 
sakray boshladi. Bu oʻzga sayyoraliklarning sakrashi ham 
juda kulgili edi. – Sening Yerga eson-omon qaytishing 
uchun jonimni ham ayamayman, – dedi Margol sakrashdan 
toʻxtab.
Shu tariqa ikkovlon fazo kemasini yasashga kirishib 
ketishdi. Kema kabinasi uchun Margol olib kelgan 
zah
ira kapsulasi juda mos kelar edi. Balandligi uch metr 
boʻlgan tuxumsimon kapsulaga Ahmadning loyihasi bilan 
yaratilgan qurilmalarni oʻrnatishsa bas, kema uchaveradi. 
Bu uskunalar fazodagi gravitatsiya toʻlqinlarini aniqlab, 
kemani shu yoʻnalishga tushib olishiga yordam beradi.
Ahmadning dadasi Odilbek aka avtomashinalar ustasi 
edi. Shu sabab ularning uyida eski temir-tersaklar, buzilgan 
avtomashinalarning turli ehtiyot qismlari uyilib yotardi. 
Qahramonlarimiz fazo kemasining maxsus qurilmalarini 
shu temir-tersaklardan foydalanib yasashga qaror qilishdi. 
Avvaliga za
h
ira kapsulasining toʻrt tarafiga uzunligi ikki 
metrlik quvurlar payvandlandi. Bu quvurlar kemani tutib 
turuvchi oyoqlar vazifasini oʻtaydi. Bundan tashqari, 
ushbu quvurlarga Ahmad oʻylab topgan katta-kichik 
qurilmalar ham mahkamlanadi. Soʻng Margol traktorning 
yer haydaydigan omochlarini kesib olib, yarim oy shaklida 
qayrilgan omoch pallalarini tekisladi. Tekislangan omochlar 
esa qanotga oʻxshab qolgandi. Keyin Margol bu qanotlarni 


29
kemaning ikki yoniga payvandladi. Qanotlarning ostiga 
esa gaz balonlari va avtomobilning tutun chiqargichidan 
ishlangan reaktiv dvigatellar qotirildi. Toʻgʻri, bu yerda 
bir muammo ham bor. Yaʼni avtomobillarning ehtiyot 
qismlarini atmosferaning yuqori bosimi 3 soniyaga qolmay 
parchalab tashlaydi. Shuni hisobga olgan Margol har bir 
temir boʻlagiga qayta ishlov berib chiqdi. Ehtiyot qismlari 
salmirliklarning maxsus kukunsimon boʻyogʻi bilan 
qoplandi. Endi xavotir olishga oʻrin qolmagan edi.
Yana bir muammo – ular fazodagi gravitatsiya 
toʻlqinlariga yetib olishlari uchun, avvalo, kemani fazoga 
olib chiqishlari lozim boʻladi. Buning uchun esa reaktiv 
dvigatelning yoqilgʻisi kerak. Ammo Ahmadning bu borada 
ham koʻngli toʻq. Sababi, Margol yoqilgʻi tayyorlash 
vazifasini oʻz zimmasiga olgan.
Shu kuni kechga yaqin Ahmad oʻzga sayyoralik doʻstidan 
yana Isaak Nyuton haqida soʻradi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə