Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/41
tarix28.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#134942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
KOINOT QAROQCHILARINING
KEMASIDA
Koinotning Quyosh tizimidan bir yorugʻlik yili 
uzoqligidagi joyida qaroqchi gikslarning judayam bahaybat, 
taxminan Oy hajmidek keladigan kemasi uchib yurardi. 
Aslida, bu kemani gikslarning yagona qarorgohi – vatani 
deyish ham mumkin. Chunki bundan ming yil oldin Giks 
sayyorasi “Katta atomlar urushi” vaqtida butunlay yoʻq 
boʻlib ketgan. Oʻshanda Giks sayyorasining aholisi oʻzaro 
nizo tufayli 100-yilga yaqin urush qilgan va bu urush oxir-
oqibat davlatlarning yadroviy qurollarni ishlatishigacha 
yetib borgan. Shu tariqa gikslar oʻz sayyorasini oʻzlari 


17
halok qilishgan. Urushda omon qolganlar esa ulkan kema 
yaratib, sayyorani tark etgan. Mana, ming yildirki, gikslar 
qaroqchilik orqasidan kun koʻrib kelishadi.
Ayni damda kemada qirq millionga yaqin tish-
tirnogʻigacha qurollangan qaroqchilar koʻzi qonga 
toʻlganicha yangi hujumlarni kutib oʻtirishibdi. Ularga 
qolsa har kuni, har soniyada jang boʻlsa, galaktika xalqlarini 
qirgʻin qilishsa. Boʻyi ikki yarim metr, ogʻirligi esa uch yuz 
kilogramm keladigan bu maxluqlar juda ham qoʻrqinchli 
edi. Ular egniga doim qora libos va zirhlar kiyib yurishar, 
yuzlarini esa qoʻrqinchli niqob bilan yashirishardi.
Bugun qaroqchilarning kattasi general Obma uchun 
judayam muhim kun. Chunki Obma bugun oʻz toʻdalaridan 
biri mashhur Salmir sayyorasiga tegishli yulduzlararo 
uchar kemani qoʻlga olgani haqida eshitdi. U bundan 
judayam xursand boʻldi. Chunki endi uning qoʻshinida 
ham tezkor yulduzlararo uchar kema boʻladi. Bunday kema 
bilan bir yulduzdan yaqinroq boʻlgan ikkinchi yulduzga 10 
– 20 kunda yetib borish mumkin. Har qalay, bu oʻzining 
yulduzdan yulduzgacha 3-4 oy uchadigan kemasidan ancha 
yaxshi edi
-
da. Bundan tashqari, Obma salmirlik olimlar 
abadiy energiya generatorini ixtiro qilishgani haqida ham 
eshitgandi. Koʻpchilik bu generatorni afsona desa ham, 
negadir Obma uning borligiga ishonadi. Qoʻmondon ana 
shunday xayollar bilan boshqaruv kabinasida yurarkan
mulozimlardan biri uning yoniga shoshib kirib keldi.
– Qoʻling qayrilmasin, general (gikslar shunday 
salomlashishadi. Chunki ular uchun eng ogʻir jazo bu asirga 
tushib, qoʻli orqaga qayrilish edi), senga xushxabar bor! – 
dedi mulozim.
– Tezroq gapir!
– Salmirlarning kemasini olib kelishdi.
– Juda soz! – xursand boʻlib ketdi Obma. – Kemadagi 


18
fazogirlar orasida olimlari ham boʻlsa kerak. Ularni tezda 
soʻroqqa tut. Quyosh tizimiga nima maqsadda kelishganini 
aniqla. Agar gapirishmasa, qiynoqqa sol!
– Xoʻp boʻladi.
Generalidan buyruq olgan mulozim xonadan yugurib 
chiqib ketdi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə