Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/41
tarix28.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#134942
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
ISAAK NYUTON
***
Salmirliklar qidirayotgan N
2
G kristalli oʻtmishda 
yashagan yerlik olimlar uchun ham begona emas. 
Sarguzasht ertaklarni yoqtiradigan bolalar falsafa toshi 
haqida koʻp eshitgan boʻlishlari kerak. Ertaklarda falsafa 
toshi har qanday moddani oltinga aylantira olishi haqida 
aytiladi. Xullas, bizning qissamizdagi N
2
G kristalli va 
afsonaviy falsafa toshi ayni bir narsa.
Tarixda hatto olimlar ham bunday toshning borligiga 
ishonishgan. Juda boy boʻlishni xohlagan podsholar esa 
olimlarga afsonaviy toshni topishni buyurganlar. Bunday 
olimlarni alkimyogar deb atashgan.


30
Alkimyogarlar tarixiy laboratoriyada tuxum sarigʻiga 
toshbaqa kosasining kukunini yoki quritilgan qurbaqa 
koʻziga qalampir va kumush kukunini aralashtirib 
nomaʼlum moddani, yaʼni falsafa toshini tayyorlashga 
urinishgan. Afsuski, ular qanchalik harakat qilishmasin, bu 
toshni yarata olishmagan.
Biroq bu ixtirochi olimlar oʻzlari bilmagan holda ajib 
kashfiyotlarga sababchi boʻlishgan. Tajribalar mobaynida 
turli shifobaxsh dorilar va kimyoviy moddalar yaratilgan.
Masalan, 1602-yilda bolonyalik Kassiarolo ismli kosib va 
alkimyogar togʻdan hajmiga nisbatan juda ogʻir, koʻrinishi 
gʻalati bir toshni topib oladi. Albatta, kimyogar buni falsafa 
toshini topish uchun ajoyib imkoniyat deb oʻylaydi. Kassiarolo 
toshni oltinga aylantirish maqsadida uni koʻmir bilan eritadi 
va suyuq metallga turli narsalarni qoʻshib koʻradi. Lekin 
metall oltinga aylanmaydi. Lekin alkimyogar umrida duch 
kelmagan, gʻaroyib metallni kashf etganini bilardi. Bu metall 
hozir sanoatda koʻp ishlatiladigan bariy edi. Mishyak, fosfor, 
rux, surma, vismut kabi kimyoviy elementlar ham falsafa 
toshini qidirayotgan alkimyogarlar tomonidan kutilmaganda 
kashf qilingan. Maʼlumotlarga qaraganda, hatto buyuk 
olim Isaak Nyuton ham falsafa toshini qidirib alkimyo bilan 
shugʻullangan ekan.
XVIII asrga kelib alkimyogarlar falsafa toshini emas, 
odamlar uchun foydali moddalarni qidira boshladilar. Bu 
izlanishlar esa zamonaviy kimyo fani paydo boʻlishiga 
sabab boʻldi.
Salmirliklar buyuk fizik Isaak Nyuton umrining oxirida 
alkimyo bilan shugʻullanib, falsafa toshini qidirganidan 
xabar topishadi. Aytishlaricha, Nyuton toshni kashf etishga 
juda-juda yaqin kelgan. Ammo u oxirgi tajribalarni oʻtkaza 
olmay hayotdan koʻz yumadi.


31
Nyuton yashagan davrga qaytib, u amalga oshirgan 
tajribalarni oʻrganish hamda olimdan N
2
G haqida soʻrab 
olish salmirlik fazogirlar rejasida avvaldan bor edi. Margol 
Ahmadni uchratguniga qadar oʻzicha turli yoʻllar bilan N
2

ni Yerdan ham qidiradi. U hatto vaqt tuynugidan oʻtib 1727-
yil, soʻng 1662-yilga borib kelishga ham ulguradi.
Dastlab, 1727-yilga borgan Margol 84 yoshli Nyuton 
hayotining soʻnggi kunlarini oʻtkazayotgan Kensington
1
shaharchasiga yoʻl oladi. Olim juda ham hashamatli, 
baland uyda yashardi. Margol uy eshigini taqillatganida uni 
xizmatkor ayol qarshi oldi.
– Xayrli kun, ser, – dedi xushmuomala xizmatkor.
– Xayrli kun, xonim, – dedi bunaqa iltifotni birinchi 
marta koʻrayotgan Margol. – Men janob Nyutonning oldiga 
muhim ish bilan kelgandim.
– Janobimiz hozir betoblar, ammo bugun kayfiyati 
chogʻ. Omadingiz bor ekan, sizni quvib solmasligi 
mumkin. 
Xizmatkor shunday deb Margolni ichkariga taklif qildi. 
Ular dahlizdan yurib bir xonaga kirishdi, keyin xona 
ichidagi eshikdan yana bir xonaga oʻtib uning ichidagi 
eshikni ochishdi. Ular bu eshikdan kirib zina boʻylab 
2 qavat pastga tushishdi. Oʻzga sayyoralik boʻlishiga 
qaramay, Margol tim qorongʻi yoʻlaklardan borarkan, 
biroz qoʻrqdi. Axiyri xizmatkor ayol kichkinagina bir 
eshikning oldida toʻxtab dedi:
– Bu janob Nyutonning tajribaxonasi. Qoʻrqmay kiravering, 
tishlab olmaydi, – dedi ayol kulib. – Yoqib qolsangiz sizni 
eshitadi, yoqmasangiz shu zahoti haydab yuboradi.
Xizmatkor shunday deb ortiga qaytib ketdi. Margol esa 
1
London yaqinidagi kichik shaharcha.


32
biroz taraddudlanib soʻng eshikni taqillatdi. Ichkaridan 
“kiring” degan ovoz eshitilganidan keyin eshikni ochdi. 
Kichikroq xonada oʻnlab shamlar yoqilgan. Devorga turli 
anjomlar ilingan. Toʻgʻridagi katta stol ustidan turli kitoblar, 
har xil kimyoviy moddalar solingan idishlar va qadimiy 
laboratoriya anjomlari joy olgandi. Bu joyda qari bir chol 
turli moddalarni bir-biriga qoʻshib tajribalar oʻtkazayotgan 
ekan.
– Xayrli kun, janob Nyuton, – dedi Margol imkon qadar 
yerliklarga oʻxshashga harakat qilib.
– Nima, tashqarida hozir kunmi? – ortiga oʻgirilmay 
soʻradi nuroniy.
– Sizning xonangizgacha uzoq yurib keldik. Balki, bu 
orada qorongʻi tushib qolgandir, – hazil qildi Margol.
Shundan soʻng Nyuton ortiga oʻgirilib Margolga bosh-
oyoq tikilib razm soldi. Keyin soʻradi:
– Xoʻsh, qari Nyuton senga nega kerak boʻlib qoldi?
Margol ham gapni choʻzib oʻtirmay muddaoga oʻtib 
qoʻya qoldi:
– Falsafa toshini kashf qildingizmi?
– Nima? Men toshni izlayotganimni qayoqdan bilding? 
Axir, bu haqda hech kimga aytmaganman
-
ku!
Bu gapdan keyin Margol biroz dovdirab qoldi.
– Yoʻq, shunchaki, stolingiz ustidagi moddalardan men 
ham foydalanyapman... Aytganday, men ham oʻsha toshni 
anchadan buyon qidiraman.
– Tushunarli, – dedi olim yana ortiga oʻgirilarkan. – Men 
esa uni qidirishni yaqinda boshladim. Ilgari faqat fizika va 
astronomiya bilan shugʻullanganman. Falsafa toshini esa 
choʻpchak deb oʻylaganman. Endi boʻlsa bu tosh butun 
fikr-u zikrimni egallab oldi. Yoʻq, men oʻzim uni yaqinda 
topaman... senga yoʻl boʻlsin... – gʻudrandi Nyuton.
– Uni topishingizga oz qoldimi? – qiziqib soʻradi Margol.


33
– Qaydam, har tajribadan soʻng mana endi uni kashf 
qildim deyman oʻzimga. Ammo har safar xato oʻylagan 
boʻlib chiqaman. Lekin juda oz qolganini sezib turibman. 
Eh, qaniydi shu ishni oʻn yillar oldin boshlaganimda!
Shundan soʻng Margol Nyuton bilan yana birpas suhbat 
qurdi. Olimga bu pakana “odam” maʼqul keldi, shekilli, 
boshqa kunlari ham kelib turishiga ruxsat berdi.
Margol Nyutonning tajribaxonasiga yana 3 kun – to 
olim tunda uxlayotgan vaqtida vafot etmagunicha qatnab, 
u bilan ajoyib suhbatlar qurdi. Nyutonning oʻlimidan 
soʻng Margol uning tajribaxonasiga yashirincha kirib
olimning kundaliklari, oʻqigan kitoblari bilan tanishdi. 
Qoʻlidan kelganicha Nyuton boshlab qoʻygan tajribalarni 
oʻrganib chiqqan Margol olimning yana biroz muddat 
yashamaganidan afsuslandi. Chunki Nyutonning toshni 
kashf qilishiga juda oz qolgan ekan.
Shundan keyin Margol 1662-yilga – Nyutonning yoshlik 
davrlariga borishga qaror qildi. U Nyutonni fizikaga emas, 
balki alkimyoga koʻproq qiziqtirishni xohlar edi. «Axir, 
uning oʻzi bu ishni oʻn yillar oldin boshlamaganidan 
afsuslandi
-
ku! Men uni qanday boʻlmasin kimyo sohasiga 
qiziqtirib qoʻyaman. Soʻng u alkimyo bilan shugʻullanib 
N
2
G ni kashf qiladi», – deb oʻyladi Margol.
1662-yilning yoz oylari. Kembrij universitetining 20 
yoshli aʼlochi talabasi Isaak Nyuton taʼtilni oʻtkazish 
uchun Vulstorp qishlogʻidagi uyiga qaytgan. Taʼtil 
boʻlishiga qaramay, Isaak uydan tashqariga chiqmas, koʻp 
vaqtini oʻz xonasida turli tajribalar qilib oʻtkazar, baʼzan 
esa tajribalardan zerikib mutolaaga berilardi. Ammo bu 
yigitning eng yoqtirgan mashgʻuloti hovlidagi olma daraxti 
tagiga yotib olib oʻy surish edi.
Mana, hozir ham Isaak oʻz uyidan chiqib toʻgʻri olma 
daraxti tomon yoʻl oldi. Buni koʻrgan Margol xursand 


34
boʻlib ketdi. Chunki u yigitning tashqariga chiqishini kun 
boʻyi kutgandi. Koʻzga koʻrinmaydigan qilib qoʻyadigan 
libos kiyib olgan Margol bemalol uy ichiga kirib, ikkinchi 
qavatdagi Nyutonning xonasiga koʻtarildi. U xonaga 
kirganida stol ustida sochilib yotgan shisha boʻlaklarini 
koʻrdi. Hoynahoy, bu yigit yorugʻlik nurini oʻrganayotgan 
boʻlsa kerak deb oʻyladi Margol.
Margol agar Nyuton kimyo sohasida kutilmagan 
kashfiyot qilsa, bu sohaga qiziqib qoladi deb oʻyladi. 
Shu sababli Isaak oʻz xonasiga qaytgunicha deraza 
oynasiga Mendeleevning davriy jadvalini chizib qoʻydi. 
Lekin olma daraxti ostida xayollarga berilib ketgan 
yigit hadeganda xonasiga qaytmadi. Shunda Margol 
ham hovliga chiqdi. Shu tobda yigitning nima bilan 
shugʻullanayotgani uni qiziqtirdi. Margol bildirmay borib 
daraxt ustiga chiqdi va Isaakni kuzata boshladi. Yigit esa 
oʻzi-oʻzi bilan gaplashar, nimalarnidir hisoblab chiqardi. 
Ammo Margolga Isaakning soʻzlari unchalik eshitilmadi. 
Shunda u daraxt shoxiga osilib, pastroqqa egilmoqchi 
boʻldi. Qaltisroq harakat qilib yubordimi, daraxt shoxi 
silkinib ketdi. Bir olma uzilib toʻgʻri Issakning boshiga 
tushdi. “Ay-y, kelib-kelib mening boshimga tushasanmi?” 
– deya qoʻli bilan boshini silay boshladi yigit. U yana 
bir nimalarni bidirladi, soʻng birdan oʻrnidan sakrab 
turdi. Yerdagi olmani olib tepaga otdi, olma yerga qaytib 
tushdi. Soʻng yigit yana olmani qoʻliga olib osmonga 
termilgancha xayolga berildi. Birozdan keyin chopib uyga 
kirib ketdi. Koʻp oʻtmay Margol ham yigitning ortidan 
uning xonasiga kirib bordi. Bu vaqtda Isaak kundaligiga 
shunday deb yozayotgandi: “Olma nima uchun aynan 
mening boshimga quladi? Nega osmonga yoki yon tarafga 
uchib ketmadi? Demak, qandaydir kuch jismlarni yerga 
tortib turadi!” Bularni oʻqigan Margolning hafsalasi pir 


35
boʻldi. U Isaakni kimyo sohasiga qiziqtiraman deb qaytaga 
fizikaga boʻlgan muhabbatini yanada oshirib yuborgandi. 
Endi Nyuton butun olam tortishish kuchini kashf qiladi 
deb oʻyladi Margol...
Margol Ahmadga bu voqeani soʻzlab berarkan, bola 
qotib-qotib kuldi.
– Demak, siz ekan
-
da oʻsha mashhur olmani Nyutonning 
boshiga uloqtirgan? – soʻradi oʻzini haligacha kulgidan 
toʻxtata olmayotgan Ahmad.
– Nima, sen olma voqeasini bilarmiding?
– Albatta, axir bu voqeani hamma biladi
-
ku!.. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə