Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/41
tarix28.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#134942
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
MEHMONDOʻST ZAGUNLIKLAR
***
Al-Toyir – Yerga yaqin yulduzlarning yana biri. Bu 
yulduz Yerdan 16,8 yorugʻlik yili uzoqligida joylashgan. 
Bir yorugʻlik yili yorugʻlikning bir yilda bosib oʻtadigan 
masofasiga teng ekanini hisobga olsak, Al-Toyirdan 
tarqalgan yorugʻlik Yergacha deyarli 17 yilda yetib keladi. 
Yerdan uchirilgan eng tez uchar qurilma – “Voyager-1” 
esa Al-Toyirga million yildagina yetib borishi mumkin. 
Endi “Koʻkkezar”ning qanchalar tezkor ekanini tasavvur 
qilgan boʻlsangiz kerak?! Ammo “Koʻkkezar” qanchalar 
tez uchmasin, cheksiz koinot bagʻrida toshbaqaday imillab 
qolishini ham unutmang. Axir, Al-Toyirga oʻxshagan 
yulduzlar galaktikamizda 200 milliarddan ortiq. Bizning 
galaktikamizga oʻxshagan galaktikalarning esa koinotda 
sanogʻi yoʻq.
Xoʻsh, koinotdagi bu yulduzlar qanday qilib yorugʻlik 
nurini taratadi va nimaning hisobiga doim lovullab turadi? 
Keling, buni Quyosh misolida tushunib olamiz.
Quyoshni ulkan tajribaxonaga qiyoslash mumkin. 
Chunki uning ichidagi turli-tuman moddalar bir-biriga 
qoʻshilib yangi moddalarni hosil qiladi. Qizigʻi, Quyosh ana 
shunday “kimyoviy tajribalar” evaziga misli koʻrilmagan 
issiqlik energiyasini ishlab chiqaradi.
Olimlarning aniqlashicha, Quyoshda 69 xil kimyoviy 
element bor. Lekin Quyoshning 98 foizi vodorod va geliydan 
tashkil topgan. Bilsangiz, vodorod ham, geliy ham hidsiz, 
rangsiz, juda yengil gaz hisoblanadi. «Unday boʻlsa, 
Quyosh ham yengilgina havo shari ekan-da», – deyishga 
shoshilmang. Quyoshdagi vodorod va geliy juda zich boʻlib, 
temirdan ham ogʻirroq.
Quyoshda issiqlik energiyasi va yorugʻlikning hosil 


63
boʻlishi juda ham gʻaroyib jarayondir. Quyoshning asosiy 
yoqilgʻisi vodorod tarkibidagi yadrolar bir-biriga urilib 
geliy gazini hosil qiladi. Vodorod yadrolari bir-biriga 
urilayotgan vaqtda esa tasavvur qilish qiyin boʻlgan 
energiya hosil boʻladi. Qarang, hatto koʻzga koʻrinmas oʻta 
mayda zarralarning ham ana shunday cheksiz energiyasi 
bor ekan. Fanda bu jarayon “yadroviy sintez” deb ataladi.
Bilasizmi, oʻzi kichkina boʻlsa ham, katta davlatlarning 
kulini koʻkka sovurib yuboradigan dahshatli qurol – atom 
bombasi ham yadroviy sintez natijasidir. Quyoshning ichida 
esa soniyasiga millionlab “atom bomba”lari portlaydi.
Xullas, bu safar “Koʻkkezar” ekipaji uchun kutilmagan 
voqea boʻldi. Toʻgʻri, Ahmad istalgan tuynukka tavakkaliga 
kirib ketishning oqibati yomon boʻlishini yaxshi bilardi. 
Ammo u Yerdan bu qadar uzoqlashib ketishlarini 
kutmagandi. Shu sababli hozir hammadan ham Ahmadga 
qiyin edi. Shu tobda uning xayolida faqat bir oʻy aylanardi: 
«Endi mening taqdirim nima boʻladi? Axir, men bir kechada 
uyimga qaytmoqchi edim
-
ku!»...
Voqealar bunaqa tus olishini kutmagan Margol ham 
nima qilarini bilmay boshini changallagancha oʻtirib olgan. 
U har-har zamon “esiz, esiz” deb bir Ahmadga, bir Mokiga 
qarab qoʻyardi. Bu vaziyatda uning kallasiga biror joʻyali 
fikr kelishi dargumon.
Ahmad “Koʻkkezar” oynasidan moviy rangdagi Al-
Toyir yulduzini kuzatar ekan, gap boshladi:
– Uydan shu qadar uzoqqa kelib qoldikki, ortga 
qaytishning deyarli imkoni yoʻq.
– Nega endi?! – soʻradi Margol.
– Koinotda gravitatsiya toʻlqinlari juda-juda koʻp. 
Ularning qay biri Yergacha olib borishini aniqlashga esa 
million yillar kerak boʻldi. Men Quyosh tizimidagi barcha 


64
sayyoralar, ularning joylashuv oʻrni haqida juda yaxshi 
bilardim. Shuning uchun kerakli yoʻnalishni aniqlash qiyin 
boʻlmagan. Endi boʻlsa hali oʻrganilmagan yulduz va 
sayyoralar qarshisida turibmiz!
– Galaktikaning mukammal xaritasi! – dedi Moki va 
nimanidir esdan chiqargan, shekilli, boshini qoʻllari bilan 
chayqata boshladi. – Judayam eskirib ketganman-da, 
eslolmayapman... Ha, senga galaktikaning mukammal 
xaritasi kerak!
– Shunday xarita bormi?
– Bor. Uni qadimgi meriyaliklar tuzishgan. Xaritadan 
Somon yoʻli galaktikasi va uning yoʻldoshlari – Katta va 
Kichik Magellan bulutlarining barcha yulduzlari joy olgan. 
Faqat xarita hozir qayerda ekanini bilmayman.
Agar uni topsak, “Koʻkkezar” bilan galaktikaning 
istalgan joyiga borish mumkin boʻladi, toʻgʻrimi?! – 
Ahmadning koʻngli biroz yorishdi.
– Ha, bu xaritada galaktikadagi barcha jismlarning 
joylashgan oʻrni aniq koʻrsatilgan, – dedi Moki. – Ammo 
uni izlab topishimizga koʻzim yetmaydi. Chunki marsliklar 
ham shu xaritani juda uzoq yillar davomida qidirishgan.
– Tushkunlikka tushib oʻtirgandan foyda yoʻq! Yaxshisi, 
kallani ishlatib biror chora izlab topaylik, – endi Margol 
ham boshini koʻtarib suhbatga aralashdi.
– Menda bir gʻoya bor, – dedi Ahmad koʻrsatkich 
barmogʻini yuqoriga koʻtarib, – Al-Toyir juda katta yulduz, 
hoynahoy, uning atrofida ham sayyoralar boʻlsa kerak.
– Al-Toyir tizimida 5 ta yirik sayyora mavjud. Ulardan 
eng mashhuri Zagun sayyorasi hisoblanadi, – dedi Moki.
– Zagun sayyorasi haqida men ham oʻqiganman. 
Kitoblarda zagunliklarni “juda mehmondoʻst” deb 
yozishgan, – Margol Mokining soʻzlarini tasdiqlab qoʻydi.
Shundan soʻng Ahmad doʻstlariga oʻylagan gʻoyasini 


65
tushuntirdi. Unga koʻra, Al-Toyir yulduzi atrofidagi biror 
tirik sayyoraga qoʻnib, u yerning tarixchi olimlaridan 
yordam soʻrash kerak boʻladi. Kim biladi deysiz, balki, 
zagunliklar galaktika xaritasi haqida eshitishgandir.
Xullas, Ahmadning taklifi hammaga birday maʼqul boʻldi. 
Shu tariqa koʻngillarida umid uygʻongan qahramonlarimiz 
Zagun sayyorasiga qarab uchib ketishdi.
Yerlik olimlar uchun hali maʼlum boʻlmagan Zagun 
ekzosayyorasi Al-Toyir tizimidagi beshta sayyoraning 
biri edi.
***

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə