Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/41
tarix28.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#134942
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
QAROQCHINING TUTQUNLARI
General Obmaning qaroqchiligi faqatgina boylik 
yigʻishdan iborat emasdi. U koinotdagi olim va 
muhandislarning gʻoyalarini, ixtiro-yu kashfiyotlarini 
ham oʻgʻirlar, bulardan oʻzining yovuz maqsadlari 
yoʻlida foydalanar edi. Chunki Obma qanday boʻlmasin 
qoʻshinini judayam kuchli qurollar bilan taʼminlashni 
hamda butun Somon yoʻli galaktikasini qoʻlga olishni 
orzu qilardi. Mashhur Salmir sayyorasining fazogirlari 
qoʻlga olinganida Obmaning xursandchiligi ichiga 
sigʻmay ketgani sababi ham shundan.
Mana, bir necha kundirki, general Obmaning askarlari 
salmirlik fazogirlarni soʻroq qilishmoqda. Ammo har qancha 
qiynoqqa solishmasin, ular Quyosh tizimi ekspeditsiyasining 


49
maqsadini oshkor qilishmadi. Sabr kosasi toʻlgan general 
shu kunlari juda dargʻazab edi. Chunki u salmirliklarning 
judayam muhim topshiriq bilan yoʻlga chiqqanini fahmlar, 
ammo bu qanday topshiriq ekanini bil
ol
may jigʻibiyron 
boʻlardi. “Juda muhim ish bilan kelishgan... Aks holda
Sirius yulduzidan Quyoshgacha 8 yorugʻlik yilidan ortiq 
masofani bosib kelishmasdi, – deya oʻylay boshladi u. – 
Balki, ular Yashil sayyoraga kelmoqchi boʻlishgandir? 
Lekin Yerda ularga nima kerak boʻlib qoldi ekan?” Obma 
ana shunday xayollar bilan hashamatli xonasi markazidagi 
taxtida oʻtirarkan, Rago ismli eng ishongan sarkardasi kirib 
keldi.
– Qoʻmondon, gapirishga ruxsat ber.
– Gapir!
– Odamlarimiz yulduzlararo kemadagi za
h
ira 
kapsulalarning biri kema qoʻlga olinguniga qadar uchib 
ketganini aniqlashdi.
– Xoʻsh-xoʻsh! – general Obma bu yangilikni eshitib 
oʻrnidan turib ketdi.
– Kemada hech qanday hujjatlar va abadiy energiya 
generatorining yoʻqligini hisobga olsak, demak, biz 
izlayotgan asosiy narsalar shu kapsula bilan gʻoyib boʻlgan.
– Bu gapingda jon borga oʻxshaydi, Rago! Unda 
kapsulani darhol izlab topish kerak.
– Men josuslarimizni Quyosh tizimiga yubordim. Kemani 
Neptun yaqinida qoʻlga olganmiz, kapsula ham uzoqqa 
uchib ketolmaydi. Mars yoki Yupiter yoʻldoshlarining 
biri
ga qoʻngan boʻlsa kerak.
– Yoki uni Yerga uchirishgan, toʻgʻrimi?
– Ha, balki, shundaydir, – tasdiqladi Rago.
Obma bir muddat oʻylanib qoldi, soʻng Ragoga yuzlanib:
– Josuslarni Yerga ham joʻnat. Bu ish bilan shaxsan 
oʻzing shugʻullan, – dedi.


50
– Xoʻp, aytganingday qilaman, – Rago boshini egib 
xonani tark etdi.
Tez orada Obma huzuriga salmirliklar kapitani Gedar 
Vuni olib kirishdi. Obma bu jasur kapitanni shaxsan 
oʻzi soʻroqqa tutib, ularning maqsadini bilib olishga 
qaror qilgandi. Gedar Vu bir necha kunga choʻzilgan 
qiynoqlardan soʻng tinkasi qurigan, oyoqda bazoʻr turardi. 
Ammo uning koʻzlarida qatʼiyat, mardlik hamon aks 
etardi. Uning bu oʻtkir nigohlarini koʻrgan Obma kapitan 
bilan boʻladigan suhbat besamar boʻlishini oldindan 
sezdi. Lekin buni Gedar Vuga sezdirgisi kelmadi.
– Xoʻsh, mashhur Salmir sayyorasining fazogirlari biz 
taraflarda nima qilib yuribdi? – mahbusni mensimay savol 
berdi Obma.
– Bu joylar qachondan boshlab qaroqchilarning hududi 
boʻlib qoldi? Axir, sizlar Protsion yulduz tizimidagi Giks 
sayyorasidan emasmisiz?!
Bunday hozirjavoblikni kutmagan Obma Gedar Vuga 
nafrat bilan tikildi. Kapitan esa xotirjam gapida davom etdi:
– E, ha, Giks sayyorasi allaqachon yoʻq boʻlib ketgan 
edi
-
ku. Demak, sizlar shunchaki bevatan
lar
toʻdasi ekansiz
-
da!
– Bas qil! – suhbatning bunaqa tus olishini kutmagan 
Obma chidab turolmadi: u Gedar Vuning yuziga qattiq 
musht tushirdi.
Gikslar tabiatan juda baquvvat boʻladilar. Ustiga-ustak, 
ularning tanasi salmirliklarga qaraganda 5-marta kattaroq. 
Hozir ham Obmaning zarbasidan soʻng Gedar Vu sal qolsa 
nobud boʻlayozdi. Shunday boʻlsa
-
da, u ingragan ovoz 
bilan dedi:
– Mayli, istaganingni qil. Bizlarni qiynoqqa sol. Ammo 
bilib qoʻy, baribir, maqsadingga yetolmaysan! – Gedar Vu 
shunday deb hushini yoʻqotdi.


51
Obma bu jasur salmirliklarni soʻroq qilish befoyda 
ekaniga endi iqror boʻlgandi. U salmirliklarni zindonband 
etishga buyruq berarkan: “Hozircha menga qoʻlga kiritgan 
yulduzlararo uchar kema ham kifoya qilib turadi. Qolgan 
gaplarni Quyosh tizimiga uchgan kapsuladagi fazogir orqali 
aniqlab olaman”, – deb oʻyladi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə