Dullo quronov galaktikada bir


“KOʻKKEZAR”NING ILK PARVOZI



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/41
tarix28.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#134942
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41
“KOʻKKEZAR”NING ILK PARVOZI
2036-yil 10-iyul, soat 20:55. Margol va Ahmad kemaga 
chiqib oʻrindiqlarga oʻtirishdi.
– Himoya kamarlarini taqib, chuqur-chuqur nafas ol. 
Atmosferadan chiqib ketgunimizcha kema kuchli chayqalib 
turadi, – dedi Margol turli-tuman tugmalarni bosib kema 
dvigatelini ishga tushirarkan.
– “Start”ga 10 soniya qoldi...
– Ahmad, xaritada Venerani belgilab qoʻy, – dedi Margol 
kompyuterni koʻrsatib.
Ahmad maxsus xaritadan Venera sayyorasini topib 
belgilab qoʻydi. Endi kema toʻgʻri shu sayyoraga qarab 
uchadi. Shundan soʻng Ahmad kompyuterdan koʻzini 
uzmay dedi:
– Teskari sanashni boshlayman: 9, 8, 7, 6, 5, 4, 3, 2, 1... 
“Start!”...
Dvigatel oʻt olganida butun atrof yorishib ketdi. 


43
Yaxshiyamki, kema dvigateli baland ovoz chiqarmay 
ishlaydi. Yoʻqsa, butun qishloq aholisi oyoqqa turishi 
mumkin edi. Zum oʻtmay kema yashin tezligida osmonga 
uchib ketdi.
Yer sathidan 118 km balandlikda fazo boshlanadi. Yaʼni 
bunday balandlikda Yerning tortish kuchi deyarli yoʻqoladi. 
Ammo Ahmadning rejasiga koʻra “Koʻkkezar” dastlab 
bu balandlikka koʻtarilmaydi. Kema 80 km balandlikka 
chiqqanidan soʻng ochiq fazoga qarab uchishni toʻxtatib, 
yoʻnalishini oʻzgartiradi. Endi kema Yer atrofida katta tezlik 
bilan aylanishni boshlaydi. Bu sunʼiy yoʻldoshlarning Yer 
orbitasi boʻylab aylanib yurishiga oʻxshab ketadi. Farqi 
shundaki, “Koʻkkezar” sunʼiy yoʻldoshlardan 10-marta 
tezroq aylanadi. Shu tarzda “Koʻkkezar” Yerning tortish 
kuchidan qoʻshimcha tezlanish oladi va juda katta tezlik 
bilan gravitatsiya toʻlqiniga kirib ketadi. Bu xuddi palaxmon 
toshini boshdan yuqoriga koʻtarib aylantirib-aylantirib otib 
yubori
shga oʻxshaydi. Palaxmon qancha tez aylantirilsa, 
tosh shuncha uzoqqa borgani kabi, kema ham Yer atrofida 
qancha tez aylansa, shuncha uzoqqa uchib boradi. 
1977-yilda fazoga uchirilgan va hozirda Quyosh tizimi 
chegaralaridan chiqib ulgurgan “Voyager-1” qurilmasi 
kichkinagina dvigateli bilan boʻlsa ham gravitatsiya kuchi 
evaziga harakatlanadi.
“Voyager-1” inson qoʻli bilan yaratilgan eng tezkor 
uchar qurilma hisoblanadi. Uni 1977-yilda amerikalik 
olimlar koinotga uchirishgan. Hozirda “Voyager-1” Yerdan 
soniyasiga 17 km tezlik bilan uzoqlashmoqda. Olimlarning 
aytishicha, ushbu qurilma hozirda Quyosh tizimidan chiqib, 
yulduzlararo kengliklarda harakatlanmoqda. Shu ketishda 
u 300 ming yildan keyin Quyoshdan keyingi eng yaqin 
yulduzlarning biriga yetib boradi.
“Voyager-1”da maxsus oltin disk boʻlib, unga Yerdagi 


44
hayot aks etgan fotosuratlar, turli qoʻshiqlar, okean va 
shamollarning, hayvonlarning tovushlari, hattoki chaqaloq 
yigʻisi ham yozib qoʻyilgan. Ushbu oltin diskda oʻsha vaqtdagi 
AQSH prezidenti Jimmi Karterning oʻzga sayyoraliklarga 
atalgan nutqi ham bor. Bu nutqda shunday deyilgan: 
“Agar siz «Voyager”ni topib, diskda yozilgan narsalarni 
tushuna olsangiz, bilingizki, bu bizning maktubimiz! Yer 
sayyorasining sovgʻasi! Unda bizning tovushlarimiz, ilm-
fanimiz, suratlarimiz, fikr va tuygʻularimiz aks etgan. Umid 
qilamizki, bir kun kelib qarshimizdagi muammolar oʻz 
yechimini topadi va biz koinotdagi boshqa olamlar bilan 
aloqa oʻrnata olamiz».
“Voyager”ning dvigateli juda kichkina. Bu dvigatel 
shunchaki uchar qurilmaning yoʻnalishini toʻgʻrilab 
turadi, xolos. Qurilmaning oʻzi esa koinotdagi tortishish 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə