Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/41
tarix28.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#134942
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
RAKETA YOQILGʻISI
Ertasi kuni Margol yana safarga otlandi. U bu 
gal raketa yoqilgʻisi uchun kerak boʻladigan noyob 
kimyoviy moddalarni topib kelish uchun Qozogʻistondagi 
Boyqoʻngʻir
1
kosmodromiga ketayotgan edi. Bir necha 
kun oʻtib Margol katta plastik qoplarda zarur kimyoviy 
moddalarni olib qaytdi. 
– Ahmad, bu kimyoviy moddalar juda xavfli. Shu sababli 
yoqilgʻi tayyorlash jarayonida sen ishtirok etmaysan. 
Hozir men maxsus chodir quraman. Bu mening kichik 
laboratoriyam boʻladi. Shunday qilmasam, nafaqat sen
balki butun qishloq aholisi zaharlanishi mumkin.
– Aytmasangiz ham buni yaxshi bilaman. Yaxshisi, 
shu chodirni Mirzachoʻlga qursangiz boʻlar edi, – eʼtiroz 
bildirdi Ahmad.
1
Baykanur nomi bilan mashhur.


36
– Sen xavotir olma. Bu laboratoriya salmirliklar uslubida 
quriladi. Hech kimga zarar yetmaydi. Hatto ish jarayonini 
kuzatib turishing, men bilan gaplashishing ham mumkin.
Margol shunday deb kapsula ichidan qoʻl telefoniday 
keladigan uskunani koʻtarib chiqdi. U uskunani hovlining 
oʻrtasiga qoʻyib undagi bir tugmachani bosdi. Bir lahzada 
moviy rangdagi nur hamma joyni qoplab oldi. Hovlida 
kamalakka oʻxshash yarim doira shaklidagi “chodir” barpo 
boʻlgandi. Faqat bu “chodir” devorlari matodan emas, balki 
lazer nuridan edi. Soʻng Margol oʻzi bilan olib kelgan 
kimyoviy moddalarni ichkariga olib kirdi. Tashqaridagi 
Ahmad esa uni koʻrib, eshitib turardi.
– Agar bilsang, bu devorlarni hatto zambarakning oʻqi 
ham yorib oʻta olmaydi. Laboratoriya ichi tashqi olamdan 
butunlay muhofazalangan, – dedi Margol butun tanasini 
yopib oladigan maxsus libosni kiyarkan.
Ahmad ishonch hosil qilish uchun “chodir”ning devoriga 
koʻrsatkich barmogʻini tek
ki
zib koʻrdi. Haqiqatda, bu 
poʻlatdan ham qattiq, qandaydir oʻzgacha narsa edi. 
Ichkaridagi Margol esa allaqachon ishga kirishib ketgandi. 
U yoqilgʻi tayyorlarkan, laboratoriya tashqarisidagi Ahmad 
bilan bemalol suhbatlashardi.
– Margol, raketa Yerning tortish kuchini yengib
,
ochiq 
fazoga uchib ketishi uchun soniyasiga kamida 11,2 km 
tezlikda uchishi kerak. Shuni hisobga oling.
– Sizlarning Yeringiz juda kichkina ekan. Salmirdan uch 
marta kichkina! Shuning uchun odatdagidan kuchsizroq 
yonilgʻi tayyorlasam ham boʻlar ekan, – deb javob berdi 
Margol.
Koinotdagi jismlarning tortishish kuchi, yaʼni 
gravitatsiyasi koʻproq ularning massasi bilan bogʻliq. 
Masalan, Oy Yerdan ancha kichkina. Shu sababli uning 
tortishish kuchi Yernikidan 6-marta kamroq. Bu agar siz 


37
Yerda 1 metr balandlikka sakray olsangiz, Oyda naq 6 
metrga sakraysiz degani. Chunki Yerda 40 kg vaznli bola 
Oyga chiqqanida 7 kg boʻlib qoladi. Xullas, fazoviy kema 
yaratayotganda shularni hisobga olish shart.
– Ahmad, nima deb oʻylaysan, yonilgʻi suyuq boʻlgani 
yaxshimi yoki qattiq – kukunsimon boʻlganimi? – savol 
berdi Margol.
– Menimcha, kukunsimon boʻlgani yaxshi. Hozir bizdagi 
raketalarda shunaqasi ishlatilyapti.
***
Fazo kemasining osmonga koʻtarilishi uchun juda koʻp 
energiya sarf qilinadi. Axir, ogʻirligi 500 tonna keladigan 
poʻlat qushni osmonga koʻtarish oson ish emas. Buning 
uchun raketa dvigateli bir soniyada 2-3 tonnagacha 
yonilgʻini ishlatishi mumkin. Oʻzingiz taqqoslab koʻring, 
masalan, avtomobilning quvvati oʻrtacha 100 ot kuchiga 
ega boʻlsa, zamonaviy raketa dvigateli 200 000 000 ot 
kuchiga ega. Bunday raketaning fazoga koʻtarilishi uchun 
sarflangan energiya butun Oʻzbekistonni bir kun davomida 
elektr bilan taʼminlashga yetadi.
Raketa yonilgʻisi asosan ikki turli boʻladi. Birinchisi 
benzin kabi suyuq boʻlsa, ikkinchisi porox kabi kukunsimon 
boʻladi. Odatda, muhandislar raketaning hajmi va vazniga 
qarab kerakli yonilgʻini tanlaydilar.
Fazoga uchirilgan dastlabki raketalarning yonilgʻisi 
ancha oddiy boʻlgan. Bu raketalar kerosin va kislorodning 
aralashib yonishi oqibatida osmonga koʻtarilgan. Hozirgi 
yonilgʻilar esa juda murakkab kimyoviy tarkibga ega. 
Olimlar kam joy egallab uzoqroq yonadigan va quvvati 
kuchliroq yonilgʻilarni ixtiro qilishmoqda.


38
– Men tayyorlayotgan yonilgʻini hali sizlar bilmaysizlar 
– gap boshladi Margol. – Mazkur yadroviy yonilgʻi kemani 
yorugʻlik tezligida uchirishi mumkin.
– Qoyil, lekin mening kemam shundoq ham yorugʻlik 
tezligini ortda qoldiradi, shunday emasmi? – kuldi Ahmad.
Bir soat oʻtar-oʻtmas yonilgʻi ham tayyor boʻldi. 
Shundan soʻng kapsulaning ichidan ortiqcha buyumlar olib 
tashlandi. Faqatgina skafandr, aynimaydigan yeguliklar, 
suv va kislorod balonlari kabi muhim narsalar qoldirildi. 
Chunki bir kishiga moʻljallangan oʻrindiqni ikkita qilish 
kerak edi
-
da. Darz ketgan burgʻilovchi qurilma ham 
rejadagiday sozlandi. Ahmad kemaga “Koʻkkezar” deb 
nom ber
ib,
uni kemaning sirtiga maxsus boʻyoq bilan yozib 
qoʻydi. Bu nom Margolga ham juda maʼqul boʻldi.
Nihoyat, toʻrt kun deganda Yer va Salmir sayyorasi 
muhandislari hamkorligidagi fazo kemasi qurib bitkazildi.
– Menimcha, kemamiz uchishga tayyor! – dedi Margol 
botayotgan quyoshni kuzatarkan.
– Toʻgʻrisini aytsam, judayam hayajonlanib ketyapman. 
Nahotki, men ertaga huv anavi yulduzlar yaqinida uchib 
yuraman?! – dedi Ahmad qoʻli bilan yulduzlarga ishora 
qilib.
– Ha, shunday... Ahmad, sening hayajoning tabiiy. 
Axir, sen bunday uzoq sayohatga chiqqan birinchi yerlik 
boʻlasan!
Ular yana bir zum osmonga tikilib suhbat qurishdi. 
Shundan soʻng Margol Ahmadning yelkasiga qoʻlini 
qoʻyib:
– Sen ertaga tunda uchishga tayyor boʻlishing kerak, 
hozir esa uyga qaytib yaxshilab dam ol. Xavf-xatar haqida 
koʻpam oʻylayverma, – dedi.
Ahmad uyga qaytib ketdi. Yolgʻiz qolgan Margol 
osmondagi yulduzlarni kuzata turib
,
ular orasidan jonajon 


39
yulduzi Siriusni izlab topdi. U xayolan oʻz vatani, 
oilasi davrasiga sayohat qildi. Zero, Margolning vatani 
boʻlmish Salmir sayyorasi shu Sirius yulduzi yaqinida 
joylashgan. Hoynahoy, ota-onasi, xotini va bolalari uni 
juda sogʻinishgandir. Hozir ular toza havo va ichimlik suvi 
yetishmasligidan juda qiynalishmoqda. Margol shularni 
oʻylab koʻrsatkich barmogʻini yulduzga choʻzarkan: “Yana 
ozroq chidanglar... Juda ham oz qoldi...” – deya pichirladi. 
Soʻng koʻzlari yoshga toʻlib, chuqur xoʻrsinib qoʻydi. 
“Yoʻq, yoʻq, mening bunday tushkunlikka tushishga 
haqqim yoʻq”, – deya yana pichirladi Margol shosha-
pisha koʻz yoshlarini artarkan. U oʻziga yuklatilgan 
vazifani bajarishi uchun kuchli boʻlishi kerakligini his 
qildi. Ustiga-ustak, yerlik doʻstini ham xatarli safarga olib 
ketyapti, bolani eson-omon uyiga qaytarishi shart. Bu esa 
Margolning masʼuliyatini yanada oshirardi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə