Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/41
tarix28.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#134942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
PAKANA “ODAM” KIM?
Yarim tun. Ahmad xonasida kimdir yurganini sezib 
uygʻonib ketdi. Koʻzini ochganida kompyuteri yoqilgan, 
begona bir odam undan nimalarnidir qidirayotgan edi.
– Ey, siz kimsiz?! – qoʻrquvdan Ahmadning ovozi bazoʻr 
chiqdi.
– Iya, uygʻotib yubordimmi, bolakay?
Boʻlishi mumkin emas. Axir bu oʻsha, tanlovdagi 
pakana odam
-
ku! Qiziq, u bu yerda nima qilib yurgan 
ekan?! Ahmadning kompyuteri unga nimaga kerak boʻlib 
qoldi?! Oʻzi, umuman, u bu yerni qanday topib keldi?! 
Qahramonimizning xayollari algʻov-dalgʻov boʻlib 
ketgandi.
Pakana odam kompyuterdagi qidiruv ishlarini toʻxtatib, 
Ahmad tomonga butun tanasi bilan oʻgirildi. U aybdorlik 
hissi bilan boshini quyiroq egib dedi:
– Qoʻrqma, bolakay. Men senga yomonlik qilmayman.
– Unda bu yerda nima qilib yuribsiz?!
– Men Quyosh tizimi sayyoralariga judayam jiddiy top-
shiriq bilan yuborilganman. Lekin endi shu topshiriqni 
bajarishim uchun sening yordaming kerakka oʻxshaydi.
– Qayerdan?! – Ahmadning ovozi deyarli boʻgʻilib qoldi.
– Men sizlar Sirius deb ataydigan yulduz tizimidagi 
sayyoralarning biridan uchib keldim.


12
Ahmad bir muddat nima qilarini bilmay pakana odamga 
termilib qoldi. U turib qochmoqchi ham boʻldi, lekin qattiq 
qoʻrqib ketganidan tanasi oʻziga boʻysunmayotganday edi.
– Oʻzga sayyoraliklarga oʻxshamaysiz
-
ku! – hayron 
boʻldi Ahmad.
– Ha-ya, bu maxsus niqobni yerliklar eʼtiborini tortmaslik 
uchun kiyib olganman. Istasang, mana, niqobimni 
yechaman.
Pakana odam shunday deb qoʻllaridan boshlab maxsus 
kiyimni yechishga tushdi. Haqiqatan ham, bu qoʻllar 
odamnikiga sira oʻxshamasdi. Moviy rangdagi ozgʻin, uzun-
uzun barmoqlar dengizdagi sakkizoyoqning “oyoq”larini 
eslatib yuborardi.
– Boʻldi, toʻxtating! – Ahmad qolganini koʻrishni 
istamadi. Chunki pakana “odam” tobora qoʻrqinchli 
maxluqqa aylanib 
bora
yotgan edi. Bolani qoʻrqitib 
yuborganini sezgan oʻzga sayyoralik darhol maxsus 
kiyimini qayta kiyib oldi va:
– Sen qoʻrqma. Men hatto seni uygʻotib yuborish 
niyatida ham emasdim. Lekin haligi chizmalarni hech 
topolmayapman, – dedi.
– Chizmalar?!.
– Ha, ertalab sen tanlovda koʻrsatgan uchar qurilmaning 
chizmalarida.
– Siz ularni nima qilasiz?!
– Kel, hammasini bir boshidan soʻzlab beraman, – 
pakana odam kursini biroz surib Ahmadga yaqinroq oʻtirdi. 
– Men kelgan sayyora Salmir deb ataladi. Biz muhim 
vazifa bilan Quyosh tizimiga uchayotganimizda 10 kishi 
edik. Ammo Quyosh tizimiga yaqinlashib qolganimizda 
koinot qaroqchilari – gikslarning taʼqibiga uchradik. 
K
yemamiz judayam tezkor boʻlgani uchun bu taʼqibdan 
osongina qutuldik. Ammo boshqa bir gikslar toʻdasi Neptun 


13
sayyorasi yaqinida ulkan qopqon bilan bizni poylab turgan 
ekan. Ularning hiylasi ish berdi – kemamizni qamal qilib, 
ekipaj aʼzolarini garovga olishdi. Birgina men kemadagi 
zah
ira kapsulasida qochib qutuldim, xolos. Endi esa 
sening ixtiroying asosida yangi kema yasab, topshiriqni 
yakunlashim shart. Aks holda, sayyoramiz halokatga 
uchraydi!
– Mening ixtiroyim?!. – Ahmad quloqlariga ishongisi 
kelmasdi.
– Ha! Sening chizmalaring asosida kema yasay olsam, 
Quyosh tizimidagi sayyoralarni oʻrganib chiqishim va 
vatanim Salmirga qaytishim mumkin boʻladi.
– Axir, oʻzingiz buning imkoni yoʻq demaganmidingiz?!
– Bolakay, sening chizmalaringda xatoliklar koʻp. 
Ammo, tan olish kerak, sen judayam noyob kemaning 
loyihasini yarata olgansan. Toʻgʻrisi, hali bunga oʻxshash 
qurilma galaktikada yaratilmagan boʻlsa kerak. Endi 
mening bilimlarim va sening zehningni birlashtirsak bas. 
Kema uchun zarur ehtiyot qismlarni esa men uchib kelgan 
zah
ira kapsulasidan olishimiz mumkin.
Ahmad endi bu voqealarni tush boʻlsa kerak deb oʻylay 
boshladi. U pakana odamga bildirmay yopinchigʻi ostidan 
qornini chimchilab koʻrdi: “Ogʻriq bor! Demak, bu tush 
emas”, – xayolidan oʻtkazdi u. Xoʻsh, unda eshitib turganlari 
rost ekan
-
da?! Endi nima qilsin, axir u hali yosh bola
-
ku!
– Agar sizga chizmalarimni bermasam
-
chi? – nihoyat, 
Ahmad ham dadillashdi.
Pakana “odam” esa undan bunday savolni kutmagandi. 
U judayam xomush holda javob berdi:
– Agar chizmalaringni bermasang, salmirliklarning oxirgi 
umidi ham soʻnadi. Bilsang, hozir Salmir sayyorasining 50 
milliardlik aholisi taqdiri shu chizmalarga bogʻliq boʻlib 
turibdi.


14
– Ellik milliard?! 
– Ha, – xomush bosh irgʻadi kelgindi. 
– Munday, tushuntiribroq gapiring! Nima gap oʻzi? – 
Ahmad yotgan joyidan turib, pakana “odam”ning yoniga 
kelib oʻtirib oldi.
– Mana, yuz yildirki, Salmir sayyorasining yadrosi 
soʻna boshlagan. Shu tufayli sayyoramiz tabiati ham 
oʻzgarib ketdi. Oʻsimliklar qovjirab, dengiz va daryolar 
quriy boshladi. Atmosferada kislorod yetishmay qolgan. 
Hatto toza havoni ham sunʼiy ravishda hosil qilyapmiz. 
Salmirliklar turli kasalliklarga chalinib halok boʻlishmoqda. 
Ahvol shu zaylda davom etib, yadro butunlay soʻnib qolsa, 
sayyoramizdagi hayot ham yoʻq boʻlib ketadi!
Ahmad geologiya va astrofizika fanlaridan ham chuqur 
bilimga ega edi. Shuning uchun u sayyora yadrosining 
soʻnishi qanday oqibatlarga olib kelishini yaxshi bilardi. U 
yadro haqidagi bilganlarini xayolidan oʻtkaza boshladi.
***

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə