«Temur tuzuklari» – muhim tarixiy-huquqiy manba



Yüklə 45,7 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü45,7 Kb.
#151105
  1   2   3   4
Amir Temur tuzluklarida Davlat boshqaruvi masalalari


Mavzu: Amir Temur tuzluklarida Davlat boshqaruvi masalalari


Reja:

  1. Amir Temur davlatining tashkil topishi va uning davlat boshqaruv apparati
  2. «Temur tuzuklari» – muhim tarixiy-huquqiy manba.
























Ma’lumki, Amir Temur butun jahonga mashhur va buyuk qudratli davlat barpo etgan. Uning tashkil etgan bu davlati o‘zbek milliy davlatchiligi davomi bo‘lib hisoblanadi. Bu fikrning tasdig‘ini Amir Temurning quyidagi so‘zlarida ham ko‘rishimiz mumkin: «Biz kim, Mulki Turon Amiri Turkistonmiz. Biz kim, millatlarning eng qadimi va eng ulug‘i Turkning bosh bo‘g‘inimiz». Amir Temur o‘zbek davlatchiligini tashkil etish bilan Markaziy Osiyoda mo‘g‘ullar mustamlakachiligiga barham berdi. Islom dini, shariat qoidalarini qo‘llabquvvatladi.
Amir Temurning o‘zbek davlatchiligi oldida qilgan xizmatlaridan biri shundaki, u 150 yillik uzoq bir davr o‘tib, odatlar, an’analarda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lganiga qaramay, qadimdan mavjud bo‘lgan o‘zbek davlatchiligi boshqaruv tizimining eng ilg‘or namunalarini qaytadan tikladi. Davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatini belgiladi. Jumladan, jamiyat a’zolarini 12 tabaqaga ajratib, davlatchilik asoslarini mazmunan boyitdi.

Sohibqiron Amir Temur shaxsi va o‘gitlari bugungi kundagi ahamiyati kattadir. Hozirgi kunda istiqlol sharofati tufayli Amir Temur shaxsi va faoliyati milliy davlatchilik tajribasi nuqtai nazaridan o‘rganilmoqda. Temur tuzuklari esa boy ilmiy-ma’naviy meros sifatida qadrlanib kelinmoqda.

Ushbu so‘zlarimizning isboti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tmoqchimiz:
«Bizning tariximizda Amir Temurday ulug‘ siymo bor ekan, uning qoldirgan merosi, pandu-o‘gitlari bugungi hayotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan bugungi muammolarni yechishda bizga qo‘l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o‘rganmasdan, ta’riflamasdan, targ‘ibot qilmasdan haqqimiz yo‘q»1. Mamlakatimiz rahbarining ushbu fikrida mavzuning dolzarbligini yana bir marotaba ko‘rish mumkin.


Yüklə 45,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə