Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/41
tarix28.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#134942
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
QIZIL SAYYORA
Veneradan kristallni izlab topa olmagan qahramonlarimiz 
Mars sayyorasiga yoʻl olishdi. Venera va Mars oʻrtasidagi 
masofa oʻrtacha 120 million km ga teng. Ammo bu masofa 
baʼzan qisqarib, baʼzan esa choʻzilib turadi. Yer va Mars 
sayyoralari oʻrtasidagi masofa ham xuddi shunday oʻzgarib 
turadi. Masalan, 2003-yilda Yer va Mars sayyoralari bir-
biriga juda yaqin kelgan va oʻshanda Yerdan Marsgacha 
atigi 55 million km qolgandi. Undan keyingi yaqinlashuv 
2018-yilda sodir boʻlgan.
Hozir 2036-yil – Venera va Mars oʻrtasidagi masofa 
oʻrtacha holatda. Yerning eng zamonaviy fazo kemalari 
bu masofani bosib oʻtishga kamida uch yil vaqt sarflaydi. 
Ammo Ahmad yaratgan qurilma kemani yashirin 
gravitatsiya toʻlqiniga tushirib, Veneradan Marsgacha 3 
daqiqada yetib olish imkonini beradi.
– Yaqinlashib qoldik. Hozir toʻlqindan chiqamiz, – dedi 
Ahmad boshqaruv bortidagi turli tugmalarni bosarkan.
Shu payt kema kuchli chayqalib ketdi. Bu kemaning 
gravitatsiya toʻlqinidan chiqayotganidan dalolat edi. Zum 
oʻtmay ularning kemasi Mars yaqinida muallaq uchib 
turardi.
– Qoyil, yetib keldik! – dedi Margol koʻzlariga ishonmay.


52
Ahmad esa Marsni birinchi marta suratlarda emas, 
atigi 200 km uzoqdan koʻrayotganidan hayratda edi. Mars 
yuzasida temir oksidi koʻp boʻlgani uchun ham qizgʻish 
koʻrinar, u goʻyo qizil qumli cheksiz sahroga oʻxshar edi. 
Yerliklar Marsni shuning uchun ham “Qizil sayyora” deb 
atashadi. Million yillar ilgari bu qumliklar oʻrnida ham 
ummon va dengizlar boʻlgan. Hozir esa Marsning shimoliy 
qutbidagina muzliklar saqlanib qolgan, xolos.
– Vaqtni boy bermay tezroq qoʻnishimiz kerak, – Margol 
shunday deb kema harakatini tezlashtirdi.
“Koʻkkezar” Mars atmosferasi tomon ucha boshladi. 
Mars atmosferasi boshqa sayyoralarga qaraganda Yer 
atmosferasiga koʻproq oʻxshab ketadi. Chunki unda oʻta 
quyuq gazlar mavjud emas. Kunduzi Marsdan osmonga 
qaralsa, osmon xuddi Yerdagiday moviy rangda koʻrinadi.
Bir necha daqiqadan soʻng kema Mars sathiga ohista 
qoʻndi. Tez orada skafandrlarini kiyib olgan qahramonlarimiz 
ham kemadan tushib, atrofni oʻrgana boshladilar.
– Qiziq, Yerdan uchirilgan marskezarlar qayerda ekan?! 
Ularni ham koʻrib ketsam yaxshi boʻlardi, – dedi Ahmad 
atrofga alanglab. Lekin shu tobda uning koʻziga qum 
uyumlaridan boshqa hech narsa koʻrinmasdi.
– Ahmad, marskezarlarni qoʻy. Biz shoshilishimiz kerak, 
gikslar meni qidirib yoʻlga chiqqan boʻlishi mumkin.
Bu gapdan soʻng Ahmad ham sergak tortdi. Chunki u 
hali gikslar haqida oʻylab koʻrmagan edi. “Tezroq kristallni 
topib, uyga eson-omon qaytsam yaxshi boʻlardi”, – deb 
oʻyladi u.
Ikkovlon zudlik bilan burgʻilovchi qurilmani olib uni 
kerakli joyga oʻrnatdilar. Qurilmaning baʼzi qismlari 
ishdan chiqqani uchun koʻproq qoʻl mehnati kerak edi. 
Burgʻilovchining quvuri Mars sathini teshib, 3 ming 
metrgacha qazigandan soʻng Margol tuproqni tahlil qilib: 


53
«Bu yerda N
2
G koʻrinmayapti, demak, boshqa yerdan 
qazishimiz kerak», – dedi. Ular bir necha soat ichida 15 ta 
joyni qazib koʻrishdi, ammo N
2
G topilmadi. Tushkunlikka 
tushib qolgan Margol ancha vaqt nima qilarini bilmay 
boshini changallagancha oʻtirib qoldi. Shunda Ahmadning 
xayoliga yaxshi bir gʻoya kelib qoldi:
– Margol, Olimp vulqonini bilasizmi?
– Bilaman, u Quyosh tizimidagi eng baland choʻqqi, 
shundaymi?
– Ha, bundan tashqari, u eng katta vulqon sanaladi.
– Xoʻsh-xoʻsh?! – Margol sabrsizlanib soʻradi.
– Hozirda bu vulqon soʻnib boʻlgan. Ammo bir vaqtlar 
undan otilgan lava Marsning tubidan chiqib kelgan. Demak, 
lava qoldiqlarini tekshirib Marsda kristall bor-yoʻqligini 
aniqlash mumkin.
– Aqlingga qoyil! Bilmadim, sen boʻlmasang, holim 
nima kechardi!? Kel, unda tezroq Olimpga boramiz.
Ular shu zahoti uchar likopchaga oʻtirib Olimp tomon 
yoʻl olishdi. Olimp balandligi 26 ming metrlik ulkan vulqon 
krateri boʻlib, Quyosh tizimidagi biror sayyorada unga 
teng keladigan choʻqqi yoʻq. Masalan, Yerdagi eng baland 
Everest choʻqqisi 8848 metrga teng boʻlib, u Olimpdan uch 
marta pastroq.
Olimpga yetib kelgan qahramonlarimiz uning 
osmonga ulashib ketgan choʻqqisini bir muddat hayrat 
bilan kuzatganlaridan soʻng burgʻilash ishlarini boshlab 
yubordilar. Ammo bu yerda ham dastlabki tuproq natijalari 
ijobiy chiqmadi.
– Huv ana u dara ortiga boramiz, – tushkun ohangda gap 
boshladi Margol qoʻllari bilan uzoqqa ishora qilib. – Agar 
oʻsha joydan ham topa olmasak, Yupiterning yoʻldoshi 
Yevropaga uchamiz.
Ular dara ortiga oʻtib yana burgʻilashni boshladilar. 


54
Bu safar uskuna quvuri 10 metrdayoq qattiq jismga tegdi. 
Margol joyni radar uskunasi bilan tekshirarkan: “Juda 
gʻalati... Pastda ulkan jism borga oʻxshaydi”, – dedi. Ammo 
bu orada qurilma ham bor quvvati bilan qazishda davom 
etardi. Shu payt ular turgan joy silkina boshladi. Birdan 
uzun-uzun yoriqlar paydo boʻlib, gʻalati tovushlar eshitila 
boshladi.
– Margol, nimalar boʻlyapti?! – soʻradi qoʻrqib ketgan 
Ahmad.
– Bilmadim! Menimcha, burgʻilash jarayonida Olimp 
vulqoni uygʻonib ketdi! – juda qattiq shovqinda Margolning 
ovozi bazoʻr eshitilar edi.
Koʻz ochib yumguncha yerdagi yoriqlar koʻpayib, 
kattalashib ketdi. Ahmad va Margol qochishga imkonsiz 
qolishdi. Ular bir-birlarining qoʻlini mahkam tutgancha 
yoriqlarning biridan pastga qulab tushishdi.
Jarlikka qulagan qahramonlarimiz negadir jarohat 
olishmadi. Chunki ular qandaydir yumshoq narsa ustiga 
tushishgandi. Atrof zim-ziyo, hatto skafandrning chiroqlari 
ham qorongʻilik chegarasiga yeta olmasdi.
– Qayerdamiz, nega chiroqlar bu yerni yorita olmayapti? 
– ajablanib soʻradi Ahmad.
– Bu juda-juda katta gʻor boʻlsa kerak. Shu sabab 
fonarning nuri yorita olmayapti, – Margol shunday deb 
oʻrnidan turdi, atrofga yaxshiroq razm sola boshladi. Shu 
payt skafandr gʻalati axborot bera boshladi: “Tashqaridagi 
kislorod meʼyorida... kislorod meʼyorida…”
– Menimcha, skafandr ham ishdan chiqdi. Axir, Marsda 
toza havo yoʻq
-
ku, – dedi Margol hayron boʻlib.
– Yoʻq, unday emas. Bemalol shlemlaringizni 
yechishingiz mumkin, – kutilmaganda uzoqdan begona 
ovoz eshitildi.
Bu ovoz qahramonlarimizni qoʻrqitib yubordi. Margol 


55
zudlik bilan himoyalanish uchun qoʻliga qurolini oldi:
– Kim bu?! Biz yomon niyatda kelmaganmiz! Urishishni 
ham xohlamaymiz, – dedi u ovoz kelgan tarafga yuzlanib.
– Men oddiy droidman, – qorongʻilik qaʼridan boʻyi 
pastakkina, koʻrinishidan samovarga oʻxshab ketadigan 
robot-droid chiqib keldi.
Ahmadning ham, Margolning ham xayoliga birdan 
“Kimsasiz Mars sayyorasida bu droid nima qilib yuribdi 
ekan?!” degan oʻy keldi. Chunki ular uchun bu umuman 
kutilmagan hol edi.
Droid ularga yaqinlashib kelib dedi:
– Sizlarni qoʻrqitib yuborgan boʻlsam, kechiring. 
Shunchaki toʻrt million yildan buyon hech kim bilan 
gaplashmadim.
– Toʻrt million yil?! – bu raqamdan Ahmadning esi chiqa 
yozdi.
– Ha, shu sababli sizlarni koʻrdim-u suhbatlashishga 
shoshdim, – dedi droid.
Margol droidga yaqinroq kelib unga sinchiklab tikila 
boshladi. Haqiqatan ham bu juda-juda eski qurilma edi. 
Million yillar oldin salmirliklar ham shunga oʻxshash 
droidlarni yasashgan. Bu droidlar turli maqsadlarda, 
masalan, nogironlarga koʻmaklashishda, tansoqchilikda, 
uydagi yumushlarni qilishda, shaxsiy kotiblikda juda 
qoʻl kelar edi. Ularning miyasiga sunʼiy ong oʻrnatilgani 
sababli fikrlash, mantiqiy oʻylash xususiyatiga ham ega 
boʻlishadi. Salmirliklarning zamonaviy droidlari esa ancha 
takomillashib ketgan.
– Salmirdagi Tarix muzeyida senga oʻxshash droidlar 
saqlanadi, – kuldi Margol.
– Bu yerga qanday kelib qolgansan? – soʻradi Ahmad.
– Bu joy sizlar aytganday ulkan gʻor emas, balki 
marsliklar qurgan yerosti shahri, – droid shunday deb 


56
qandaydir tugmani bosdi. Birdan butun qorongʻilik 
bagʻrida minglab chiroqlar yona boshladi. Tasavvur qilish 
qiyin, lekin bu joy chindan ham oxiri koʻrinmaydigan 
katta shahar edi. Unda osmonoʻpar binolar, keng yoʻllar 
bor edi. Ammo shahardagi hamma narsa xarobaga aylanib 
qolgan. Daraxtlar, oʻsimliklar qurigan, marsliklarning 
gʻaroyib transport vositalari esa yoʻllarda zang bosib, chirib 
yotardi. Biror tirik jondan asar ham yoʻq edi. Ahmad va 
Margol shundoqqina keng yoʻlning oʻrtasiga, havo bilan 
shishiriladigan katta yumshoq yostiqqa qulashgan ekan. Bu 
haqida droidning oʻzi aytib berdi. Yostiqni esa shu droid 
chaqqonlik bilan qoʻyib ulgurgan.
– Demak, bizning hayotimizni sen saqlab qolibsan
-
da?! – 
Margol endi droidga boshqacha mehr bilan qaray boshladi.
– Rahmat senga, – dedi Ahmad droidning qoʻlini siqib.
Yorugʻda droidning boʻy-basti, temir tanasidagi 
qurilmalari juda yaxshi koʻrindi. Droidning oyoqlari yoʻq, 
toʻrtta gʻildirakda harakatlanardi. Boʻyi bir metr, bosh qismi 
bejirim ishlangan. Uning yonib-oʻchib, turli shakllarga kirib 
turadigan koʻzlari droidning maxsus “mimika”sini bildirib 
turardi. Eng qizigʻi, u bir joyda hech tek turmas, tinimsiz u 
yoqdan bu yoqqa oʻtib, harakatlanib turardi.
– Qiziq, boʻzchining mokisiday tinmas ekansan, – kuldi 
Ahmad, – aytganday, isming bormi?
– Yoʻq, bizni “D – 121” deb atashardi.
– Men yerlik Ahmad, bu esa salmirlik Margol boʻladi. 
Seni esa Moki deb atasak nima deysan?
– Qanday yaxshi, mening ham ismim boʻladi! Lekin 
“moki” degani oʻzi nima?
– Moki – mato toʻqiydigan dastgohning mitti uskunasi. 
Toʻquvchi bu asbobni iplarning orasidan u yoqdan bu yoqqa 
oʻtkazib mato toʻqiydi.
– Tushunarli, menga mos va chiroyli ism ekan.


57
Shunday qilib, ular tanishib olishdi. Moki Mars tarixini 
bir boshdan soʻzlab berdi. Uning aytishicha, million yillar 
oldin Mars juda soʻlim sayyora boʻlgan. Undagi ummonlar, 
dengizlar va oʻrmonlarda turli hayvonot va nabototlar 
yashagan. Sayyora aholisi esa juda baxtli kun kechirgan. 
Ammo yillar oʻtib marsliklarning taraqqiyoti sayyora 
ekologiyasiga jiddiy taʼsir qila boshlaydi. Marsliklar 
ekologiyaga bepisandlik qilib, uni tinimsiz turli chiqindilar 
bilan zaharlay boshlaydilar. Zavod va fabrikalardan chiqqan 
zaharli tutun atmosferani yemir
a
di, aholini kasallantiradi. 
Sayyora isib, dengiz va okeanlardagi suv bugʻlanib ketadi. 
Oxir-oqibat sayyora yadrosi ham soʻnadi – Mars iqlimi 
soviy boshlaydi. Mars aholisi esa ulkan yerosti shaharlarini 
qurib, ularda yashay boshlashadi. Ammo bu ham uzoqqa 
choʻzilmaydi. Yer ostida yashash turli kasalliklarni, 
noqulayliklarni keltirib chiqara boshlaydi. Marsliklar 
bu shaharlarga sigʻmay qoladi. Natijada oʻzaro nizolar 
kuchayadi. Urushlar boshlanadi. Xullas, falokatdan bir 
necha yuz yil oʻtib tirik qolgan marsliklar sayyorani tashlab, 
yangi makon izlab uchib ketishadi...
– Bu shahar robot va droidlarning shahriga aylanib 
qolgandi. Ammo million yillar davomida ularning hammasi 
ishdan chiqdi. Faqat men hozircha ishlab turibman.
– Qiziq, nega aynan sen saqlanib qolding? – hayron 
boʻlib soʻradi Margol.
– Bilmadim. Men juda mashhur muhandisning kotib-
droidi edim. Balki, u meni oʻziga xos uslubda yasagandir. 
Lekin mening ham baʼzi uskunalarim ishdan chiqib 
ulgurdi.
– Hechqisi yoʻq, seni oʻzim yangiday qilib sozlab 
qoʻyaman, yana million yilga yetadigan qilib, – kuldi 
Margol.
– Margol, demak, Salmirning taqdiri ham Marsnikiga 


58
oʻxshashi mumkin ekan
-
da? – soʻradi Ahmad.
– Ha, Mars – oʻlik sayyora! Kristalni topmasak, Salmirni 
ham shunday kelajak kutyapti!
– Qanday kristallni izlayapsiz?! – soʻradi Moki.
– N
2
G nomli kristallni. Uni sayyoraning soʻnayotgan 
yadrosiga tashlash kerak. Shunda...
– Sayyora yadrosi qayta jonlanadi, shundaymi? – dedi 
Moki Margolning gapini boʻlib.
– Shunday, lekin sen buni qayerdan bilasan?
– Chunki marsliklar ham 300-yil davomida uni 
qidirganda! Aslida, men ham shu kristallni qidirishga 
moʻljallab yaratilganman.
– Xoʻsh, uni topdinglarmi? – toqatsizlanib soʻradi 
Margol.
– Afsuski, yoʻq. Bu kristallni Quyosh tizimidan topa 
olmaganmiz, – dedi droid. – Uni “Katta Magellan buluti” 
galaktikasidagi Oltin baliq yulduzi tizimidan topish 
mumkin. Mars olimlari Oltin baliq yulduziga olib boruvchi 
xaritani izlab toʻrt million yil oldin joʻnab ketishgan. Oltin 
baliq juda uzoqda, xaritasiz unga milliard yilda ham yetib 
boʻlmaydi.
***

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə