Karbonat minerallari



Yüklə 38,9 Kb.
tarix11.04.2018
ölçüsü38,9 Kb.

K a r b o n a t minerallari

Karbonat guruhi minerallari Yer po`stida juda keng tarqalgan. Keyingi yillarda olingan ma`lumotlarga qaraganda karbonatlar minerallarining soni 90 dan ortiq. Ularning oralarida keng tarqalganlari:

Kalsit – CaCO3

Aragonit – CaCO3

Magnezit – MgCO3

Stronsianit– SrCO3

Smitsonit – ZnCO 3

Viterit – BaCO3

Rodoxrozit – MnCO3

Serussit – PbCO3

Siderit – FeCO3

Dolomit – CaMg(CO3)2

Malaxit – Cu2 [CO3 ](OH)2

Azurit – Cu3(CO3)2(OH)2


Bular orasida kalsit – CaCO3 juda ko`p tarqalgan bo`lib, u asosan dengiz cho`kindisi tariqasida g`oyat katta qatlamlarni tashkil qiladi. Bulardan tashqari karbonatlar turli konlarda ma`dan minerallarining yo`ldoshi sifatida xizmat qiladi.
Karbonatlarning asosiy kationlari quyidagilar: Ca, Mg, Na, Fe; nisbatan kamroq - Cu, Zn, Pb, Mn, Tr, Bi. Suvsiz korbanatlarning qattiqligi yuqori bo`lmaydi, odatda 3-5 atrofida karbonatlarning suvda eruvchanligi yuqori. Karbonat guruhi minerallarining rangi xilma-xil. U asosan ion-xromoform elementlarga bog`liq. Masalan, mis karbonatlar – yashil va ko`k, uranli-sariq. Lantanoidga boy karbonat minerallari - qo`ng`ir, kobaltli binafsha, ammo asosan ular rangsiz bo`ladi.
Aksariyat karbonatlar ekzogen va gidrotermal jarayonlarda paydo bo`ladi, chunki ularning ko`pchiligi okean va dengizlarda, nisbatan kamrog`i – gidrotermal sharoitda yuzaga keladi. Karbonat guruhiga kiradigan minerallar suvsiz va suvli turlarga bo`linadi.
Kalsit – CaCO3. Tarkibida CaO – 56%, CO2 – 44%. Aralashma holda Mg, Fe, Mn – 8% gacha, kamroq - Zn – 2% gacha va Sr va boshqalar bo`ladi. Kalsit-trigonal singoniyali, qattiqligi – 3, solishtirma og`irligi – 2,8, ulanish tekisligi mukammal, ancha mo`rt mineral. Uning yaxshi kristallari mavjud, kalsitning shakli o`ziga xos belgi bo`lib, hosil bo`lish sharoitiga bog`liq (9-rasm).

26

9-rasm. Kalsit.


Toza, shaffof kalsit – island shpati deyiladi. U rangsiz nurni ikkilantirib sindirish ko`rsatkichi nihoyatda yuqori. Tabiatda magmatik kalsit karbonatitlarda dayka va kichik shtoklar hosil qiladi. Magmatik kalsit ishqorli magmatik jinslarda va ularning turlarida ko`proq uchraydi. Kalsit gidrotermal sharoitda ham paydo bo`ladi va benihoya yirik kristallar hosil qiladi. Masalan, AQSHning Nyu-York, Meksika shtatidagi vulqon mo`rilari tomirlarida 30 tonnalik kristallari aniqlangan. Kalьcitning qalin qatlamlari va yirik uyumlari biogen va xemogen usulda yuzaga keladi, ular – ohaktosh, mergel, bo`r jinslari bilan birga bo`ladi. Uning minerallari – sement hamda optik (island shpati) asboblar tayyorlashda asosiy manba hisoblanadi.

Rodoxrozit – Mn(CO3) – yunoncha «rodon» – atirgul. Tarkibida – MnO – 61,7%, SO2 – 38,3%. Izomorf aralashma sifatida – Fe, Mg, Zn, Co ishtirok etadi. Yaxshi kristallari kam uchraydi, odatda mayda donador, zich massa holda bo`ladi. Rangi pushti (malina rangiga o`xshash) bo`lib, donador mayin tuproqsimon massalarga o`xshaydi. Yaltirashi shishadek, qattiqligi – 3,5-4,5, solishtirma og`irligi – 3,6, ancha mo`rt mineral. Marganesning kam uchraydigan gidrotermal temir yoki metasomatik konlarida rodoxrozit, sulfid va marganes oksidlari bilan bir assotsiasiyada braunit, gausmanit, baritlar bilan birga bo`ladi. Rodoxrozit yirik massalar holida dengiz cho`kindi konlarida ko`proq uchraydi.

Magnezit – MgCO3 .Tarkibida MgO – 47,6%, CO2 – 52,4%. Tabiatda yirik kristallari ham uchraydi. Uning rangi –oq, sarg`ish va kul rang bo`lib tovlanadi. Uning yaltirashi shishadek, qattiqligi – 4,1-4,5, solishtirma og`irligi – 2,9-3,1, mo`rt, ulanish tekisligi romboedr bo`yicha mukammal, sinishi notekis. Tabiatda keng tarqalgan magnezit, o`taasos intruziv jinslari – dunit, peridotit va piroksenitlarning so`ngi jarayonlarda o`zgarishi va nurash oqibatida paydo bo`ladi.

Ushbu magnezitlar bronzit, serpentin, talьklar bilan birga uchraydi. Quyidagi holda yuzaga kelgan magnezit, ba`zan yirik konlar hosil qiladi. Ayrimda yirik konlar gidrotermal-metasomatik jarayonlarda paydo bo`ladi, unda magnezit, dolomit, kalsit, barit, talk, kvars, pirit, xalьkopiritlar bilan paragenetik assosiatsiyada yuzaga keladi (Satka – Rossiya, Veytch – Avstriya, Kvebek – Kanada).



Siderit – FeCO3 yunoncha «sideros» temir demakdir. Tarkibida – FeO – 62,1%, SO2 – 37,9%. Trigonal singoniyali, yaxshi kristallangan, donador, ba`zan yashirin kristallangan, shu`lasimon shakllarda uchraydi. Ba`zan yirik kristallari (1,5-2 sm) andezitlarda topilgan (Mulatalavavidi Vengriya). Sideritning rangi no`xatdek sariq, sariq-qo`ng`ir bo`ladi, yaltirashi shishadek, ayrimda sadafdek, mo`rt, qattiqligi – 4, solishtirma og`irligi – 3,9. Siderit gidrotermal jarayonlarda yuzaga kelgan polimetall konlarida katta uyumlarini hosil qiladi ((Kornuoll, Angliya, Dreyberg, Germaniya). Sideritning eng yirik uyumlari ekzogen (xemogen) jarayonlarda paydo bo`ladi (Kerch koni Kavkaz, Jayram, Qozog`iston). Siderit temir olishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi.

Smitsonit – ZnCO3 Tarkibida ZnO – 64,8%, SO2 – 35,2%, bulardan tashqari – Fe, Mg, Mn, ba`zan So va Sa – 7,5% ni tashkil etadi. Yaxshi kristallari kam uchraydi. Odatda tuproqsimon yoki zich yashirin kristall agregatlari uchraydi. Smitsonit – oq rangli, rangsiz, ba`zan sariq, qo`ng`ir, yashil va havo ranglarda uchratish mumkin. Shishasimon yaltiroq va yog`langandek, ba`zan sadafdek yaltiraydi. Uning qattiqligi – 4,5-5,0, solishtirma og`irligi – 4,5, ulanish tekisligi romboedr bo`yicha. Smitsonit ohaktoshlar orasida uchraydigan qo`rg`oshin – rux polimetall konlarining ostki qismida uchraydi. Smitsonitning yirik uyumlari kon sifatida aniqlangan (Kerchinsk, Rossiya; Qoratog`, J.Qozog`iston). Smitsonit ma`danlari rux olinadigan manba hisoblanadi.

Serussit – PbCO3. Yunoncha «cerussa» oq bo`yoq demakdir.Tarkibida – PbO – 83,5%, SO2 – 16,5%. Mexanik aralashma holida SrO – 3,2% gacha, ZnO – 4,5% gacha va boshqalar uchraydi. U rombik singoniyali, tabletkasimon, plastinkasimon, ba`zan nayzasimon ko`rinishda bo`ladi. Serussit – oq, qordek oq, yarim shaffof, ba`zan kulrang, tutunsimondan qoragacha. Uning qattiqligi – 3-3,5, solishtirma og`irligi – 3,8, mo`rt, ulanish tekisligi mukammal. Serussit polimetall konlarning oksidlanish zonalarida yuzaga keladi (Broken-xill, Avstraliya, Mindouli, Kongo, Bisbi – AQSH). Gidrotermal jarayonda yuzaga kelgan –selestin, barit, kalsit va sulfidlar bilan uchraydi. Serussit gipergen sharoitda galenit va anglezit hisobiga paydo bo`ladi. Serussitning yirik uyumlari qo`rg`oshin olishda manbaa hisoblanadi.

Stronsianit – SrCO3. Bunda SrO – 70,2%, SO2 – 29,8% bo`ladi. Mexanik aralashma sifatida CfO – 6-72, Bao, PbO, CaO juda oz miqdorda uchraydi. Stronsianit rombik singoniyali, donador, ingichka nayzasimon yoki tola-tola agregatlar hosil qiladi. U rangsiz, shaffof, sarg`ish, qo`ng`ir, ba`zan qizg`ish tuslarda ko`rish mumkin. Tabiatda shishadek, ayrimda sadafdek yaltiraydi, kristallari ba`zan yog`lagandek tuyuladi. Stronsianitning qattiqligi – 3,5-4, solishtirma og`irligi – 3,8, mo`rt stronsianitning yirik uyumlari gidrotermal sharoitda yuzaga keladi. Germaniyadagi Gamm koni bo`r davri mergeli orasida tomir va tomirchasimon shakllarda mavjud. Stronsianit stronsiy olinadigan manba hisoblanadi.

Viterit – BaCO3. Mineralni nomi angliyalik mineralog V.Viteren sharafiga qo`yilgan. Tarkibida VaO – 77,7%, SO2 – 22,3% bo`ladi, aralashma sifatida MgO, CaO – 1% atrofida va Sr –1,5% gacha aniqlangan. Yaxshi kristallari kamroq, ba`zan bu`yraksimon, varaqasimon agregat holda uchraydi. U rangsiz, qordek oppoq, ba`zan sarg`ish tuslarda bo`lib shishadek yaltiraydi, ayrimda yog`langandek ko`rinadi. Uning qattiqligi 3-3,5, solishtirma og`irligi – 4,3, mo`rt, ulanish tekisligi aniq emas. Viterit gidrotermal sharoitda paydo bo`ladi va kalьcit, dolomit, baritlar bilan birga uchraydi. Uning yirik uyumlari juda kam uchraydi. Dunyodagi eng yirik koni – Settlindston Angliyada. Ushbu konda – viterit kalsit, sulfidlar bilan birga uchraydi. Bariy olishda ikkinchi darajali mineral hisoblanadi.

Dolomit – CaMg(CO3)2. Fransuz mineralogi Dolomye (1750-1801) nomi bilan atalgan. Tarkibida – SaO – 30,41, MgO – 21,86 va SO2 – 47,73%. Trigonal singoniyali, kul rang, ba`zan sarg`ish, qo`ng`ir yashil tusda tovlanadi, shishadek yaltiroq, qattiqligi – 3,5-4, solishtirma og`irligi – 2,9, mo`rt, ulanish tekisligi romboedr bo`yicha mukammal. Dolomit ham kalsitga o`xshash keng tarqalgan, ayniqsa kembriy davrigacha yuzaga kelgan jinslar oralarida yirik qatlamlar hosil qiladi. Dolomit tipik gidrotermal temir konlarda magnezit, kalsit, sulfidlar, kvars va boshqa minerallar bilan birga uchraydi. Dolomit qurilish materiali sifatida ishlatiladi.

Malaxit – Cu2[CO3](OH)2 . Yunoncha «malaxe» gulxayri demakdir. Shu o`simlik rangiga o`xshashligi uchun nom berilgan bo`lsa kerak. Tarkibida – CuO – 71,9%, SO2 – 19,9%, N2O – 8,2% miqdorida aniqlangan. U monoklinal singoniyali. Tabiatda radial shu`la kabi tuzilgan (10-rasm), ba`zan oqiq shakldagi, massa holida ham uchraydi, ayrimda konsentrik zonal tuzilishda bo`ladi. Malaxit yashil rangli, yaltirashi shishadek, olmosdek, ba’zan tolasimonlari ipakdek. Uning qattiqligi – 3,5-4, solishtirma og`irligi – 4, ulanish tekisligi mukammal. Malaxit mis sulfid konlarning oksidlanish zonalarida uchraydi. Malaxitning hosil bo`lishida mis sulfat moddalarining karbonat kalsiylar bilan uchrashishi tufayli paydo bo`ladi.:
2CuSO4 +2CaCO3 +5H2O=Cu2 [CO3](ON)2 +CaSO4 · 2H2O
25

10-rasm. Malaxit.

Malaxit bilan yo`ldosh mineral sifatida azurit, xrizokolla, tenorit, kuprit, sof mis va boshqalar bilan birga paragenetik assosiatsiya hosil qiladi. Malaxit bezak buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.

Azurit – Cu3[CO3]2(OH)2. Nomi fransuzcha «azure» havorang demakdir. Tarkibida – CuO –69,2%, SO2 – 25,6%, N2O – 5,2% bo`ladi. U monoklinal singoniyali, tabiatda kalta ustuncha yoki prizma, qalin tabletkasimon shakllarda topilgan. Azuritning rangi to`q ko`k, havorang, yaltirashi shisha kabi (11-rasm). Uning qattiqligi – 4, solishtirma og`irligi – 3,9, ulanish tekisligi mukammal emas. U sulfid konlarining oksidlanish zonalarida yuzaga keladi. Kuzatishlardan ma`lumki namgarchilik rayonlarda azurit malaxitga aylanadi:
2Cu3(SO3)2(ON)2 +H2O=Cu2(SO3)(ON)2 + CO2
24

11-rasm. Azurit.


Azurit va malaxit odatda birga uchrashadi, ammo miqdori bo`yicha malaxit keng tarqalgan. Yirik uyumlari – Sumeb, Namibiya, Broken-Xill, Avstraliya, Kayrakto’ (Qozog`iston).

Soda – Na2CO3 · 10H2O, tarkibi: Na2O – 21,6%, SO2 – 15,4% va N2O – 63%. U monoklin singoniyali, rangsiz yoki kulrang, yaltirashi shishadek, qattiqligi – 1-1,5, solishtirma og`irligi – 1,4. Sodaning yirik uyumlari natriyga boy bo`lgan sho`r suvli ko`llarda paydo bo`ladi.


Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə