12- ma’ruza: Mevali daraxtlar va Sitrus ekinlarining karantin kasalliklari Reja: 1



Yüklə 357,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü357,7 Kb.
#151733
  1   2   3   4   5


12- Ma’ruza: Mevali daraxtlar va Sitrus ekinlarining karantin 
kasalliklari 
Reja: 
1.
 
Mevali daraxtlarning kuydirgi kasalligi 
2.
 
Olcha chechagi kasalligi va unga qarshi kurash choralari 
3.
 
Sitrus ekinlarining karantin kasalliklaridan Tristeza kasalligi. 
4.
 
Sitrus ekinlarini saraton(bakterial Rak) kasalligi 
Mevali daraxtlarning kuydirgisi 
( Erwinia amylovora (Burril.) Com. S.A.B.) 
Bu kasallik Kanada, Meksika, Gvatemala, AQSH, Kolmbiya, Chili, yangi 
Zelandiya, Belgiya, Polsha, Germaniya, Chexiya, Italiya, Gretsiya, Angliya, 
Osiyoning-V’etnam, Xitoy, Turkiya, YAponiya, Saudiya Arabistoni,Misr kabi 
mamlakatlarda keng tarqalgan.Kasallik keyingi yillarda O’zbekistonning barcha 
qismlariga tarqalib ketdi
.
Bu kuydirgi kasalligini eubakteriya (Eybacteriae) sinfi, 
eubakteriales (Eybacteriales) tartibi, bakteriya oilasiga (Bactericeae) kiruvchi, 
Erwinia amylovora betae bakteriyasi keltirib chiqaradi.
Bakteriya harakatchan, peritrix, tayoqchali, o’lchami 0,9-3 x va 0,5-1,0 mkm ni 
tashkil etadi. Spora va kapsula hosil qilmaydi, alohida, juft yoki zanjirsimon
grammanfiy, fakultativ anaerob. O’sishi uchun qulay harorat 22-25 
0
S va 
minimum 3
0
S hamda 43,7-50
0
S da to’liq nobud bo’ladi. Ammo qurishga va 
sovuqqa chidamli. Bakterioz odatda erta bahorda daraxtlar gullagan paytda 
namoyon bo’ladi. Namlik yuqori va harorat 18

S dan yuqori bo’lishi kasallik 
uchun qulay sharoit yaratadi. Ekinlarning gul, novda, poya, barg, yosh mevalari va 
yog’och qismlari zararlanadi. Ular birdan qorayadi va so’lib qoladi (olovda 
kuyganga o’xshash).Nam ob-havoda ulardan sutday oq ekssudat chiqadi, u havoda 
qotadi va qahraboday sariq yoki to’q-qo’ng’ir tus oladi. Zararlangan gulkosabarg, 
so’ngra gulning barcha boshqa qismlari oldin suv shimganga o’xshaydi, so’ngra 
kulrang-yashil, qo’ng’ir va oxiri qora tus oladi 14-rasm.
Zararlangan guldan bakteriya to’pguldagi boshqa gullarga o’tadi. Erta 
zararlangan mevalar o’smay qoladi, burishib, qiyshiq shakl olib, qorayadi. 
Zararlangan novdalar va barglar ham kulrang-yashil tus olib, dog’lar bilan 
qoplanadi, daraxtlarda osilib, qishda ham tushib ketmaydi.
Zararlangan yog’och qismlarda po’stloq botiq shaklga kiradi va qorayadi, 
chatnab ketadi. YAngi zararlangan po’stloq tagida qizg’ish tasmacha shaklli 
dog’lari bo’lgan ho’l to’qima hosil bo’ladi.


Ko’p o’simliklar, ayniqsa ra’noguldoshlar (Rosaceae) oilasiga mansub 
bo’lgan nok, olma, behi, do’lana, irg’ay, pirakanta, stranveziya, olcha, olxo’ri, 
gilos, o’rik, shaftoli, bodom, mushmula, atirgul, spireya, irga, chetan, xo’jag’at, 
qulupnay, yong’oq, xurmo va Shumtol, zarang, qayrag’och, siren, tol, hatto 
o’tsimon o’simliklardan kartoshka, sallagul (pion), salat, sigirno’xat kabi 28 
turkumga kiruvchi 167 ta tur zararlanadi.
Eng kuchli zararlanadigan o’simlik turlari qatoriga olmalar kenja oilasi 
turlari – olma, nok va behi daraxtlari hamda do’lana, irg’ay, pirakanta va 
stranveziya kiradi.Kasallik tez tarqala olishi va zararlangan daraxtlarning po’sti, 
keyinchalik butun daraxt nobud bo’lishi tufayli, ayniqsa olma va nokka juda katta 
zarar yetkazadi. Ekinlarning 20-100 % ni zararlashi,10-90 % ni butunlay nobud 
qilishi mumkin.Olma va nokning deyarli barcha navlari hamda do’lana, irg’ay,
pirakanta va stranveziya kasallik bilan juda kuchli zararlanadi.Bakteriya daraxt 
po’sti to’qimalari, yaralar chetlari va kurtaklar ostida qishlaydi.
Kasallik oldin novdalarning uch qismida boshlanadi, so’ngra pastga qarab 
tarqaladi, kattaroq shoxlarga va poyaga o’tadi, oqibatda butun daraxt zararlanadi 
va qurib qoladi.
Bakteriya o’simlik to’qimalariga gullarning shiradon (nektarnik) lari, kamroq 
hollarda barg teshiklari hamda har xil hasharotlar paydo qilgan va mexaniq yaralar 
orqali kiradi.
Kasallik bilan faqat yosh mevalar zararlanadi. yetilgan mevalar, hatto sun’iy 
zararlaganda ham kasallanmaydi. 
Ob-havo va iqlim bilan bog’liq holda kasallikning kuchli rivojlanishi bahorda, 
yozda yoki kuz boshida kuzatilishi mumkin.
Bahorda bakteriya zararlangan organlarda juda ko’plab paydo bo’ladi – 
novda va shoxlardan chiqadigan oq ekssudat (suyuqlik) bakteriya massalaridan 
iborat bo’ladi. Bakteriyalar o’tkazuvchi to’qimalar ichidagi suyuqlik orqali novda 
va shoxlarning tepasidan pastki qismlariga tarqaladi; ekssudatdagi bakteriyalar 
yomg’ir va shamol bilan ham tarqaladiUlar har xil hasharotlar – asalari, oddiy ari, 
qovog’ari, pashsha, so’ruvchi hasharotlar, qushlar vositasida ham oson tarqaladi va 
boshqa o’simliklarni yoki o’sha o’simlikning boshqa qismlarini zararlaydi. Uzoq 
masofalarga bakteriya ekiladigan va payvand qilish uchun mo’ljallangan barcha 
materiallar va tara bilan tarqaladi. 
Karantin tadbirlari: selektsiya va ilmiy-tadqiqot maqsadida olib kelingan 
materiallar zararlanganligini aniqlash maqsadida laboratoriyada ekspertiza qilish 
va 1 yil davomida introduktsion-karantin ko’chatzorida ekib tekshirish
zararlangan daraxtlar aniqlangan holda, ularni darhol kesib olish va yoqib 
yuborish; 


Agrotexnik tadbirlar:Erta bahorda mevali daraxtlar uyg’ongunga qadar shakl 
berishni kechiktirmasdan amalga oshirish. Vegetatsiya davri boshlanishi bilan 
daraxtlarni fitoeksperti-zasini o’tkazish va bir yoqlama azotli mineral o’g’itlar 
bilan oziqlantirmaslik kerak, aks holda kasallanish o’simlikda kuchaya beradi. 
Ko’chatlarni boshqa davlatlardan olib kelib ekmaslik va o’simlik qoldiqlarini 
yoqib yuborish lozim. 
Kimyoviy kurash:Vegetatsiya davrida kasallikning birinchi namunalari 
namoyon bo’lganda Bordo suyuqligi bilan har 2 haftada bir marta ishlov berish.

Yüklə 357,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə