12- ma’ruza: Mevali daraxtlar va Sitrus ekinlarining karantin kasalliklari Reja: 1



Yüklə 357,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix19.12.2023
ölçüsü357,7 Kb.
#151733
1   2   3   4   5
Karantin 
tadbirlari 
va 
kurash 
choralari:
sitrus 
raki 
tarqalgan 
mamlakatlardan ekishga va payvand qilishga mo’ljallangan sitrus materiallari 
hamda urug’ olish uchun mevalarini olib kelish ta’qiqlanadi. Mamlakat hududiga 
keltirilgan urug’ va boshqa ekish uchun mo’ljallangan material zararlanganligini 
aniqlash maqsadida laboratoriyada ekspertiza qilish; kasallik tarqalgan 
mintaqalarda, profilaktika maqsadida 2 marta - sitrus daraxtlari gullashidan oldin 
va keyin, daraxtlarga 1 % li Bordo suyuqligi yoki kolloid oltingugurt suspeziyasi 
purkash . 
Sitrus ekinlarning tristeza (tez nobud bo’lishi) 
kasalligi (Citritus trizteza virus) 
Bu kasallik dunyodagi 40 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan, yevropaning 
Gretsiya, Ispaniya, Italiya, Frantsiya; Osiyoning Isroil, Kipr, Malayziya, Suriya, 
Hindiston, SHri-Lanka, YAva oroli; Afrikaning Gana, JAR, Keniya, Marokash, 
BAA; Amerikada - Argentina, AQSH, Braziliya, Venesuela, Gviana, Kolumbiya, 
Peru, Urugvay kabi mamlakatlarida keng tarqalgan.
Achchiq apelsin va laymaga payvand qilib o’stirilgan barcha sitrus ekinlari va 
boshqa turlarning ba’zi navlari zararlanadi.
Kasallik qo’zg’atuvchi klostoviruslar guruhiga kiradi. Zarrachalari uzun, 
buralgan tayoqcha shaklli, hajmi 200 x 12 nm ga yaqin. Virus odatda floemada 
parakristall to’dachalar shaklida joylashadi, ammo yosh novdalarning qobig’ida 
ham kuzatilgan.
O’simlikda kasallik belgilari juda o’zgaruvchan. Ko’chatlar o’smay pakana 
bo’lib qolishi, poyada botiq o’yiqlar paydo bo’lishi, barglar ichiga qarab buralishi, 
barg bandlari oqarishi, xloroz, mevalarning rivojlanmay qolishi kuzatiladi. Ayrim 
olingan turlarida poyada o’yiqlar va barg plastinkasining tomirlarida xlorozlar 
yuzaga keladi.


Kasallik kuchli tarqalishida to’qimada nekroz hosil bo’ladi. Bu nekroz 
kasallangan qismni to’la o’rab olganligi kuzatiladi. Natijada o’simlikda uglevodlar 
va kraxmal moddasining kamayib ketib, ko’chatlar quriydi. Muddatdan oldin 
qurigan ko’chatlarning po’stlog’ida botiq o’yiqlar qalinlashadi. Bunday 
ko’rinishdagi ko’chatlar tez nobud bo’ladi. Kasallanishning yana bir belgisi 
ulangan (payvand) joyida sarg’ish-qo’ng’ir dog’ yuzaga kelishi poya va katta 
shoxlarda notekislik hosil bo’ladi 18-rasm.
Payvandtakni tanlashda kurtak, novda va barglarni tanlab payvand qilish 
zarur. Kasallik manbalari zararkunandalar - shira va tripslar, qurigan ko’chatlar, 
Shuningdek, to’kilgan barglar hisoblanadi. 

Yüklə 357,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə