12- ma’ruza: Mevali daraxtlar va Sitrus ekinlarining karantin kasalliklari Reja: 1


Kasallikka qarshi karantin kurash choralari



Yüklə 357,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü357,7 Kb.
#151733
1   2   3   4   5
Kasallikka qarshi karantin kurash choralari:
kasallik tarqalgan 
mamlakatlardan ekish va payvand qilish maqsadida material olib kelmaslik; 


selektsiya maqsadida keltirilgan materiallarni 3 yil davomida introduktsion-
karantin ko’chatzor-larida ekib tekshirish. Mineral o’g’itlarning yillik me’yorini 
to’g’ri belgilash. 
Kimyoviy kurash choralari: Kasallik tarqalishining birinchi ko’rinishi yuzaga 
kelishi bilan Bordo suyuqligi yordamida har 2-3 haftada bir marta ishlov berish. 
Hasharotlarga qarshi kurash choralarini o’z vaqtida o’tkazish. 
 
Sitrus ekinlarining saraton (bakterial rak) kasalligi (Xanthomonas
campestris pv. citri Dws.) 
Kasallik vatani noma’lum, Afrikaning Gvineya, Jazoir, Kongo, Liviya, 
Mavritaniya, Madagaskar, Marokash, Misr, Seyshel oroli, Fil suyagi qirg’og’i; 
Osiyoning Afg’oniston, Bangladesh, Vetnam, Filippin, Xitoy, Hindiston, Singapur, 
Suriya, SHri-Lanka, Eron, Turkiya, YAva oroli; yevropaning Gretsiya, Ispaniya, 
Italiya, Frantsiya Belgiya, Bolgariya, Ruminiya, Xorvatiya, Chexiya, YUgoslaviya; 
Amerikada - Argentina, AQSH, Braziliya, Venesuela, Gviana, Gaiti, Dominikana 
Respublikasi, Kanada, Kuba, Paragvay, Urugvay va Okeaniyaning Gavay orollari
YAngi Zelandiya va Avstraliyaning shimoliy qismlarida uchratish mumkin. Bu tur 
O’zbekistonda uchramaydi.
Bu 
kasallikni 
aktinomitsetlar 
(Actinomycetes) 
sinfi, 
pseudomonas 
(Pseudomonaceae) oilasiga kiruvchi Xanthomonas campestris pv. citri turi 
keltirib chiqaradi. 
Bakteriya harakatlanuvchi tayoqcha, bir qutbli xivchinli, yakka, juftli yoki 
zanjirsimon, o’lchami 0,5-0,75x1,5-2 mkm, aerob, grammanfiy, spora hosil 
qilmaydi. Rivojlanishi uchun qulay harorat 20-30
0
S, va 49-52
0
S da to’liq nobud 
bo’ladi. Sitrus ekinlari hosilga kirish davri muddatini, sifatini va miqdorini 
kamaytiradi.
Kasallanish ko’chatlarning shox, barg hamda mevalarida namoyon bo’ladi. 
Barg plastinkasining orqa tomonida tomchisimon namlanish yuz beradi, uning 
ranggi qora-zangori, asta-sekin hajmi kattalashib boradi. Bargda xlorofill 
donachalari parchalana boshlaydi, bargning ranggi sarg’ish yoki ko’kimtir-sarg’ish 
tusga aylanadi. Keyinchalik epidermisning markaziy qismida dog’ning o’rni 
teshiladi. 
Teshikchadan 
labchasimon 
to’qima ajralib qoladi, kasallik 
rivojlanishidan oqarib qoladi. YUzaga kelgan dog’larning ta’sirida epidermis 
yemiriladi, uning atrofi chuqurchalardan iborat bo’ladi 15-rasm.
Odatda shoxlar kamdan-kam hollarda kasallanadi. Barglardagi dog’lar 
rangsiz, hajmi ( diametri 3-4 mm) va ularning tashqi ko’rinishi navga qarab tashqi 
muhit ham ta’sir qiladi. Patogen o’simlikning jarohatlangan va og’izchalari orqali 


kasallikni amalga oshiradi. Kasallik inkubatsion davri tashqi muhitning ta’sirida 
navning chidamliligi bilan ikki kundan bir necha oygacha davom etadi. 
Bakteriyaning rivojlanishi 20-30

S gacha bo’lgan haroratda patogen kasallangan 
barg va kurtak hamda tuproqda saqlanib qoladi. Novda va mevalarda rak 
shishlarining kattaligi 15 sm gacha yetadi. 
Bu kasallik sitrusning boshqa kasalliklaridan uchta belgisi bilan ajralib turadi: 
1) barglardagi dog’lar va rak to’qimalari barg sathidan ko’tarilgan bo’ladi; 2) bu 
dog’lar va rak to’qimalari atrofida har doim sariq hoshiya mavjud bo’ladi;3) 
dog’larning markazida krater shaklli botiqlik mavjud bo’ladi; botiqlik yosh 
dog’larda har doim ko’rinmaydi, keyinroq, dog’ chetilari ko’tarilganida, yaxshi 
ko’rinadi.

Yüklə 357,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə