12- ma’ruza: Mevali daraxtlar va Sitrus ekinlarining karantin kasalliklari Reja: 1


Olxo’ri chechagi (sharka) kasalligi



Yüklə 357,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü357,7 Kb.
#151733
1   2   3   4   5
Olxo’ri chechagi (sharka) kasalligi 
( Prunus virus 7 = Plum pox virus (Smith) 
Bu kasallik dunyo bo’ylab ko’p mamlakatlarning danakli mevalar 
yetishtiriladigan bog’larida keng tarqalgan. Ayniqsa Polsha, SHvetsiya, Avstriya, 
Vengriya, Gollandiya, Serbiya, Ruminiya, Germaniya, Chexiya, Bolgariya
Angliya, Xorvatiya, Ukraina, Estoniya, SHveytsariya, Turkiya davlatlarida ko’p 
uchraydi. Kasallikning xarakterli tomoni Shundaki, havo harorati ko’tarilishi bilan 
o’simlikning barcha organlari – bargi, novdasi, guli va mevasi kasallana boshlaydi.
Bu kasallikni Moldovoda birinchi marta 1962 yilda T.D. Verdervskiy 
tomonidan aniqlangan. Keyinchalik Ukraina, Rossiya, Ukrainaning Lvov 
viloyatida birinchi marta 1967 yilda bu tur Z.A. SHestopal (1975) tomonidan 
topilgan va kasallik haqida to’liq ma’lumot berilgan.
Kasallikni qo’zg’atuvchi Plum pox ( Prunus virus 7 Smith) virusning shakli 
ipsimon, o’lchami 760-20 nm. Ayniqsa danakli mevali daraxtlarning gullash 
davrida o’simlik tanasini zararlaydi. Kasallanish natijasida o’simlik barglarida 
keng chiziqli halqa shaklini eslatuvchi dog’lar hosil bo’ladi, barglari esa rangsiz 
yashil yoki sarg’ish yashil bo’ladi. Kasallangan mevalarda och yashil yoki och 
sariq dumaloq dog’lar hosil bo’ladi. Kasallik tufayli chidamsiz daraxtlarning 25-50 
%, ba’zan 100 % hosili yo’qotiladi. Zararlangan daraxtlar mevasining ko’pchiligi 
to’kiladi, qolganlari mayda va ta’msiz bo’lib qoladi. 
Daraxtlar virus bilan zararlangandan so’ng 9-11 oy o’tgach namoyon bo’ladi. 
Bahorda olxo’ri va tog’olcha barglari hamda yosh novdalarida keng halqa, yoy, 
tasma va boshqa shakllardagi kengligi 2-3 mm dan 10-15 mm gacha keladigan 
och-yashil yoki och-sariq xlorotik dog’lar va tasmachalar paydo bo’ladi 21-rasm. 
Ularning soni va o’lchami o’simlik navining chidamliligi, zararlanish muddati va 
ob-havo sharoitlari bilan bog’liq holda o’zgaradi. Harorat 20-25 
0
S gacha isishi 
bilan bu belgilar ba’zi navlarda yo’qoladi, boshqalarida esa saqlanib qolishi 
mumkin.Olxo’rining Renklod tipli navlari chidamli. Ular mevalarining qobig’ida 
nekroz rivojlanmaydi, faqat alohida qizg’ish xalqa va yoy shaklli dog’lar bilan 


qoplanadi. Meva pishishigacha bu dog’lar yo’qoladi va kasallik hosilga, uning
ta’miga ta’sir qilmaydi.Tog’olcha va chidamli o’rik barglarida mozaik, sariq xalqa 
va tasma shaklli, har xil o’lchamli dog’lar hosil bo’ladi; nekroz bo’lmaydi, havo 
isishi bilan dog’lar ham yo’qolib ketadi. O’rikning chidamsiz navlari mevalarida 
ba’zan och tusli va atrofida och-yashil yoki yashil xalqali dog’lar paydo bo’ladi, 
meva pishish davrida ular noaniq sariq tusda ko’rinadi, danaklarida och tusli 
dog’lar shakllanadi.SHaftoli barglarida noaniq mozaika va tomirlari atrofida 
hoshiya hosil qiladi.
Mevalar xunuk shakl oladi, danaklarida to’q tusli dog’lar ko’rinadi.
Oq mevali navlarning mevasi ustida nimrang tusli halqalar, sariq rangli 
mevalarda alohida, noaniq dog’lar rivojlanadi.
Kasallik qo’zg’atuvchi patogen qalamchalar, ko’chatlar va ildizbachkilar 
vositasida 
tarqaladi. 
Buning 
natijasida 
o’simlik vegetatsiya davrining 
Markaziylariga 
borib 
sezilarli 
o’simliklarda kasallanish tufayli halok 
bo’ladi.Kasallikni aniqlash uchun payvand usuli qo’llaniladi. Indikator o’simliklar 
sifatida olxo’ri, shaftoli yoki o’rikning tanasi yog’ochlashmagan nihollari, 
o’tsimon o’simliklardan olabo’ta (
Chenopodium foetidum
), tamaki (
Nicotiana 
clevelandii
) va boshqalar ishlatiladi.
Virus nihollar bilan, payvand orqali, tabiatda shaftoli shirasi va boshqa 
shiralar vositasida tarqaladi.

Yüklə 357,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə