Mavzu: Go‘daklik davrining psixologik xususiyatlari reja. Go’daklik davrining psixologik xususiyatlari



Yüklə 66,35 Kb.
səhifə1/4
tarix03.07.2023
ölçüsü66,35 Kb.
#119117
  1   2   3   4
Go‘daklik davrining psixologik xususiyatlari


MAVZU: Go‘daklik davrining psixologik xususiyatlari
REJA.

  1. Go’daklik davrining psixologik xususiyatlari

  2. Ilk bolalik davri va uning psixodiagnostikasi

  3. Bolalarning psixik jihatdan o’sishi haqidagi ta’limotlar

  4. XULOSA



KIRISH
Sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish orzusi aynan mustaqillik bilan bog‘liq ezgu intilish bo‘lgani bois istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab imi amalga oshirish eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib kelmoqda. Ta’kidlash joizki, istiqlolning birinchi kunlaridan yurtimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyatning haqiqiy tayanchi va suyanchiga aylantirish masalasiga e’tibor kuchaytirilgan. Ammo shiddat bilan o‘zgarib borayotgan davrdat bu sohadagi ishlami yaxshilash yoshlaming manfaatlarini ta’minlashga va huquqlarini himoya qilishga qaratilgsn huquqiy bazani yanada takomillashtirish ortjali yoshlarimiz uchim ysmgi imkoniyatlami ochib berishni taqazo etmoqda.
Hozirgi davrda respublikamizda bosqichma-bosqich amalga oshirilib borilayotgan “ Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” talablaridan kelib chiqqan holda kasb-hunarga yo‘naltirish sohasida mavjud bo‘lgan ilmiy xulosalami ta'lim islohotlari bosh maqsadidan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqish zamriyati yuzaga kelmoqda.
Maktabgacha talim soglom va etixk, shu bilan birga maktabga tayorlangan holda shakllantirish maqsadini kozlaydi Maktabgacha talim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini tarbiyachilar tomonidan to’g’ri tashkil etilishi, ma’sul shaxslar tomonidan uni nazorat qilishning afzatligini ta'minlash, maktabgacha yoshdagi bolalar ota-onalarining oilada bola tarbiyasi bilan shug'ulLinishi uchun qulaylik yaratish maqsadida “Bolajon” tayanch dasturi “Ta’lim to’grisida” gi Qonun, Kadrlar tayorlash Milliy dasturi, Maktabgacha ta’lim lConsepsiyasi hamda maktabgacha yoshdagi bolalaming rivojlanishiga qo’yiadigan Davlat talablari asosida ishlab chiqildi1.
Ta'lim tizimining boshlang‘ich shakli boTgan maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari, metodistlari, mudiralari maktabgacha yoshdagi bolalaming psixologik xususiyatlarini va psixodiagnostikasini chuqur bilishlari lozim.
1. Go’daklik davrining psixologik xususiyatlari. Go’dak bolalar jismoniy jihatdan tez rivojlanishi bilan birga psixik jihatdan ham juda tez rivojlanadilar. Chaqaloq bolalar psi­xikasining rivojlanishi, birinchidan, analizatorlarning takomilla­shuvi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchidan, mustaqil harakatlarining o’sishi bilan bog’liqdir. Analizatorlarning tez takomillashuvi nati­jasida bola uch oylik bo’lgandan so’ng unda dastlabki shartli refleks­lar yuzaga kela boshlaydi. Demak, ana shu davrdan boshlab bola psixika­si tez rivojlanish yiliga kiradi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, u dastavval bolada harakat analizatorlari bilan bog’liq bo’lgan, undan so’ng eshitish va kurish analizatorlari bilan bog’liq bo’lgan shartli reflekslar yuzaga keladi. Ana shu tariqa barcha analizatorlarga nisba­tan xap xil murakkablikda shartli reflekslar tobora ko’plab yuzaga ke­la boradi. Shartli reflekslarning yuzaga kelishi bola psixikasining rivojlanishi uchun moddiy zamin bo’ladi. Кeyinchalik, ya’ni ikki-uch oylik bolalarda analizatorlar faoliyatining takomillashuvi natijasida ta’sir kilayotgan ko’zgatuvchilarni farqlash qobiliyati yuzaga kela boshlaydi. Dastavval turli ovozlarni so’ngra ayrim yorqin ranglarni ta’mlarni, farqlay boshlaydi. Nixoyat uch oylik bola atrofidagi juda ko’p narsalardan odamni farqlaydigan va odamga nisbatan qandaydir boshqacha reaktsiya qiladigan bo’ladi. Uch oylik bola oldiga kelgan odamga tiqilib, emotsional munosabatda bo’la boshlaydi. U odamga uzoq, vaqt tiqilib qaraydi. Lablarini harakatlantirib, tilini aylantirib go’yo odamning nutqiga taqlid qilmokchi bo’ladi. Ana shu davrdan boshlab bolalar bilan imkoni bori­cha mehribonlik oxangida gaplashib turish kerak. Ana shunday munosa­batlar natijasida bolada qandaydir faollik, kattalarga talpinish reaktsiyasi yuzaga keladi. Psixologlar bolalarda kattalar bilan bo’lgan munosabatdan yuzaga keladigan emotsional reaktsiyalarni jonlanish komnleksi deb ataganlar. Bu kompleksda bola uning bilan munosabatda bo’layotgan odamga muloyim tiqilib, jilmayadi, qo’l va oyoklari bilan talpinib, qandaydir ovoz chiqaradi. Bolada qandaydir kuchli mamnun­lik hissi yuzaga keladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, agar bolalar bilan keragidan ortiq darajada munosabatda bo’lib, ularda jonlanish kompleksini yuzaga keltira berilsa, ular kattalarga urganib qoladilar va o’yinchoqlarga qaramay quyadilar.
Go’dak bola yoshiga to’lguncha juda ko’p harakatlarni o’zlashtirib ola­di. Bolaning qiladigan turli-tuman harakatlari orasida qo’l harakatlari psixik taraqiyoti uchun muhim bo’lgan harakatlardir. To’rt oylik bola narsalarga qo’l cho’zadigan bo’ladi, ammo u hali o’zining qul harakatlarini idora qila olmaydi. Bola besh oylik bo’lgach, narsalarni ushlab, uni paypaslab, timirskilab ko’radigan bo’ladi. Bolaning qo’l harakatlari atrofidagi narsalarni bilish quroliga aylanadi, chunki u narsalarni paypaslab, timirskilab ko’rish orqali ularning ayrim xu­susiyatlarini bilib oladi. Bolaning psixik taraqqiyotida murakkab harakatlarni egallab bo­rish juda katta rol o’ynaydi. Bola olti oylik bulgach, mustaqil o’tira oladigan bo’ladi. Bola o’tira boshlagandan so’ng uning nazar doirasi kengayib, unda yangidan-yangi taassurotlar paydo bo’ladi. Bola ko’z o’ngida yangi taassurotlarning paydo bo’lishi idrok, diqqat, xotira kabi psixik jarayonlarning rivojlalishiga katta yordam beradi. Bola sakkiz oylik bulgach yana bir murakkab harakatni, ya’ni emaklashni bosh­laydi. Bola psixikasinilg rivojlanishida bu yangi harakatning ahamiyati juda kattadir. Эmaklay boshlagach, bolaning atrofdagi narsa­lar bilan munosabatda bo’lish imkoniyati kelgayadi. Natijada mustaqil harakat qilib, yangidan-yangi narsalarni taniy boshlaydi. Bolani hamma narsa qiziqtiradi. U bir narsani olib ikkinchi narsaga urib taqillatadi va chiqayotgan ovozga quloq soladi. Odatda bu yoshdagi bola­lar biron narsaning qopqog’ini ochib yopishni yoqtiradilar. Bunday harakatlar bolaning qo’l muskullarini mustahkamlaydi va narsalar­ning turli xossalarini bilib olishlariga yordam beradi.
Og’ir kasallikka uchramay, jismoniy jihatdan sog’lom o’sgan bola 9- 10 oylik bo’lganida yura boshlaydi. Bolaning mustaqil tarzda yura boshlashi, uning hayotida nixoyat katta hodisadir. Bola yura boshlagan­dan so’ng uning psixik taraqqiyoti uchun juda katta imkoniyatlar yuzaga keladi. Yura boshlagan bolaning faolligi kun sayin ortib, erkin harakat qilish doirasi kengayadi. Bemalol yura oladigan bola tor uy doirasidan tashqariga chikish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu esa idrok doirasini kengaytirib, mazmundor bo’lishiga yordam beradi.

Yüklə 66,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə