Mavzu: Go‘daklik davrining psixologik xususiyatlari reja. Go’daklik davrining psixologik xususiyatlari


Bola nutqi shakllanishining tayyorgarlik davri



Yüklə 66,35 Kb.
səhifə2/4
tarix03.07.2023
ölçüsü66,35 Kb.
#119117
1   2   3   4
Go‘daklik davrining psixologik xususiyatlari

Bola nutqi shakllanishining tayyorgarlik davri. Olti-etti oylik bolalarda taqlid qilish harakatlari paydo bo’la boshlaydi. Bola psixikasining taraqqiyotida taqlidning roli juda kattadir. Bola juda ko’p harakatlarni va nutqni asosan taqlid qilish orqali egallaydi. Bolani besh-olti oylikdan boshlab nutqni tushinish­ga o’rgata boshlash lozim. Buning uchun bolaga o’yinchoq yoki biron narsa­ni bir necha marta nomini aytib ko’rsatish kerak. Кeyinchalik bolada ba’zi narsalarning nomi aytilganda, u ko’zlari bilan shu narsani qidirib topadigan bo’ladi. Bu narsa bolaning kattalar nutqiga tushuna boshlaganidan darak beradi. Bola nutqini ozmi-ko’pmi tushuna boshla­gandan co’ng unga faqat narsalarning nomini emas, balki ayrim soda harakatlarning ham nomlarini o’rgata boshlash lozim. Harakatning no­mini og’zaki takrorlab, ayni vaqtda shu harakatning bajarilishi ham bir necha marta ko’rsatilsa, bola harakatning nomini eshitish bilan uni bajarishga urganadi. Masalan, chapak-chapak, deb takrorlab turib chapak chalinsa, bola shu so’z aytilishi bilan chapak chaladigan, yosh bolaga «Assalom alaykum», deb ta’zim qilib ko’rsatilsa, bola shu so’zni eshi­tishi bilan ta’zim qiladigan bo’ladi. Bola ayrim so’zlarga tushuna boshlagach, kattalar bilan ko’prok aloqada bo’lishni xoxlaydi. Ana shundan foydalanib, bola bilan imko­ni boricha ko’prok munosabatda bo’lishga, uning nutqini o’stirishga harakat qilish lozim. Buning eng oson yo’li bola bilan mashg’ul bo’lgan paytda unga eng sodda so’z elementlarini turri ayta bilishni o’rgatishdir. Chunonchi, kuchukning rasmini ko’rsatib, «Mana, vov-vov», mushukning rasmini ko’rsatib, «mana, miyov-miyov», xo’roz yoki tovuqning rasmini ko’rsatib, «mana ku-ku» deyish kerak. Bunda bolalar «vov-vov», «miyov-miyov», «kuk-ku» kabi so’z elementlarini ravan talaffuz qilishga urganadilar. Bundan tashqari 9-10 oylik bolalarga so’z tana a’zolarining nomlarini ham o’rgata boshlash kerak. Bolaga - «mana burning , «mana og’zing, «mana ko’zi», «mana qoshi», «mana qo’li» deb bir necha marta takrorlab ko’rsatilgandan keyin, bola o’z a’zolarining no­mini aytish bilan ularni birin-ketin ko’rsatadigan bo’ladi. Кeyincha­lik bolalarda ana shunday sodda so’zlarni umumlashtirish qobiliyatini ham o’stirish kerak. Bolaga «oyingning ko’zi qani?», «qo’g’irchoqning burni qani?», «akangning qo’li kani?» kabi savollar berilsa, bola bu a’zolarni to’g’ri ko’rsatishga o’rganadi.
Bola dastlabki paytlarda tilga tushuna boshlashi katta odamlar­ning talaffuz intonatsiyalari va bolaga ko’rsatib qiladigan ishora harakatlari bilan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun hali yoshiga to’lmagan bolalar har bir so’zni shu so’z orqali ifodalangan konkret narsalar bilan bog’lay olmaydilar. Boshqacha qilib aytganda, yoshiga etmagan bo­lalarda ayrim so’zlarni tushunish hali ikkinchi signal darajasiga (ya’ni signalning signali darajasiga) ko’tarilgan emas. Bu degan so’z shuki, hali yoshiga etmagan bolalar so’zlarni shu so’zlar orqali ifoda­langan narsalar bilan assotsiativ tarzda bog’lash orqali emas, balki intonatsiya va imo-ishora harakatlar orqali tushunadilar. Bolalar nutqining o’sishi ular idroki, xotirasi, tafakkuri, xayoli va irodasi kabi yuksak psixik jarayonlarining rivojlalishiga yordam beradi.
Shunday qilib, ilk yoshdagi bolaning psixikasi uning faol fao­liyati, turli-tuman harakatlari, o’z atrofidagi narsalarni ko’prog bi­lib olishi jarayonida rivojlanar ekan, uning erkin harakatlari uchun qo’lay sharoit yaratish zarur. Bola harakatlarini cheklash esa psixika­sining normal rivojlanishiga ma’lum darajada zarar etkazadi. Shu sababli bolali harakat qilishga imkon bermaydigan holatga solib qo’yish xaddan tashkari qattiq sikib yo’rgaklamaslik, uzoq vaqt yo’rgaklangan holatda qolib ketmasligi kerak.
Bir yoshga to’lgan davrdan boshlab bolalarga ayrim gigienik odat­larni singdirib borish kerak. Odat qanchalik yoshlikdan boshlab sin­gdirilsa, u shunchalik mustaxkam, ya’ni odamning qalbiga shunchalik chuqur joylashadi. Bolalarga dastavval ozodalik odatlarini singdirib borish kerak. Buning uchun ovqatlantirishdan oldin, bolaning oldiga fartukcha yoki sochiqcha tutib qo’yish va ovqatni qoshikda oz-ozdan olish kerak. Agar ovqat bolaning og’iz atroflariga surkalib tegib ketsa, shu zaxotiyoq artib turish kerak. Ana shularning hammasi so’z bilan ifoda­lab bajarilsa, bola zehn solib turadi va tez orada shunga odatlanib qoladi. Кeyinchalik ovqatlanish oldidan fartukcha yo sochiq tutmasangiz, bolaning o’zi talab qiladigan bo’ladi.
2. Bolalar idrokining takomillashuvida so’z katta ahamiyatga ega. So’z mohiyati jihatidan umumlashgan xarakterga ega bo’lib, u narsalarni umumlashtirish imkonini beradi. Bola so’z yordamida uxshash narsalarni oddiygina guruhlarga ajrata boshlaydi.
Ilk bolalik davridagi bolalarning analizatorlari yaxshi takomil­lashgani va ular erkin harakat qila olish imkoniyatiga ega bo’lganliklari tufayli bu davrda psixik jihatdan tez rivojlanadi­lar. Ma’lumki, ilk bolalik davridagi bolalar faqat yurib va emaklab­gina qolmay, yugurish, sakrash hamda baland va past tusiqlardan oshib imkoniyatiga ham eta bo’ladilar. Bog’chagacha tarbiya yoshidagi bola­larning ertadan kechgacha turli harakatlar qila olish imkoniyatlari tevarak-atrofdagi muhitni bilish ehtiyojini qondirishda juda katta sharoit yaratib beradi.
Ilk bolalik davridagi bolaning turmush tajribasi deyarli yo’q bo’lgani uchun hamma narsa qiziktiradi. U o’zining kundalik tinimsiz harakatlari davomida kattalarga taqlid qilib, mustaqil ravishda kiy­inish, ovqat eyish, yuvinish kabi harakatlarni o’zlashtira boshlaydi. Bog’chagacha tarbiya yoshidagi bola o’zining kundalik harakatlari davomida xech bir erinmay, ko’z o’ngidagi hamma narsalarni tekshirib ko’radi. Na­tijada juda ko’p yangiliklarni bilib oladi, o’zining sezgi va idroki­ni, tasavvur va xotirasini, tafakkur va nutqini hissiyot va xayolini- umuman hamma psixik jarayonlarini rivojlantiradi.
Bu yoshdagi davrda sezgilarning rivojlanishi analizatorlarning tobora takomillashuvi bilan bog’liqdir. Ikki yoshdan oshgan bolaning sezgilari (kurish, eshitish, xid va ta’m bilish, teri va harapakat kabi uning hap kungi xilma-xil harakatlari davomida turli narsalarga be­vosita to’qnash kelishi natijasida rivojlanadi. Sezgilarning normal rivojlanishi bola idroki o’sishi uchun zamin yaratadi.
Ilk bolalik davridagi bolaning idroki ancha rivojlangan bo’lsa xam hali katta odamlar idrokidan keskin farq qiladi. Birinchidan, bolalarda turmush tajribasi yo’qligi tufayli ularning idroklari ham anglashilmagan xarakterga ega bo’ladi. Ular ko’p narsalarga birinchi marta duch keladilar. Shuning uchun bolalar idrok qiladigan ko’p narsa­lar ularga yangilik, ya’ni dastlabki taassurot kuchiga eta bo’ladi. Ik­kinchidan esa, bolalarning idroki ko’pincha ixtiyorsiz xarakterga ega bo’ladi, ya’ni ularning idrokida muayyan bir maqsadni ko’zlash hali se­zilmaydi. Shuning uchun ularning idroki bir narsadan boshqa bir nar­saga beixtiyor kechib keta beradi. Lekin bu yoshdagi bolalarda hissiyot kuchli bo’lgani uchun ular o’zlarini qiziqtiradigan hayron qoldiradigan, hissiy kechinmalar uyg’otadigan narsalarni idrok qiladilar.
Bu yoshdagi bolalar idrokining yana farqlanadigan tomoni shundaki, ular idrok qilayotgan narsalarni umumlashtira olmaydilar. Atrof ­muhitdagi narsalarni qanday bo’lsa shundayligicha idrok qiladilar. Bu xususiyat ularning rasmlarni idrok qilishlarida yaqqol ko’rinadi. Ma­salan, ikki yarim yashar bolaga otning kallasi solingan surat ko’rsatilsa, xayron bo’lib, otning o’zi qani, deb suraydi.

Yüklə 66,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə