12- ma’ruza: Mevali daraxtlar va Sitrus ekinlarining karantin kasalliklari Reja: 1


Karantin tadbirlari va kurash choralari



Yüklə 357,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix19.12.2023
ölçüsü357,7 Kb.
#151733
1   2   3   4   5
Karantin tadbirlari va kurash choralari:
Sitrus treztazasi tarqalgan 
mamlakatlardan ekishga va payvand qilishga mo’ljallangan sitrus materiallari 
hamda urug’ olish uchun mevalarini olib kelish ta’qiqlanadi. Selektsiya va ilmiy-
tadqiqot maqsadida olib kelingan urug’ va ekish uchun mo’ljallangan boshqa 
materiallar zararlanganligini aniqlash maqsadida laboratoriyada ekspertiza qilish 
va 3 yil davomida introduktsion-karantin dalasida ekib tekshirish va 
aniqlangandan so’ng ularni yo’qotish. 
 
Sitrus ekinlarining uchining sarg’ayishi 
(Sariq ajdarho) kasalligi
Geografik tarqalishi – Xitoy

Kasallikni nom berilmagan virus qo’zg’atadi. 
Kasallik bilan barcha sitrus ekinlari zararlanadi. Zararlangan daraxtlar o’sishdan 
orqada qoladi va nobud bo’ladi.Har xil sitrus ekinlarida kasallikning belgilari har 
xil va ular tristezaniqiga ancha o’xshaydi.
Zararlangan daraxtlarning barglari uzun, tor va noto’g’ri shaklli bo’lib qoladi, 
sarg’ayadi, tomirlarining oralari och tus oladi, keyinroq tomirlari nobud bo’ladi. 
Ba’zan barglarda xloroz kuzatiladi va ular to’kiladi. Gullar kichik, noto’g’ri 


shaklli, gulbarglar kalta va qalinlashgan bo’lib, to’kilib ketadi. Meva tugunchalari 
ham to’kiladi. Mevalar mayda va silliq bo’lib qoladi.
Kasallik rivojlanishining so’nggi bosqichlarida daraxtlarning ildizlari 
chiriydi. Kasallik zararlangan o’simliklardan sog’lomlariga payvand bilan o’tishi 
isbotlangan. Virus urug’ orqali o’tmaydi. 5-6 yillik daraxtlarga ko’ra kattaroq 
daraxtlar ko’proq zararlanadi.
Bog’da bitta-ikkita kasallangan daraxt bo’lsa, kasallik tezda deyarli barcha 
daraxtlarga o’tadi. Shu sababdan, virus hasharotlar bilan ham tarqalishi mumkinligi 
gumon qilinadi.
Karantin tadbirlari va kurash choralari
: O’zbekistonga sitrus daraxtlarining 
uchi sarg’ayishi kasalligi tarqalgan mamlakatlardan ekishga va payvand qilishga 
mo’ljallangan sitrus materiallari hamda urug’ olish uchun mevalarini olib kelish 
man etiladi;O’zbekistonga selektsiya va ilmiy-tadqiqot maqsadida olib kelingan 
urug’ va boshqa ekish uchun mo’ljallangan material zararlanganligini aniqlash 
maqsadida laboratoriyada ekspertiza qilish va 3 yil davomida introduktsion-
karantin dalasida ekib tekshirish; aniqlangan taqdirda, ularni yoqib yuborish
daraxtlarni o’z vaqtida sug’orish, o’g’itlash va yuqori agrotexnika qoidalariga 
rioya qilish daraxtlarning virus kasalliklariga chidamliligini oshiradi.
Nazorat savollari 
 
1.O’simlik qaysi organlari kuydirgi bilan kasallanadi va
kasallik belgilarini ayting. 
2.Olxo’rining chechak kasalligi o’simlikning qaysi qismlarini
zararlaydi? 
1.
Sitrus ekinlarning tristeza (tez nobud bo’lishi)kasalligi 
2.
Sariq ajdarxo kasalligi qanday kasallik. 

Yüklə 357,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə