Yaponiya va xitoyning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) ■



Yüklə 366,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix16.02.2023
ölçüsü366,83 Kb.
#100940
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
15-MAVZU. YAPONIYA VA XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR)



17-MAVZU. XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XXASR)
1
15-MAVZU. YAPONIYA VA XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX 
ASR)
 

 
Reja:
15.1.
 
Yaponiyada harbiy sohaning rivoji va urushdan keyingi qiyinchiliklar 
15.2.
 
Ikkinchi jahon urushidan oldin va urush davrida iqtisodiyotning harbiylashtirilishi 
15.3.
 
Urushdan keyingi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar. Dzaybaysu
1
larni qayta tashkil etish. 
15.4.
 
Yapon "iqtisodiy mo"jiza"si va uning sabablari 
15.5.
 
Tashqi iqtisodiy aloqalar 
15.6.
 
Osiyocha ishlab chiqarish usullari va ularning parchalanishi 
15.7.
 
Xitoyda revolyutsion o'zgarishlar va "katta sakrash" 
15.8
 
. Iqtisodiy islohotlar 
 
15.1
 
Yaponiyada harbiy sohaning rivoji va urushdan keyingi qiyinchiliklar
 
Birinchi jahon urushida Yaponiya Antanta tarkibida urush olib bordi. Uning Germaniya 
bilan kelishmovchiligi yo'q edi, lekin Antanta tomonida urushish afzalroq edi: Germaniyaning 
Uzoq Shar- qda harbiy qo'shinlari yo'q edi, lekin tortib olish mumkin bo'lgan mustamlakalari bor 
edi. Agar Yaponiya Antantaga qarshi urush- ganda u Rossiyaga qarshi urushishi kerak edi. 
Yaponiya Angliya oldidagi ittifoqdoshlik majburiyatiga rioya qilib urushga kirishdi. 
Angliya shartnoma haqiqatda ham bor edi, lekin u Yaponiyani Angliya tarafida urushishga 
majburlamas edi. Angliya hukumati Yaponiyani urushda qatnashishi nemis mus- tamlakalarini 
bosib olinishga olib kelishini tushungandan so'ng Yaponiyani urushda qatnashishdan voz 
kechishini talab qilgan, lekin natija bo'lmagan. 
Yaponiya urushda nominal ravishda qatnashgan bo'lsa ham o'ziga yaqin bo'lgan Germaniya 
mustamlakalarini (Shandundagi konsessiya, Tinch okeanidagi Mariana, Karolina va Marshall 
orol- lari) muvaffaqiyatli bosib oldi. 
Shu bilan urushdan olingan foydalar cheklanmagan. Urush davrida Yevropa mamlakatlari 
o'z tovarlarini osiyo bozorlariga olib kelishni to'xtatishdi va Yaponiya shoshilinch ravishda ushbu 
bo- zorlarni o'zlashtirishni boshladi. Yaponiyada eksport 3 marotaba o'sdi, sanoat ishlab chiqarishi 
esa 5 marotaba. Eksport kambag'al Yaponiyaga oltin oqib kelishini ta'minladi, urush davrida 
Yaponiya oltin zaxirasi deyarli 7 marotaba o'sdi. 
Lekin hammasi harbiy kon'yunktura tugashi bilan yakunlandi. Yevropa tovarlari osiyo 
bozorlariga qaytib keldi va Yaponiya ek- sporti 40%ga qisqardi, buning natijasida sanoat ishlab 
chiqarishi 20%ga pasaydi. 1920-1921 yy.dagi inqirozdan Yaponiya ancha vaqtgacha o'ziga kela 
olmadi. Faqatgina 1925 yilga kelib ishlab chiqarish inqirozdan oldingi davr (1919 yil) darajasiga 
tenglashdi, lekin 1926-1927 yy.da Yaponiyani "oraliq" inqiroz qamrab oldi. Ishlab chiqarish 
kuchlarining chorak qismi bekor qoldi, bir qator banklar va savdo uylari bankrotga uchradi. Ushbu 
inqirozning o'zi iqtisodiyotni militarizatsiyalashga birinchi turtki bo'ldi. U hukumat tepasiga 
reaksion general Tanakani olib keldi va 1927 yilda "Tanaka memorandumi" paydo bo'lib, u o'zida 
butun dunyoga hukmron bo'lishni strategik rejasini mujassamlashtirgan edi. 
Ushbu reja asosida avval Xitoy va sovet Uzoq Sharqini, keyinchalik butun Osiyo, 
Yevropani bosib olish va AQShni tor-mor qilish bilan yakunlash nazarda tutilgan edi. 
"Oraliq" inqirozdan bir yil o'tib (1929 yilda) yangi jahon inq- irozi boshlandi. Ishlab 
chiqarish yana 40%ga pasaydi, banklar va sanoat kompaniyalari yopila boshladi. 
Shunday qilib, birinchi jahon urushi oxiridan 30-yy.ga qadar Yaponiya muntazam ravishda 
inqirozlar va depressiyalarni bosh- dan kechirdi. Uning iqtisodiyoti tinchlik sharoitida normal 
rivojlanishi uchun o'ta zaif edi. O'ta past darajadagi ish haqi va mayda dehqon xo'jaliklari sababli 
ichki bozor juda tor edi, tashqi bozorda esa yapon tovarlari ishlab chiqarish kuchlarining darajasi 
pastligi sababli raqobatbardosh emas edi. Ular "arzon, lekin sifatsiz" tovarlar hisoblanardi. 
Qishloq xo'jaligida birinchi jahon urushigacha bo'lgan munosa- batlar saqlanib qolgandi. 
Yerning yarmidan ortig'i pomeshiklarn- ing mulki hisoblanardi, ular o'zlari mehnat qilmasdan 
1
Dzaybaysu - (yap.MH, mulk) - "pullik klan" yoki konglomerat i anglatuvchi yaponcha termin. 


17-MAVZU. XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XXASR)
2
yerlarni ijaraga berishardi. Ko'pchilik holatlarda bu "mavjud bo'lmagan po- meshiklar" edi, ular 
qishloqlarda emas shaharlarda yashashardi, ular faqatgina ijara haqi olish orqali yer bilan aloqasini 
ko'rsatardi. Ijara haqi hosilning 50-60%ni tashkil etardi. Dehqon xo'jaliklariga tegishli yerlarning 
o'rtacha hajmi 1 gektardan kam edi. Qishloq xo'jaligida, avvalgidek, omoch keng ishlatilardi; 
dehqonlarning 80% ish hayvonlariga ega emasdilar. 

Yüklə 366,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə