Yaponiya va xitoyning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) ■



Yüklə 366,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix16.02.2023
ölçüsü366,83 Kb.
#100940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
15-MAVZU. YAPONIYA VA XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR)

17.2.
 
Revolyutsion o'zgarishlar va "katta sakrash"
 
Xorijiy va byurokratik kapitalga qarshi xitoy inqilobi 25 yil (1924 yilda 1949 yilgacha) 
davom etdi va uchta fuqarolik urushlari va Yaponiyaga qarshi milliy-ozodlik urushidan iborat edi. 
U 1949 yilda Xitoy Xalq Respublikasini e'lon qilinishi bilan yakunlandi. 
Xitoyda 25 yil davomida harbiy harakatlar bo'lganligi sababli ma'lum bir 
vayronagarchiliklarga olib keldi. 1949 yilga kelib sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi davrga 
nisbatan ikki barobar, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi 30-40%ga qisqardi. Inflyasiya yuqori 
cho'qqisiga chiqdi. 1937 yilda 100 yuanga ikkita sigir sotib olsa bo'lardi, 1943 yilda - tovuq, 1946 
yilda - 1 ta tuxum, 1948 yilda hech narsa sotib olib bo'lmasdi. 
Mamlakat iqtisodiyotiga etkazilgan zarar urushni 25 yil davom etganligini hisobga olganda 
unchalik katta emas edi. Urushdan yirik korxonalar ko'proq jabr ko'rardi, Xitoyda esa mayda 
hunar- mandchilik ishlab chiqarishi keng tarqalgan edi. Undan tashqari ushbu urush o'rta asr 
xarakteriga ega edi: u alohida janglar va yurishlardan iborat bo'lib, yagona front yo'q edi. 
Shu sababdan iqtisodiyotni tiklanishi ham qisqa muddatda (1949-1952 yy.) amalga 
oshirildi. 
Islohotlarning boshlanishida avvalgi tartibni bekor qilib sot- sializm qurilishini ta'minlash 
qat'iy amalga oshirilmagan edi. 
6
Komprador - (port. "comprador” — xaridor, lotincha "comparare” - xarid qilish, sotib olish) - xorijiy capital va mahalliy bozor o'rtasida vositachilik 
qiluvchi mahalliy tadbirkor, savdogar. 


17-MAVZU. XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XXASR)
10
Agrar islohotlar to'g'risidagi qonunga binoan 1950-1952 yy.da amalga oshirilgan 
harakatlarda pomeshiklardan (daromadining asosiy qismi ijara haqi hisoblangan yirik yer egalari) 
me'yordan ortiq yer, mol va inventarlar tortib olindi, ularga dehqonlarga beriladigan hajmda yer 
uchastkalari qoldirildi. Musodara qilingan yerlar dehqonlar o'rtasida mulk qilib bo'lib berildi. 
Islohotlar natijasida har bir dehqon 1-3 mu (1 mu = 1/16ga) hajmda yerga egalik qildi. 
Bunday hajmdagi yer dehqon oilasini yashash minimumini ta'minlaydi deb hisoblanardi. 
Sanoatni davlat mulkiga o'tkazish to'liq amalga oshirilmagan edi. Faqatgina chet elliklar 
va byurokratik kapitalning korxonalari davlat mulkiga o'tkazildi. Milliy burjuaziyada korxonalar 
o'zlarida qolgan edi. Ularni davlat kapitalizmi bosqichi yordamida sotsialis- tik korxonalarga 
aylantirish rejasi ishlab chiqilgan edi. 
1955 yilda kapitalistik korxonalarni aralash davlat-kapitalistik korxonalariga aylantirish 
jarayoni boshlandi. Kapitalistlar foydan- ing 25%ni olishar edi. Foydaning qolgan qismi 25%dan 
uchga bo'linib - davlatga, ishlab chiqarishni rivojlantirishga va ishchi- larni ahvolini yaxshilashga 
yo'naltirilar edi. 
Keyinchalik bu tartib o'zgartirildi: kapitalistlar qo'yilgan kapi- taldan 5-7% olishardi va shu 
vaqtning o'zida maosh oladigan davlat xizmatchilariga aylanardilar. Ma'lum bir vaqtdan so'ng 
kapital evaziga foiz to'lash to'xtatilishi kerak edi. 
Keyingi islohotlarda osiyocha ishlab chiqarishdan tashqari um- umiy iqtisodiy qoloqlik 
ham o'z aksini topdi. Hatto 60-yy.da ham hunarmandlar sanoat ishlab chiqarishida yetakchilik 
qilardilar, aholining bor yo'g'i 14% shaharlarda istiqomat qilardilar, ishchi va xizmatchilar aholini 
7%ni tashkil etardi. 
Dehqonchilikni kooperatsiyalashtirish Sharqiy Yevropa mamlakatlarida amalga oshirilgan 
usul bilan amalga oshirilar edi. Ko- operativlarning uch bosqichi tashkil etildi. Birlamchi 
dehqonlar o'zaro "mehnat yordami" guruhlariga birlashishdi, unda yerga va inventarga xususiy 
mulk saqlanib qolgan edi, faqat mehnat jamlanardi. Keyinchalik ular yarimsotsialistik tipidagi 
kooperativ- larga o'tishdi, unda ishlab chiqarish vositalari birlashtirilardi va faqatgina 
daromadning bir qismi mehnatga qarab taqsimlanardi. Va nihoyat, sotsialistik tipdagi 
kooperativlarda barcha daromad mehnatga qarab taqsimlanar edi. Ushbu shakllarda kooperativ- 
lashtirish 1957 yilga kelib yakunlandi. 
Industirlashtirish birinchi besh yillikda (1953-1957 yy.) amalga oshirildi. Besh yillik 
davrda sanoat ishlab chiqarishi 2,4 marotaba o'sdi. Anshan metallurgiya kombinati, og'ir 
mashinasozlik, avtomobil, traktor zavodlari qurildi
7
. Faqatgina Sovet ittifoqining yor- damidagina 
170 ta korxona qurilgan edi. 
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi esa bor yo'g'i 25%ga o'sdi. yengil sanoat ham sekin 
rivojlangan edi. Masalan, 1957 yilda teri- dan bor yo'g'i 26 ta poyabzal ishlab chiqarilgan edi. 
1958 yilda mo''tadil iqtisodiy rivojlanish kursi boshqa kurs bilan almashtirildi, ushbu 
kursning nomi - "uch qizil bayroq - bosh yo'l, katta sakrash va xalq kommunalari". Avvaliga uch 
beshyil- likda bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar bir necha yilda bajaril- ishga qaror qilindi. 
Ikkinchi besh yillikda (1958-1962 yy) sanoat ishlab chiqarishini 6,5 marotaba, qishloq xo'jaligini 
- 2,5 marotaba o'stirish rejalashtirilgan edi. 
Xitoy rahbariyati "iqtisodiyotni rivojlantirishda hal qiluvchi omil moddiy vositalar emas, 
balki inson" ekanligi to'g'risida bayonot berishdi: iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlarini hisobga 
olmasdan ko'pmillionli xitoy xalqi inson salohiyatidan foydalanishi mumkin edi. 
Xitoyda osiyocha ishlab chiqarish usulining xususiyatlaridan biri dehqon bir vaqtning 
o'zida hunarmand ham ekanligidir. Agar daladagi mavsumiy ishlar orasida dehqonlarni sanoat 
mahsulotlari ishlab chiqarishga majburlansa sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni to'lqinsimon 
o'sib borishi kuzatiladi. 
Lekin buning uchun dehqonlarni qat'iy intizomga va davlat reglamentiga bo'ysundirish 
kerak edi. Shu sababdan "xalq kommunalari"ni tashkil etish boshlandi. 
7
Конотопов М. В., Сметанин С. И. Экономическая история: Учебник. - 9-е изд., доп. и перераб. - М.: Издательско-торговая корпорация 
«Дашков и К°», 2007. - С.303. 



Yüklə 366,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə