Yaponiya va xitoyning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) ■



Yüklə 366,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix16.02.2023
ölçüsü366,83 Kb.
#100940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
15-MAVZU. YAPONIYA VA XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR)

16.3.
 
Yapon "iqtisodiy mo''jiza"si va uning sabablari
 
Ikkinchi jahon urushi oxiriga kelib sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi davrga 
nisbatan 10 barobar qisqargan edi. Shu sababdan, bu yerda tiklanish jarayoni boshqa 
mamlakatlarga nisbatan uzoqroq davom etdi: urushdan oldingi darajaga 1952 yilda erishildi. Lekin 
bu yerda boshqa narsa muhim edi: tiklanish eski texnik asosda amalga oshirildi, ya'ni boshqa 
mamlakatlardagi kabi texnik yangilanish bu yerda amalga oshirilmagan edi. Yapon sanoatchilari, 
huddi avvalgidek, arzon ish kuchi bilan yutib chiqish niyatida edi va katta kapital va yuqori texnika 
talab etmasdan ko'p jonli mehnat talab qiladigan tarmoqlarni tiklashar edi. 
Lekin tiklanish davrining oxiriga kelib yangicha sharoitlarda ijtimoiy dempingning eskicha 
uslublari samarasizligi aniqlan- di. Yaponiya borgan sari jahon iqtisodiyotida o'z pozitsiyasini 
yo'qotib borar edi. Bunda Yaponiya iqtisodiyoti rahbarlari us- tuvorliklarni o'zgartirishdi va yapon 
"iqtisodiy mo''jiza"si boshlandi: asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlarning o'sish sur'atlari bo'yicha 
Yaponiya barcha mamlakatlardan o'zib ketdi. 
1950
yildan 1970 yilgacha sanoat ishlab chiqarishining o'rtacha yillik o'sish sur'atlari 
15%ni tashkil etdi. 1990 yilga kelib Yaponiya sanoat ishlab chiqarishi 1938 yil darajasiga nisbatan 
21,1 marotaba o'sdi. 1970-1990 yy.da Yaponiya sanoat ishlab chiqarishi 2,2 marotaba o'sdi. 
Yalpi milliy mahsulot va sanoat ishlab chiqarishi ko'rsatkichlari bo'yicha Yaponiya 
kapitalistik dunyoda 2-o'ringa chiqdi. Yaponiya kemasozlik, po'lat ishlab chiqarish, avtomobil, bir 
qator elektro va radiotovarlar ishlab chiqarish bo'yicha 1 -o'rinni egalladi. Yaponiya iqtisodiyoti 
yutuqlarining sabablari: 
1.
Asosiy kapitalni yangilashni maxsus xarakteri va maxsus shartlari. Yaponiyada 
urushdan keyingi vayronagarchiliklar asosiy kapitalni to'liq yangilanishini taqazo qildi. Undan 
tashqari, ushbu yangilanish, sanoatni texnik qayta jihozlanishi tiklanish davrida emas, balki 
keyinroq, texnik jihatdan yuqoriroq darajada amalga oshirildi. 
Yapon sanoatini texnik qayta qurollantirish va u bilan bog'liq tarkibiy o'zgarishlarni 2 
bosqichga bo'lish mumkin. XX asr 50-yy. ning ikkinchi yarmidan boshlab yangi texnologik 
jarayonlar va ishlab chiqarishning yangi tarmoqlarini o'zlashtirish boshlandi. Bu davrda Yaponiya 
sanoati ishlab chiqarishning mehnat sig'imi yuqori tarmoqlaridan kapital sig'imi yuqori (jonli 
mehnatni kam talab etadigan, lekin katta hajmda kapital qo'yilmalar, ishchilarning yuqori 
malakasini talab etadigan) tarmoqlariga o'tdi. Bu yengil sanoat (ayniqsa, tekstil sanoatini) ulushini 
qisqarishini va yangi tarmoqlarni (avtomobil, elektrotexnika sanoati, sintetik materiallar ishlab 
chiqarish) jadal rivojlanishini anglatardi. 60-yy. o'rtalaridan boshlab qayta qurishning ikkinchi 
bosqichi boshlandi. Bunda ishlab chiqarishni kibernitizatsiyalashga, fan sig'imi katta tarmoqlarni 
rivojlantirishga o'tildi. 
Yaponiyaning mustaqil ilmiy-texnik ishlanmalarini olib borish o'rniga boshqa 
mamlakatlardan ilmiy-texnik tajribasini, patent- lar va litsenziyalarni sotib olish tajribasi ham 
texnik qayta qurish tezligini oshirdi. Bu arzonroq va tezroq amalga oshdi. Masalan, Dyuponlar 


17-MAVZU. XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XXASR)
5
konserni neylon ishlab chiqarish jarayonini 11 yil davo- mida, 25 mln.doll.sarflab ishlab chiqdi. 
"toyo Reyon" yapon kompaniyasi Dyuponlardan neylon ishlab chiqarish bo'yicha patentni 
7,5
mln.doll.ga sotib oldi. Ushbu 7,5 mln.doll.ni ular Dyuponlarga 
1950-
1959 yy. ichida to'ladi, shu davr ichida kompaniya neylon eksportidan 90 mln.doll. 
oldi. 
Shunday qilib, faqat mablag' emas, balki vaqt ham tejaladi. Bunga Yaponiyani shart-sharoit 
majbur etdi: yapon mutaxassislar- ining hisob-kitobi bo'yicha, 50-yy.ning o'rtalarida uning sanoati 
ilmiy-texnik jihatdan yetakchi mamlakatlardan 20-25 yilga orqada edi va rivojlanishni 
boshlang'ich nuqtadan boshlash orqada qol- ishni muqarrar qilar edi. 
2.
Mehnatdan foydalanishning maxsus shakllari va milliy daro- madda kapital 
qo'yilmalarni yuqori ulushi. Yaponiyada hanuzga- cha yalpi milliy mahsulotning 1/3 qismi 
iqtisodiyotga investitsi- yalanadi. Bunda kapital qo'yilmalarning 70% sanoat korporatsi- yalarining 
foydasi hisobiga emas, balki bank kreditlari hisobiga amalga oshirilgan edi. Bu yapon moliya 
guruhlarining xususiyat- laridan kelib chiqqan edi. 
Kapital qo'yilmalarning 1/3 qismi "jismoniy shaxslarn- ing jamg'armalari"dir. Boshqacha 
qilib aytganda, yaponlar o'z iste'moliga juda kam mablag' sarflab, tejaydilar, jamg'arilgan 
mablag'larni banklarga qo'yishardi yoki sanoat korxonalarining aksiyalarini sotib olishar edi. Bu 
Yaponiyada mehnatdan foyda- lanish xususiyatlari bilan bog'liqdir. Ish haqi "ijtimoiy demping" 
davridagiga nisbatan oshgan bo'lsa ham boshqa mamlakatlarni- kiga nisbatan past edi. Yaponiyada 
mahsulot qiymatida mehnatga haq to'lash xarajatlarining ulushi boshqa mamlakatlarnikiga nis-
batan 2-3 barobar past edi (ushbu ko'rsatkich AQShda 32%, An- gliyada - 27%, Yaponiyada - 
11%). Italiyaning "Fiat" avtomobillari qiymatida ish haqi 31%ni tashkil etadi, yapon 
avtomobillarining qiymatida - 6,6%. G'arbiy Germaniyaning "Simens" korporatsiyas- ining 
elektrotexnik mahsulotida ish haqi - 41%, yapon "Xitachi" kompaniyasida - 14%. Bu yerda gap 
ish haqining real kattaligi to'g'risida ketayotgani yo'q, ushbu kattalik o'rtacha yevropa dara- jasida 
edi. Masala mahsulot qiymatida mehnatga haq to'lashning ulushida edi. Ushbu xarajatlar ulushi 
mehnat unumdorligi, ishlab chiqarishning texnik va tashkiliy darajasi va boshqa omillar bilan 
aniqlanadi. 
XX asr boshidan yapon sanoati uchun xarakterli bo'lgan pa- ternalizm
4
hozirgi vaqtgacha 
ham saqlanib qolgan edi, lekin biroz shakli-shamoyili o'zgargan holda. Yaponiyada ishchini 
korxonaga umrbod biriktirib qo'yilish odatiy holdir. Ushbu biriktirib qo'yilish, albatta, majburiy 
emas, balki iqtisodiy omillar bilan bog'liq edi. Ish boshlovchi xodimning maoshi nisbatan past 
bo'ladi, lekin u yildan-yilga o'sib boradi, ya'ni 45 yoshli xodim endi ish boshlayot- gan xodimdan 
2,5 barobar ko'p maosh oladi. Tabiiyki, boshqa fir- maga o'tib, xodim maoshning eng quyi 
darajasidan olishni boshlaydi. Undan tashqari, mehnat stajini ko'payib borishi bilan ta'til uzayib 
boradi, imtiyozlar kengayib boradi va kelajakdagi pensiya hajmi oshib boradi. Bunday sharoitda 
xodimning hayoti firmani gullab-yashnashi bilan uzviy bog'liqlikda bo'ladi. Ba'zi kompani- 
yalarda hatto ish kunini firmaning madhiyasini ijro etishdan bosh- lash odatiy holdir. Tabiiyki, bu 
mehnat unumdorligini oshiradi. 
Undan tashqari, yapon sanoatida ijtimoiy-psixologik omillar- ga katta e'tibor qaratiladi. 
Ma'muriyat mehnat jamoasi a'zolarini jipslashtirish, oilaviy dam olishlarni tashkil etish bo'yicha 
cho- ralar ko'radi. Shu sababdan, ishlab chiqarish brigadasi bo'yicha qo'shnilar bir-birlariga 
yordam berib, ularning kamchiliklarini to'g'irlashga harakat qilishadi. Firma - bu yagona oila 
bo'lib, u o'z a'zolari to'g'risida qayg'uradi deb hisoblash umumqabul qilingan haqiqatdir. 
Yaponiyada pensiya - bu har bir ishlangan yil uchun bir oylik oklad hisoblangan bir 
marotaba to'lanadigan summadir. Pensioner korxonadan boshqa hech narsa olmagani uchun ushbu 
mablag'ni samarali joylashtirishga harakat qiladi, ya'ni ularga aksiyalar sotib olishi mumkin. Shu 
sababdan kapital qo'yilmalarning 1/3 qismi jismoniy shaxslar jamg'armalari mablag'laridir. 
Undan tashqari Yaponiyada quyidagicha amaliyot mavjud: yuqori texnikani talab 
qilmaydigan, lekin jonli mehnatni ko'p talab qiladigan ishlab chiqarish operatsiyalarini yirik 
4
Paternalizm (lot. paternus — otalik, otalarcha) — hukumat fuqarolarning ehtiyojlarini qondiradi va buning evaziga ularni o'zlarini jamiyatda qanday 
tutishlarini qat'iy belgilab beradigan munosabatlar tizimidir. 



Yüklə 366,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə