Xorazm, qang‘, davan davlatlari. Reja



Yüklə 317,49 Kb.
səhifə1/7
tarix21.10.2023
ölçüsü317,49 Kb.
#130607
  1   2   3   4   5   6   7
13. XORAZM, QANG‘, DAVAN DAVLATLARI.


XORAZM, QANG‘, DAVAN DAVLATLARI.




Reja

  1. . Xorazm davlati.

  2. . Qang‘ davlati.

  3. . Davan davlati.

  4. . Yuechji–kushonlar va Kushon davlati.



1. Xorazm davlati.

Xorazm vohasini o‘rab olgan dashtlarda ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi chorvador qabilalari istiqomat qilgan. Ular Sharqiy Kaspiybo‘yi va Orolbo‘yi oralig‘idagi Quyi Amudaryoning Kaspiy dengiziga qo‘yilgan Uzboy o‘zani sohillarida va Quyi Sirdaryoning eski o‘zanlari (Inkardaryo, Quvandaryo) atroflarida joylashgan.


Chorvadorlar bu hududlarda juda erta paydo bo‘lgan. Adabiyotlarda mil. avv. IX–VIII asrlarga oid chorvadorlar sardorlari va oqsoqollari dafn etilgan Tagisken maqbalari “Avesto”da tilga olingan “tura” – turlar madaniyati bilan qiyoslanib, Inkardaryo havzasida Qang‘ha viloyatining markazi joylashgan degan fikr o‘rtaga tashlandi. Mil. avv. VIII – VII asr chegarasida Quyi Sirdaryo hududidan kelib chiqqan ilk saklar Quyi Amudaryoning so‘l sohil yerlarida joylashadi, shuningdek, ularga qo‘shni dashtlarda massagetlar yoyilgan. Keyingi davrlarda Sharqiy Orolbo‘yi hududlarida turli sak qabilalari: apasiak, sakavarka, augasiy va toxarlar yashagan. Ular va Xorazm vohasi aholi o‘rtasida iqtisodiy – madaniy aloqalar rivojlangan.
Ushbu mavzuning tarixiy jihatlarini o‘rganish jarayonida talabalar quyidagi holatlarga e’tibor berishlari lozim:

Antik davri Xorazm davlatining boshqaruv shakli podsho hokimiyatidan iborat edi. Arrianning asarida Aleksandr xuzuriga yetib kelgan Farasman “xorazmliklarning podshosi” deb atalgan. Farasman kelib chiqqan sulolaning nomi fanda ma’lum emas. Mil. avv. IV–III asrlarga oid Xorazm tangalari topilmagan. Bu davrda Xorazm davlatining hududiy chegaralari va ta’sir doirasi Janubiy Orolbo‘yi, O‘rta Amudaryo va Sharqiy Kaspiybo‘yi yerlari bilan belgilangan. Ehtimol, bu davrda Uzboy orqali Kaspiy dengiziga suv yo‘li xorazmliklar nazoratida bo‘lgan.




Yüklə 317,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə