Xorazm, qang‘, davan davlatlari. Reja


Ijtimoiy–iqtisodiy munosabatlar



Yüklə 317,49 Kb.
səhifə3/7
tarix21.10.2023
ölçüsü317,49 Kb.
#130607
1   2   3   4   5   6   7
13. XORAZM, QANG‘, DAVAN DAVLATLARI.

Ijtimoiy–iqtisodiy munosabatlar. Xorazmliklarning asosiy tirikchilik manbai dehqonchilik va chorvachilik bo‘lgan. Vohaning qulay geografik sharoitida rivojlangan ziroatchilik sun’iy sug‘orishga asoslangan. Qadimiy qishloqlar va uy–qo‘rg‘onlarning atroflaridagi bog‘lar, tokzorlar va dala–sug‘orish yerlari keng maydonlarga ega bo‘lgan.
Xususan, mil.avv. IV–II asrlarda Xorazmda ulkan sug‘orish tizimi barpo etiladi. Antik davrdan avval xorazmliklarda bunday tizim yaratish imkoniyatlari bo‘lmagan. Amudaryodan kanal chiqarish usullari ancha takomillashib antik davri sug‘orilishi dastlabki sug‘orma ziroatchilikdan sezilarli farqlanib, uzunligi 40–50 km kanallar vujudga kelgan. Keng tarmoqli sug‘orish tizimini barpo etish markazlashgan davlat hokimiyati tomonidan tashkillashtirilgan.
Zarur suv miqdori bilan yil mobaynida serhosillikni ta’minlash, kanal o‘zanlari sersuv oqib turish uchun bahor mavsumidagi sug‘orish inshootlarining tozalash ishlari jamoalarning hayotiy muhim vazifaga aylangan. U qadimgi davrdan boshlab davlat va jamoatchilikning burchi hisoblangan.
Xorazmliklar bug‘doy, arpa va tariq ekib, bog‘dorchilik bilan ham shug‘ullanganlar. Manzilgohlar atrofida ekin maydonlari 200–250 gektar yerlarni tashkil etib, tokzorlar ham keng dalalarni egallagan. Antik davrida Xorazm vohasida Parfiya, Marg‘iyona va Baqtriya singari vino (sharob) ishlab chiqarishga katta ahamiyat berilgan. Ayrim qishloq xo‘jalik omborxonalaridagi katta xumlarda ko‘p miqdorda vino saqlangan. Uning asosiy qismi tashki savdoga mo‘ljallangan.
Shuningdek, alohida qal’alar qishloq xo‘jalik mahsulotlarni saqlash omborxonalar vazifasini bajargan. Bunday joylarda ko‘pdan–ko‘p o‘ralar va xumlar aniqlangan.
Xorazm hunarmandchiligi (kulolchilik, to‘qimachilik metallga ishlov berish, taqachilik, yarog‘–aslahalar ishlab chiqarish, zargarlik va boshq.) ichki va tashqi savdo–sotiq ehtiyojlarini qoniqtirgan. Shaharlarda mahsulot ayirboshlashning hunarmandchilik va qishloq xo‘jaligi o‘rtasida, ziroatchilar va chorvadorlar o‘rtasida hamda viloyatlararo mahsulot ayirboshlash rivojlangan. Iqtisodiy voha – tumanlardan olib kelingan tovar mahsulotlari savdo markazlarida to‘planib, ulardan karvon yo‘llariga olib chiqilgan.
Xorazm vohasida o‘troq aholi va chorvador – ko‘chmanchilar o‘rtasidagi o‘zaro savdo muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Dashtlardan ziroatchilar vohalariga chorva, go‘sht, teri va jun mahsulotlari olib kelingan. Ko‘chmanchilar bilan savdo aloqalari ta’sirida ayrim joylarda, odatda voha va dasht hududlari chegaralarida mavsumiy bozorlar tashkillashtirilgan.
Xorazm aholisi katta patriarxal oilalardan iborat bo‘lib, yer, chorva va mulkka birgalikda egalik qilgan. Boy–badavlat Xorazm shohlarning xo‘jaligida ko‘pdan–ko‘p cho‘rilar, qullar va xizmatkorlar mavjud edi. Shunday qilib, hukmdorlar xo‘jaligi keng tarmoqli iqtisodiy tizim bo‘lib, maxsus ma’muriy va moliyaviy boshqaruvga asoslangan. Tuproqqal’adagi saroyining xorazam tilida bitilgan hujjatlarida aholidan olingan soliq tushumlari ro‘yxati ifodalangan. Soliq g‘alla, un, yog‘, chorva, hunarmandchilik buyumlari, vino bilan to‘langan.
Xorazmning antik davri tarixida ibodatxonalar mavqei baland edi. Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, ibodatxona jamoasi qohinlar va xizmatchilardan iborat bo‘lib, o‘z yer mulklari, chorva podalari va hunarmandchilik ustaxonalariga egalik qilgan. Yozma manbalardan ma’lumki, kohinlar o‘qimishli bo‘lib, ularsiz biron katta mas’uliyatli ish boshlash mushkul edi. Kohinlar dehqonchilik ishlarini boshlash, hosilni yig‘ishtirib olish muddatini aniq bilishgan. Diniy marosimlar jarayonlarini kohinlarsiz tasavvur qilish qiyin, shuningdek, ular davlat boshqaruvida faol ishtirok etganlar.
Xorazm aholisining asosiy qismini ziroatchilar, hunarmandlar, binokorlar, savdogarlar va turli ishlar bilan band bo‘lgan xizmatchilar tashkil etgan. Qadimgi Xorazmda patriarxal uy qulchiligi rivojlangan. Tuproqqal’ada topilgan hujjatlarda (ular fanda “Xonadonlar ro‘yxati” deb tatbiq qilingan) xonadonda yashovchi oila a’zolari tilga olinib, ularga tegishli qullarning ismlari ham keltirilgan. Uy egasi, uning xotini, onasi, o‘g‘li va kuyovining shahsiy qullari sanab o‘tilgan.
Umuman 19 ta xonadon ro‘yxati topilgan. Hujjatlarning ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi xonadonlarda ozodlar bilan birga 20 dan ziyod qullar yashagan. Mazkur hujjatlarni aholining ro‘yxatga olinishi jarayoni bilan bog‘lash mumkin, ikkinchidan, jang qilishga qobil erkaklarni aniqlash vazifasi ham ehtimoldan holi emas.
“Xonadonlar ro‘yxati” qadimgi Xorazmda xonadon qulchiligi keng rivojlanganidan dalolat beradi. Agar yuqorida keltirilgan oddiy xonadonda mavjud qullarning miqdori hisobga olinib, u holda mamlakat miqyosida, jumladan jamiyatning ijtimoiy tarkibidagi yuqori pog‘onasida turgan zodagonlar oilalarida va shohlar saroyida hamda ibodatxonalar xo‘jaligida qullarning umumiy soni ozod oila a’zolariga nisbatan ayrim holatlarda bir necha baravar ko‘p bo‘lgan.

Yüklə 317,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə