Xorazm, qang‘, davan davlatlari. Reja


Qadimgi Xorazm davriga oid devoriy surat namunasi



Yüklə 317,49 Kb.
səhifə2/7
tarix21.10.2023
ölçüsü317,49 Kb.
#130607
1   2   3   4   5   6   7
13. XORAZM, QANG‘, DAVAN DAVLATLARI.

Qadimgi Xorazm davriga oid devoriy surat namunasi
(Oqshaxonqal’a).

Mil. avv. II asr oxirlaridan Xorazm podsholari Yunon–Baqtriya podshosi Yevkratidning tangalariga o‘xshatib, o‘z kumush tangalarini zarb eta boshlaganlar. Bu tangalarda podsho–chavandoz tasvirlangan. U ko‘chmanchi qabilalarning ramzi bo‘lib, mil. avv. II asrda Xorazmga kirib kelgan yuechji – toxarlar sardorlarining hukmronligini aks etadi. Ammo, mazkur hukmronlarning ismlari noma’lum.


Milodiy I asrda davlatda yangi sulolaning hukmronligi boshlanadi. I–III asr boshlariga oid mis tangalaridagi yozuvlarida hozircha bu sulolaning ikki vakili – Artav va Artamush ismlari o‘qilgan.
Afrigiylar sulolasi taxtni qo‘lga kiritishi haqida Beruniy ma’lumot keltirgan. Mazkur voqea 304–305 yillarga to‘g‘ri keladi deb an’anaviy hisoblanib kelgan. Biroq, bu yil sanasiga nisbatan numizmatika (tangashunoslik) materiallari asosida yangi yondashuv vujudga keldi (E.V.Rtveladze). Unga ko‘ra, sulolaning birinchi podshosi Vazamar (Afrig) edi. Vazamar – bu podsho ismi, Afrig esa – oila, urug‘ning nomidir. Shu boisdan, sulolani Vazamariylar (Afrigiylar) deb atash taklif qilindi. Agar podsho Vazamarning hukmronligi boshlang‘ich yil sanasi inobatga olinsa, Vazamariylar (Afrigiylar) xorazmshoh Ma’munga qadar Xorazmda 600 yildan ziyod hukmronlik qilganlari aniqlanadi.
Xorazm vohasi antik davri tarixini o‘rganishda Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi xodimlari ulkan xissa qo‘shganlar (S.P.Tolstov, A.V.Andrianov, M.G.Vorobeva, Yu.A.Rapoport, B.I.Vaynberg). Ularning izlanishlari va kashfiyotlari tufayli, Xorazm sivilizatsiyasi, qadimiy shaharlari, moddiy va ma’naviy madaniyat obidalari butun jahonda mashhur bo‘ldi. XX asrning 90–yillari va XXI asr boshlarida o‘zbekistonlik qadimshunoslarining Xorazmdagi yangi arxeologik tadqiqotlarini qayd etib o‘tish lozim (M.Mambetullaev. V.N.Yagodin, G‘.Xodjaniyazov, Q.Sobirov, S.Baratov, A.Abdirimov).
Shaharsozlik va me’morchilik. Antik davrda Xorazm O‘rta Osiyoda shaharsozlik va me’morchilik keng rivojlangan muhim markazlariga aylandi. Ahamoniylar (Fors) podsholigi tarkibidan chiqib, davlat mustaqiligiga erishgan qadimiy Xorazmda dehqonchilik voha–tumanlarining tashqi sarhadlari harbiy istehkomlar bilan mustahkamlandi. Davlat chegaralarida hamda savdo karvonlari o‘tadigan maskanlarda qal’alar qurilgan. Ular qudratli mudofaa inshootlari bo‘lib, alohida burjlar va devorlar ichidagi o‘qchilar uchun mo‘ljallangan ikki qavatli maxsus yo‘laklardan iborat bo‘lgan.
Bunday qal’alar Quyi Amudaryoning o‘ng sohil yeralarida (Bo‘rliqal’a, Ayozqal’a 1, Qo‘rg‘oshinqal’a) va so‘l sohil tashqi sarhadlarida (Oqchagelin, Govurqal’a, Qangaqirqal’a) taxminan baravar masofada joylashgan.
Mil. avv. IV – III asrlarda Xorazm davlati hukmdorlari tomonidan mudofaa inshootlarining barpo etilishi sabablari tashqi bosqinlardan himoyalanish zaruriyati bilan bog‘langan. Xorazm vohasining g‘arbiy va shimoli–g‘arbiy chegaralarida ko‘p sonli chorvador qabilalar Orol dengizi va Kaspiy dengizi oralig‘idagi dashtlarda istiqomat qilganlar. Shuningdek, Sharqiy Orolbo‘yi Quy Sirdaryo havzasida joylashgan chorvadorlar ijtimoiy yutuqlarga erishib, qudratli harbiy kuchga aylanganlar. Xususan, o‘sha chorvador qabilalar Makedoniyalik Aleksandrning Buxoro vohasidan foydali qazilmalar, xom ashyoga boy Qizilqum ichkarsiga yo‘l olishga to‘siq bo‘lib turganlar. Ular ziroatchilik bilan ham shug‘ullanib, shaharlar va qal’alar bunyod etish ko‘nikmalarga ega edi. Quyi Sirdaryoda qadimshunoslar tomonidan o‘rganilgan Chirikrabot, Babishmo‘lla, Balandi, Baroqtom kabi yodgorliklar shular jumlasidandir.
Mil. avv. III asrda Sirdaryoning qadimiy quyi o‘zanlarida suv ta’minotining to‘xtab qolishi va daryoning zamonaviy o‘zani paydo bo‘lishi natijasida, tub joyli aholi avval o‘zlashtirgan yerlarni tark etishga majbur bo‘ldi. Ehtimol, aynan shu chorvadorlar Quyi Sirdaryodan O‘rta Sirdaryo hududlariga ko‘chib, Qang‘ davlatiga asos solganlar.
Mil. avv. IV asrda qadimgi Xorazmning bir qator shaharlarida (Xiva, Xazorasp, Qazaqliyotgan – Oqshaxonqala, Katta Oybo‘yirqal’a) yirik binokorlik ishlar amalga oshirildi. Bir vaqtning o‘zida keng tarmoqli sug‘orish tizimi yaratildi. Shaharlar alohida dehqonchlik voha – tumanlari markazlariga aylandi.
Me’morchilik loyiha bo‘yicha shaharlarda binokorlik ishlarini amalga oshirish, mudofaa tizimi va eski binolarni ta’mirlash, yangilarni bunyod etish, qurilish texnologiyalarni takomillashtirishni taqozo etgan. Qudratli mudofaa inshootlari, yirik ibodatxona va saroylarni bino qilish uchun millionlab xom g‘isht kerak bo‘lgan. Davlatning barcha voha–tumanlari alohisi xom g‘isht tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘lib, ularni zarur yangi qurilish joylariga yetkazib bergan. Keng miqyosda bunday ishlarni tashkillashtirish va amalga oshirish, antik davr Xorazmda ommaviy ravishda yirik sug‘orish inoshootlar – kanallarni barpo etish jarayoni bilan qiyoslash mumkin.
Xorazmning yirik shaharlari qatoriga milodiy II – III asrlarda qurilgan Tuproqqal’a (maydoni 17 ga), mil.avv. IV – III asrlarda bunyod etilgan Bozorqal’a (32 ga) va maydoni 42 gektardan iborat Qazaqliyotgan (Oqshaxonqal’a) ko‘hna shahri kiradi. Tuproqqal’a Xorazm hukmdorlarining sulolaviy markazi hisoblanadi.
Ko‘hna shahar to‘g‘ri burchakli bo‘lib, xom g‘ishtdan tiklangan va qalin mudofaa devor bilan o‘ralgan. Devorlarda shinaklar hamda burjlar mavjud. Tuproqqal’aning markaziy ko‘chasi shaharni ikkiga bo‘lib, uning shimoliy qismidan janubga – shahar darvozasiga yo‘nalgan. Kichik ko‘chalar guzarlarning turar joylarini bir–biridan ajratgan.
Tuproqal’a shahrining asosiy inshooti ulkan ichki qal’asi bo‘lib, u Xorazm hukmdorlarining qarorgohi edi. Saroyda turli maqsadlarda foydalanilgan yuzdan ziyod xonalar va haykallar bilan bezatilgan “shohlar koshonasi” ham ochilgan. Saroyning bir qismi ikki qavat edi.
Qadimshunoslar yozishicha, shaharda taxminan 2,5 ming katta yoshli kishilar yashagan. Ularning asosiy qismi Xorazm hukmdorlari qarorgohini muhofaza qilish va shohlarga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan. Ko‘p jihatlarga ko‘ra, Tuproqqal’a Qadimgi Sharq tarixida ma’lum “man qilingan” shaharga o‘xshab ketadi, chunki “shohlar shahriga” yaqinlashib kirishga ko‘pchilikning imkoniyati bo‘lmagan.
Beruniy ma’lumot berishicha, shoh Afrig Kat shahri yonidagi al–Fir joyida yangi qarorgoh barpo etadi. Milodiy IV asr boshlarida Tuproqqal’a saroyi huvillab qoladi.
O‘rta asrlar geograflari yozishicha, Xorazmning qadim poytaxti Darjash deb atalgan, u Kat shahridan avval bunyod etilgan. Hozirgi kunda Darjash shahri o‘ng sohil Xorazm vohasida joylashgan Oqshaxonqal’a bilan bog‘lanmoqda. Shahar to‘rtburchak shaklida bo‘lib, qalin mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Devorlarning tashqi tomonida va burchaklarida burjlar joylashgan, devorlarning balandligi taxminan 12–13 metrdan iborat bo‘lgan.
Shahar hududining shimoliy qismi yana bir qal’a devori bilan o‘ralgan. Oqshaxonqal’aning o‘ta mustahkamlangan bu qismi, maxsus muhofaza qilinadigan “muqaddas shahar” hisoblangan, uning shimoliy burchagida yirik ibodatxona joylashgan. Ibodatxona atrofidagi galereya – yo‘lak devorlari rangli suratlar bilan bezatilgan. Mil. avv. IV–II asrlarda Xorazm vohasining turli joylarida ibodatxonalar bino qilindi. Janubiy Xorazmda Elxaras, shimoli–g‘arbda Ustyurt chinki chegaralarida Katta Oybo‘yirqal’a markazidagi ibodatxona, Quyi Amudaryoning so‘l va o‘ng sohil yerlarida Qal’aliqir 2, Govur va Qo‘yqirilganqal’a shular jumlasiga kiradi. Ular mamlakat miqyosida bosh ibodatxonalar vazifasini bajarganlar. Oybo‘yirqal’a ibodatxonasidan tashqari ular me’morchilik jihatdan doira shaklga ega bo‘lib, mudofaa devorlar bilan o‘ralgan.
Darslikning oldingi mavzularidan bizga ma’lumki, ilk temir davriga qadar Xorazm vohasida ko‘p asrlar mobaynida uy–joylar sifatida aholi yerto‘lalar, kulbalardan foydalangan. Mil.avv. VI–V asrlarda ular voha binokorligida paxsa va xom g‘ishtdan foydalanilgan. Antik davrda odamlar o‘rnashgan joylar paxsa devorlar bilan o‘ralgan hovli, uch–to‘rt xonali uylar hamda yirik uy–qo‘rg‘onlardan iborat bo‘lgan. Misol tariqasida, Angqaqal’a uy–qo‘rg‘onining tomonlari 75 metrga teng bo‘lib, u qalin mudofaa devor, to‘g‘ri burchakli burjlar va devor ichidagi o‘q otish uchun mo‘ljallangan yo‘lak bilan mustahkamlangan.

Yüklə 317,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə