Xorazm, qang‘, davan davlatlari. Reja


Tasviriy san’at, yozuv va din



Yüklə 317,49 Kb.
səhifə4/7
tarix21.10.2023
ölçüsü317,49 Kb.
#130607
1   2   3   4   5   6   7
13. XORAZM, QANG‘, DAVAN DAVLATLARI.

Tasviriy san’at, yozuv va din. Xorazm sivilizatsiyasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega badiiy madaniyat obidalari bilan ajralib turadi. Mil. avv. V–IV asrlar chegarasiga oid Elxaras ibodatxonasi devorlarida o‘simlik va geometrik rangli naqshlar aniqlangan. Shuningdek, yodgorlikda loydan ishlangan haykallarning parchalari topilgan.
Oqshaxonqal’a ibodatxonasining yo‘lak devorlari rang–barang suratlar bilan bezatilgan, jumladan, alohida kishilarning portretlari diqqatga sazovordir. Ularning ayrimlarini boshida toj tasviri tushurilgan. Shu bois, mazkur portretlar “Xorazm noma’lum hukmdorlarning suratlari” deb atalgan.
Tuproqqal’a saroyida “Shohlar zali”, “Jangchilar zali”, “G‘alabalar zali”, “Bug‘ular zali” deb nomlangan alohida yirik xonalarida loy haykallar va devorlardagi kishilar, hayvonlar va qushlarning rangli suratlari o‘rganilgan. Tasviriy san’at namunalarida diniy va dunyoviy manzaralar ifodalanib, ular jonli, yuksak badiy madaniyat uslubida bajarilgan.
Tasviriy san’at obidalari ichida ko‘p miqdorda uchraydigan antik davriga oid terrakota – sopol haykalchalari, odam yuzi tasvirini aks etgan sopol niqoblari va sopol idishlar sirtidagi turli bo‘rtma tasvirlar e’tiborga molik. Shuningdek, faqat Xorazm madaniyatiga oid tik turgan ayol haykali sifatida ishlangan katta sopol idish–ossuariy, sopol qutilarga o‘hshash ossuariylarning qopqog‘ida o‘tirgan holatda tasvirlangan ayol va erkaklarning haykallari hamda otni yoki tuyani minib o‘tirgan chavandoz haykali shaklidagi yasalgan ossuariylar betakror badiiy madaniyat namunalari hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi va hunarmanchilik, sug‘orish tizimi hamda me’morchilikning keng miqyosda rivojlanishi amaliy bilimlar, yangi texnologiyalarni hayotga tatbiq qilishni talab etardi. Shu bois, Xorazmda astronomiya, geometriya, matematika kabi aniq fanlar asoslari taraqqiy topgan. Ikki qavatli baland Quyqirilgan qal’a ibodatxonasidan koinot jismlarning harakatlari kuzatilgan. Bu muhim astronomiya vazifalariga oid kuzatuv natijalari ziroatchilar uchun katta ahamiyat kasb etgan. Ma’lumki, dehqonchilik ishlari, ekin ekish, ko‘chat o‘tkazish va hosil yig‘ish mavsumlar yil fasllari almashuvi bilan uzviy bog‘langan. Xorazmlik kohin–astronomlari, misr kohinlari Nil toshqini vaqtini bilishgani singari, Amudaryo suv sathining ko‘tarilishi vaqtini belgilab berishgan.
Samoviy hodisalarni tabiat hodisalari bilan bog‘lash va qiyoslash natijasida O‘rta Osiyoda dastlab zardushtiylik taqvimi vujudga kelgan. Uning asosida Sug‘d va Xorazm taqvimi tuzilgan. Taqvim yili 365 kun va 12 ta oydan iborat bo‘lgan.
Mil.avv. V–IV asrlarda oromiy alifbosi harflari tizimiga asoslangan Xorazm yozuv madaniyati shakllanadi. Qadimgi xorazm yozuvi antik davrida keng yoyiladi. Bu yozuv 20 ta harfdan iborat bo‘lib, sopol sirtiga, charmga va yog‘och taxtachalariga bitilgan. Xorazm yozuvi orqali muhim ijtimoiy–iqtisodiy masalalarni, moddiy va ma’naviy madaniyatga oid tarixiy muammolarni o‘rganish mumkin.
Hujjatlarda davlat xazinasiga soliq majburiyati sifatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni topshirgan aholi vakillarning ro‘yxati, ibodatxonalar xo‘jaligidan chorva, un, hunarmandchilik buyumlari alohida shahslarga berilganligi haqidagi ma’lumotlar, xonadonlar ro‘yxati va shaxslar ismlari, “Avesto”dan ma’lum xudolar nomlari, Amudaryoning homiysi, ilohi “Vaxshu” va boshqa ma’lumotlar keltirilgan. Xorazmda saroy va ibodatxonalar qoshida boshlang‘ich maktablar mavjud bo‘lishini taxmin qilish mumkin. Bu maktablarda bolalarni yozish va hisobga o‘rgatishgan. Ikkinchi bosqichda o‘spirinlardan xo‘jalik va ma’muriy ish yurituvchi xattotlar tayyorlanganligi ehtimoldan holi emas.
Antik davri Xorazm vohasida zardushtiylik ta’limoti keng yoyiladi. Turli ma’lumotlar shundan dalolat beradi. Bular ichida zardushtiylarning dafn marosimlari bilan bog‘liq ossuariylar – suyakdonlar alohida ahamiyatga ega. O‘rta Osiyoda eng qadimgi ossuariylar xususan Xorazmda topilgan. Xorazmliklar yer, suv, havo va olovga sajda qilib, mazkur muqaddas unsunlarni qadrlaganlar. Vohada hosildorlik va otashparastlik marosimlariga oid yirik ibodatxonalar va otashgohlar topilgan. Ular shaharlar va alohida voha–tumanlar hududlarida joylashib, diniy marosimlarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lganlar.
Xorazm ko‘hna shaharlarida ko‘pdan–ko‘p sopol haykalchalar topilgan. Ular ichida ayol haykalchalari diqqatga molik. Mazkur haykalchalar buyuk “Ona iloha” yoki suv, xosildorlik, ma’budasi Ardvisura – Anaxita (xorazm tilida – Naxitak) ramzini o‘zida aks etadi. Xorazm sopol idishlarning sirtidagi mifologik–asotirli mavzular bilan bog‘liq bo‘rtma rasmlar o‘rganilgan. Ular qadimiy e’tiqodlar mazmun–mohiyatini ochib beradi. shuningdek, Kushon davlati orqali Hindistondan Xorazmga olib kelingan Budda hamda fil, maymun sopol haykalchalari va xalsedondan ishlangan marjonlar topilgan.

Yüklə 317,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə