Yaponiya va xitoyning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) ■



Yüklə 366,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix16.02.2023
ölçüsü366,83 Kb.
#100940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
15-MAVZU. YAPONIYA VA XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR)

17.1.
 
Osiyocha ishlab chiqarish usullari va ularning parchalanishi
 
Xitoy osiyocha ishlab chiqarish usulidan foydalanadigan qadimgi davlatlardan biridir va 
ushbu rivojlanish usulining oqi- batlari sotsializm qurishdagi "katta sakrash" va "madaniy inqilob" 
kabi jarayonlarda o'z aksini topdi. 
Osiyocha usulning asosiy belgisi - yer davlat mulki ekanligidir va bu holat Xitoyning butun 
tarixida o'zgarmasdan qolgandi. Dav- latning yeri dehqonlar o'rtasida yerdan foydalanish 
tamoyilidan kelib chiqib taqsimlanar edi. 
Avvaliga bu tizim "quduqli dalalar" tizimi edi. Uning bunday nomlanishiga sabab dalalarni 
joylashuv sxemasi "quduq" iero- glifini eslatar edi. 8 ta oiladan iborat jamoa a'zolari chekkalar- da 
joylashgan o'z dalalariga ishlov berishdan tashqari markazda joylashgan umumiy maydonga ishlov 
berishlari kerak edi. Uning hosili hukmdorga topshirilardi. Har bir dala 100 mu
5
(6 ga) maydonga 
ega edi. Eramizdan avvalgi 4 asrdagi faylasuf Men-Szi "... yerga ishlov berishning bunday usuli 
ideal tizim hisoblagandi"- deb ta'kidlagan. 
Yerga ishlov berishning tenglashtirilgan tamoyili va o'zining dalasi bilan "katta dala"ga 
ham jamoa bo'lib ishlov berish ko'p asrlar davomida saqlanib qoldi, lekin asta-sekin davlat 
yerlarida jamoa bo'lib ishlash soliq-renta va majburiy mehnat bilan almashib bordi. Yerdan 
tenglashtirilgan foydalanish saqlanib qoldi, lekin yer endi oila tarkibidan kelib chiqib 
taqsimlanardi. Har bir erkak- ka 80-100 mu (6,4-6 ga) hosildor yerdan, ayollar yoki o'smirlarga 
kamroq berilishi mumkin edi. Dehqon mehnatga layoqat yoshi- dan oshgandan so'ng undan yer 
olib qo'yilardi. Undan tashqari, oilaga 20 mu bog'-poliz yerlari biriktirilar edi. Ko'pincha unda tut 
daraxtlari ekilardi. 
Dehqonga ushbu kafolatlangan yer uchun u davlat foydasiga uch narsani amalga oshirishi 
zarur edi. Birinchidan, don hosili- dan bir qismini davlatga topshirishi. Ikkinchidan, soliqni ipak 
yoki boshqa matolar bilan to'lash. Chunki, xitoy qishlog'idagi dehqon yarim hunarmand 
hisoblanardi va ushbu hunarmandchilik mahsulotlarining bir qismi hukumat ixtiyoriga o'tardi. 
Uchinchidan, dehqon yil davomida ma'lum bir davr (ko'pincha 20 kun) davlatga majburiy mehnat 
qilib berishi kerak edi: turli binolar, sug'orish inshootlari qurishi, yuk tashishi va boshqalar.Davlat 
dehqonchilik va to'qimachilikni rag'batlantirar edi. Savdogarlar esa diskrimi- natsiya qilinardi. E.a. 
4 asrda kim ko'p don va ipak ishlab chiqarsa majburiy mehnatdan ozod etilishi, savdodan foyda 
oluvchilar esa qul bo'lishlari qonunchilik bilan belgilab qo'yilgan edi. 
Davlat dehqonlar faoliyatini qat'iy nazorat qilar edi, u gu- ruch yoki tariq ekishligi, ipak 
yoki boshqa matolar to'qishini an- iqlab berardi. Tabiiyki, buning uchun juda katta byurokratik ap- 
parat zarur edi. Amaldorlar soliq sifatida dehqonlardan olingan don yoki boshqa mahsulotlarni ish 
haqi sifatida olardilar. Undan tashqari ular yer uchastkali olardilar, har bir darajadagi amaldorga 
belgilangan hajmda yer berilardi. Davlat xizmatidan ketayotganda amaldor ushbu yerni topshirib 
ketardi. 
Amaldorlar albatta aristokrat oilalar vakillari bo'lishi shart emas edi. Xitoyda imtihonlar 
tizimi joriy qilingan bo'lib, ularni topshir- gan holda ma'lum bir lavozimni egallash mumkin edi. 
Imtihon topshiruvchi falsafa, she'riyatdan chuqur bilimlarga ega bo'lishi kerak edi, o'z xizmat 
vazifasiga oid bilimlar ham bo'lishi kerak edi. Xitoyda yuqori darajadagi bilimlarga ega bo'lganlar 
alohida hurmatga ega edilar. Imtihonlarga oddiy xalq ham qo'yilardi. Bu markaziy hukumatning 
qudratini oshishiga imkon berardi: imperator quyi qatlamlardan boshqaruvga qo'yilgan 
insonlarning sodiqligiga shubha qilmas edi.Davlat sanoatda ham yetakchilik qilardi. Metallurgiya, 
ipak to'qish, farfor, qurol-yarog' korxonalari davlatning qo'lida edi. Davlat korxonalarida, kiyim-
5
Mu - Xitoyda yer maydonini o'lchash birligi. (1 mu = 666.7 kvadrat metr) 
194



Yüklə 366,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə