Yaponiya va xitoyning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) ■



Yüklə 366,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix16.02.2023
ölçüsü366,83 Kb.
#100940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
15-MAVZU. YAPONIYA VA XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR)

17-MAVZU. XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XXASR)
6
firmalar o'zlari amalga oshirmasdan mayda firmalarga, ba'zida hunarmandlarga buyurtma 
beradilar. Bu ancha arzonroq tushadi. 
3.
Iqtisodiyotni rivojlantirishga xarajatlarning ulushini kattaligi harbiy xarajatlarni 
kamligi bilan bog'liqdir. Yaponiya konstitutsi- yasiga muvofiq harbiy xarajatlar Yalpi ichki 
mahsulotning 1%dan oshishi mumkin emas. Uning oshishiga sabab Yalpi milliy mahsu- lotning 
o'sishidir. 
Yaponiyada militarizatsiya konstitutsiya bilan taqiqlangan. Unda quyidagi fikr bildirilgan: 
"Yaponiya xalqi millatning huquqi sifatida urushni va kuch ishlatish xavfini xalqaro muammolarni 
echish vositasi sifatida foydalanishdan batamom inkor etadi. Mamlakatni urush holatida deb e'lon 
qilish huquqi tan olinmay- di". 
4.
Yapon sanoati yuqori sur'atlar bilan o'sishini iqtisodiyotni davlat tomonidan 
tartibga solish xususiyatlarni tahlil etmasdan tushuntirib bo'lmaydi. Yaponiyada asosiy ishlab 
chiqarish fondlarining 1/3 qismi davlatga tegishli, YaMMning 20% davlat buyurt- masiga binoan 
yaratiladi. Davlat budjeti orqali YaMMning 30%i o'tadi. 
"Iqtisodiy rejalashtirish boshqarmasi" - iqtisodiyotni rejalashtirish bilan shug'ullanuvchi 
organ hisoblanadi. Rejalashtirishda moliya guruhlari va korporatsiyalar vakillari faol 
qatnashishadi. Parlament rejani ishlab chiqarishda va tasdiqlashda umuman qat- nashmaydi. 
Yaponiyada rejalashtirish bilan qo'lida real xo'jaliklar bor insonlar shug'ullanishi kerak deb 
hisoblashadi. Bu ma'noda rejalashtirish o'ta markazlashgandir: korporatsiyalar va guruhlar 
kengashlari o'z kelajagini rejalashtiradi. Rejalar guruhlar va korporatsiyalar tomonidan so'zsiz ijro 
uchun qabul qilinadi: rioya qilmaslik uchun sanksiyalar davlat tomonidan emas, "o'zlari" to- 
monidan belgilanadi. 
Ikki xil rejalar ishlab chiqiladi - umumdavlat va tarmoq. Um- umdavlat rejalarning maqsadi 
- ma'lum bir o'sish sur'atlarini ta'minlashdir. Ushbu maqsadga erishish uchun rejada har bir tarmoq 
bo'yicha kapital qo'yilmalar hajmi belgilanib, kapital qo'yilmalarni korporatsiyalarning o'zlari 
amalga oshirardilar. Tarmoq rejalarining maqsadi - yapon iqtisodiyotining zaif joylarini yo'q 
qilish, ya'ni davlat yordamisiz rivojlana olmaydigan sohalarni o'sishini ta'minlashdir. Umumdavlat 
rejalari xususiy investitsiyalar bilan ta'minlansa, tarmoq rejalashtirishi - davlat investitsiyalari 
bilan ta'minlanadi. 

Yüklə 366,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə