Yaponiya va xitoyning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) ■



Yüklə 366,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix16.02.2023
ölçüsü366,83 Kb.
#100940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
15-MAVZU. YAPONIYA VA XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR)

17-MAVZU. XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XXASR)
11
"Xalq kommunasi" - bu xo'jalik birlashmasi va shu vaqtning o'zida, ma'muriy hududdir. 
Bir kommunaga o'rtacha 30 ta ko- operativ kirar edi. Kommuna tarkibiga sanoat korxonalari, rayon 
ma'muriyati (kommuna davlat tomonidan boshqarilardi) va harbiy qismlar kirar edi. 
Kommunalarda dehqonlarning barcha mol-mul- ki, daromadlari esa teng taqsimlanardi. 
Aynan shunday birlashuv inson mehnatidan ratsional foydalanish imkonini berardi. 
Xitoyliklar mentaliteti ham ushbu vazifani amalga oshirishga yordam berardi: xitoyliklar qadim 
zamonlardan hukumatga bo'ysunishni farz deb bilishardi, aynan davlat yerdan foydalanishda 
tenglashtirishni amalga oshirardi, yirik yer egaligini chegaralar edi. 
Kommunadan moddiy manfaatdorlik harbiy intizom bilan almashtirildi - hattoki ishga saf 
tortib bora boshlashdi. Barcha aholi chumchuqlarni o'ldirishga (hosilni saqlab qolish uchun) 
yo'naltirilgan edi, natijada esa qurt-qumursqalar ko'payib ketdi va qishloq xo'jaligiga zarar keltirdi. 
Hamma yerda kichik sug'orish tizimlari yaratilganligi sabab yerni sho'r va zang bosdi. 
Dehqonlarni yer ishlaridan chalg'itish qishloq xo'jalik ishlari- ni susaytirdi, harbiy intizom 
esa moddiy manfaatdorlikni o'rnini bosa olmaydi. Undan tashqari, Xitoyda qishloq xo'jaligi 
texnikasi darajasi juda past bo'lib: yerlarning bor yo'g'i 6-7%ga mexanik usulda ishlov beriladi. 
Qo'l mehnati esa alohida sinchkovlik va mehnat xarajatlarini oshirishni nazarda tutadi. Natijada, 
ekin may- donlari qisqardi, yerga ishlov berish yomonlashdi. 1958 yilda juda katta hosil (375 
mln.tonna bug'doy) yig'ib olinganligi to'g'risida e'lon qilindi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha bu 
hosilning yarmi ham yig'ib olinmagan ekan. Keyingi yillarda qishloq xo'jalik mah- sulotlari 
to'g'risidagi ma'lumotlar chop etilmadi, lekin hosildorlik bir necha yil davomida pasayib borganligi 
ma'lum bo'ldi. Oziq- ovqat berish normalari qisqardi (Shanxayda oyiga 11 funt don). Matbuotda 
go'sht va tuxumni o'rnini bosuvchi keng tarqalgan o'simliklarning foydaliligi to'g'risida tavsiyalar 
paydo bo'la bosh- ladi. 
Sanoatda ham fan yutuqlari va kasb mahoratlaridan foydala- nilmasdi. Korxonalar o'z 
salohiyatidan ancha katta bo'lgan reja vazifalarni olishardi. Ishlab chiqarish quvvatlari cheklangan 
ekan- ligini ta'kidlovchi mutaxassislarni "cheklovchilar" deb nomlashar- di. Sanoat belgilangan 
sur'atlarga dosh berolmasdan mahsulot ishlab chiqarishni qisqartira boshladi. 
Sanoat oldiga qo'yilgan vazifalarni bajara olmasligi ma'lum bo'lgandan so'ng, 
dehqonchilikning hunarmandchilik an'analari yodga olindi. Metallurgiya zavodlarining 
imkoniyatlari chegaral- anganligi sababli, aholi qadimgi pechlarda metall eritishni boshla- dilar. 
Bunday pechlar har bir kommunada qurildi. Joylarda ko'mir etishmasligi sababli yoqilg'i sifatida 
xas-cho'plar, eski mebellar ishlatilardi. Ushbu ishlarni boshqarayotgan odamlar metallurgiya 
ishlab chiqarish texnologiyasi bo'yicha tasavvurga ega emasdilar. Natijada metall yaroqsiz bo'lib 
qoldi. Bular ruda va ko'mirni erib, bir-biriga yopishib qolgan qumaloqlari edi va ular qayta 
eritishga yaroqsiz edi. 
Natijada, ikkinchi beshyillikda sanoat ishlab chiqarishi tax- minan ikki barobar qisqardi. 
Aholini meyor yordamida ta'minoti yanada qisqardi. 1961 yilda talonlar faqatgina 80-90 sm, paxta 
matosi yoki undan tayyorlangan mahsulotga berildi. 
"Katta sakrash" mag'lubiyatga uchragandan so'ng "tenglashti- rish" davri boshlandi: 
pasayishni to'xtatish maqsadida, asosiy kuchlar qishloq xo'jaligi va yengil sanoatga tashlandi. 
Qishloq xo'jaligi xalq kommunalaridan "ishlab chiqarish brigadalari"ga o'tildi. Bunday 
brigada, rasman kommunaning bir qismi hisoblanib, lekin katta mustaqillikka ega edi. U 20-30 
oila- dan tashkil topgan bo'lib, uning boshida saylangan dehqon tura- rdi. Dehqonlarga yana 
tomorqa xo'jaliklariga ega bo'lishga ruxsat berildi. 
Ushbu davrning iqtisodiy kursi - deyarli tekin mehnatga ega bo'lib xalq iste'moli xarajatlari 
qisqartirishdan iborat edi. O'zini- o'zi ta'minlash shiori ilgari surildi: odamlar deyarli tekinga 
ishlash- lari kerak, ishdan bo'sh vaqtlarida esa o'zini-o'zi ta'minlashlari, ya'ni natural xo'jalik 
yuritib yashashga zarur mahsulotlarni topish- lari kerak. 
"Datsin g'oyasi" faol targ'ib etildi - bunda Datsin neft kon- lari ishchilarining mehnatga 
to'lanadigan puldan voz kechganligi nazarda tutilardi. 
Shunday qilib, iqtisodiy rivojlanishning ikki darajasi nazarda tutilar edi. 
1)
eskirgan natural xo'jalik, uning hisobiga xitoylik mehnat- kashlar kun ko'rishi kerak 


17-MAVZU. XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XXASR)
12
edi. O'zini-o'zi ta'minlash, o'ta past darajadagi turmush darajasi. 
2)
davlat xo'jaligi, u yirik kapital qo'yilmalardan tashqari, deyarli tekin mehnat ("inson 
kapital qo'yilmalari") hisobiga rivojlandi. Tabiiyki, bu ishlab chiqarish ichki bozorga emas, balki 
eksportga va davlat iste'moliga yo'naltirilgan edi. 
Lekin iqtisodiy ehtiyojlar ushbu sxemadan chetlashishga majbur etardi. 70-yy. o'rtalariga 
kelib mehnatga qarab haq to'lash tamoyili yana tan olina boshlandi. Dehqonlarga bozorda tomorqa 
xo'jaliklarida etishtirilgan mahsulotlarni sotishga ruxsat berildi. Ba'zi joylarda xo'jaliklarni 
boshqarishga omilkor odamlar qo'yildi. Misol uchun, Anshan metallurgiya kombinatida 
elektromotor nima ekanligini bilmaydigan, po'lat bilan cho'yanni farqlay olmay
digan bir necha 
rahbarlar ishdan olinganligi yirik yutuq sifatida e'lon qilindi.
Yerga ishlov berishdagi tajribalar natijasida ekin maydonlari qisqardi. Oziq-ovqat talonlar 
orqali cheklangan miqdorda taqsim- lanar edi. Inson oyiga talon bo'yicha 15 kg don mahsulotlari 
olar edi. Pekinda bu asosan un va guruch edi, provinsiyada tariq, xitoy qo'nog'i, jo'xori "ikkinchi 
kategoriyadagi donlar" hisoblanar edi. Pekin aholisi imtiyozli holatda edi, lekin ularning 
ko'pchiligi ham go'sht va sut olishmas edi. 
Xitoyda ancha vaqtdan beri uyjoy qurilishi amalga oshirilmas edi, shu sababdan bir 
odamga to'g'ri keladigan yashash maydonining me'yori 4 kv.m edi, lekin real hayotda ushbu 
ko'rsatkich 1.5 kv.m. edi. 

Yüklə 366,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə