Yaponiya va xitoyning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) ■



Yüklə 366,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix16.02.2023
ölçüsü366,83 Kb.
#100940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
15-MAVZU. YAPONIYA VA XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR)

16.2.
 
Urushdan keyingi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar. Dzaybaysularni qayta tashkil 
etish.
 
Urushdan so'ng amerika qo'shinlari tomonidan okkupatsiya qilingan Yaponiyada 
militarizm-fashizm tartiblarini yo'q qilishga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi. Iqtisodiy 
jihatdan ikkita islohot muhim edi. 
Birinchisi: 1945 yilda dzaybatsularni yo'q qilish to'g'risida qonun qabul qilindi. Lekin 
hanuzgacha Yaponiyaning yetakchi moliya guruhlari tarkibida Mitsui, Mitsubisi, Sumimotolar 
mavjud. Bun- ing sabablari: qonun loyihasini guruhlarning birini rahbari Yasuda ishlab chiqqan 
edi. Keyinchalik ushbu loyiha boshqa guruhlar tomonidan ma'qullangan va shundan so'ng davlat 
tomonidan qabul qilindi. Ushbu qonun bilan guruhlarning bosh xolding-kompani- yalari yo'q 
qilindi. Natijada guruhlarni boshqarish funksiyasi banklarga o'tdi. Gap shundaki, har bir dzaybatsu 
tarkibida guruh nomi bilan nomlanuvchi bank mavjud edi (Mitsui Banki, Mitsubisi Banki va 
boshq).
3
Bu banklarning nomlari o'zgartirilgan edi, lekin ular keyinchalik avvalgi nomlarini 
tiklashdi, Yasuda bankidan tashqari, chunki uning nomi yaponlarning muqaddas tog'i Fudzi nomi 
bilan nomlangan edi. Guruhlar oilaviylik xarakterini yo'qotib bordi: banklar xoldinglar kabi 
oilaviy mulk emas edi. Moliya gu- ruhlarining oilaviy xarakterini yo'qotishi umumiy qonuniyatdir. 
Undan tashqari, yetakchi sanoat kompaniyalari 1945 yildagi qonunga binoan (huddi 
Germaniyadagi kabi) parchalanib tash- langan edi. Lekin keyinchalik ular birlashib ketish asosida 
avvalgi holatiga qaytib kelishdi. 
70-yy.ga qadar "katta to'rtlik" yapon iqtisodiyotida yetakchi- lik pozitsiyalarini saqlab 
qolgan edi. Keyinchalik yangi guruhlar 
-
"Dayiti" va "Sanva" yetakchilik qila boshlashdi, endi Yaponiya iqtisodiyotida 
"katta oltilik" hukmrolik qila boshladi. 
Yaponiya moliya guruhlarini tom ma'noda dzaybatsu deb nomlash noto'g'ridir, lekin ular 
yevropa va amerikadagi moliya gurhlaridan farq qilishadi. Sanoat kompaniyalari o'z foydasi hiso- 
bidan ishlab chiqarishni moliyalashtirish borasida g'am chekmas- ligi zarur: moliyalashtirish
investitsiyalar bilan guruhni boshqaru- vchi bank shug'ullanishi kerak. Tabiiyki, banklar ommaviy 
inves- titsiyalarni amalga oshirish uchun kengroq imkoniyatlarga egadir- lar. Sanoat 
kompaniyalari mahsulotni sotish, bozorlarni egallash bilan shug'ullanishi kerak emas: bu bilan har 
bir guruh tarkibidagi savdo kompaniyalari shug'ullanishi kerak. Shunday qilib, guruh ichida aniq 
mehnat taqsimoti mavjud, ya'ni uning tarkibiy qism- lari o'rtasida boshqa mamlakat guruhlari 
ichdagiga nisbatan uzviy aloqalar o'rnatilgandir. Yapon mahsulotlarida "Mitsui", "Mitsub- isi" 
markalarini nomi aks etadi, yevropa va amerika tovarlarida guruhlarning nomi emas balki 
"Kaliforniya" yoki "Tijorat banki" yozuvlarini ko'ramiz. Bu borada yapon guruhlari tarkibida bank 
va savdo kompaniyasi mavjud o'ta yirik konsernga tenglashtirish mumkin. 
Urushdan keyingi iqtisodiy islohotlarning ikkinchisi - 1947 
1949
yy.dagi agrar islohot edi. Islohotning asosiy mazmuni davlat pomeshiklardan 
majburiy ravishda yerlarni sotib olishdan iborat edi, agar pomeshik qishloqda yashasa unga 3 ga 
yer qoldirilardi, agar pomeshik "ko'rinmas" bo'lsa uning barcha yeri sotib olinar- di. Yer pulga 
sotib olinardi, lekin inflyasiya natijasida islohotlar yakuniga kelib yerning real qiymati 5-7%ga 
3
Конотопов М. В., Сметанин С. И. Экономическая история: Учебник. - 9-е изд., доп. и перераб. - М.: Издательско-торговая корпорация 
«Дашков и К°», 2007. - С.284. 
186 


17-MAVZU. XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XXASR)
4
pasayib ketgan edi. 
Pomeshiklardan sotib olingan yerlarni davlat avval shu yerlarni ijaraga olib ishlagan 
dehqonlarga 24 yil davomida bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan sotdi. Natijada pomeshik yer egaligi 
deyarli yo'qotildi, dehqonlar ijarachidan yer egalariga aylanishdi, ijrachi bo'lib qolganlar uchun 
ijara haqi ikki barobar qisqartirildi. 
Bu burjua islohoti edi. U parazitik yarimfeodal yer egaligini yo'q qildi. Yaponiyada yirik 
kapitalistik xo'jaliklarni rivojlanishiga qishloq joylarda aholining ko'pligi to'siqlik qildi. 
Avvalgidek qishloq xo'jaligida asosiy subyekt - gektardan kam yerga ega mayda fermer edi. 
Yaponiyada bir xo'jalikka to'g'ri keladigan o'rtacha yer maydoni, avvalgidek, 1 ga edi. 
Xo'jaliklarning maydaligiga qaramasdan islohot qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini 
rivojlanishiga olib keldi. 1946 yildan 1970 yilgacha o'sish deyarlik ikki barobar bo'ldi. 
Islohotgacha dehqonlar daromadlarining asosiy qismi pomeshiklar tomonidan tortib olinardi. Endi 
bu mablag'lar xo'jalikda qolib ishlab chiqar- ishga sarflanmoqda. Shu sababdan yerga ishlov 
berishning texnik darajasi tez o'sdi, mayda yer egaligi sharoitida "kichik mex- anizatsiyalash" 
amalga oshirildi. 

Yüklə 366,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə