Yaponiya va xitoyning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) ■



Yüklə 366,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix16.02.2023
ölçüsü366,83 Kb.
#100940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
15-MAVZU. YAPONIYA VA XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR)

17-MAVZU. XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XXASR)
8
kechak va poyabzal, zeb-ziynat, qurol-yarog' va aslahalar, qog'oz va boshqalar ishlab chiqarilardi. 
Ushbu korxonalarni davlatning uch inspeksiyasi boshqarib, ularga ko'p sonli devonxonalar 
bo'ysunardi. Bir qator tovarlar - metall rudasi, tuz, ko'mir, choy - davlat monopoliyasida edi. 
Ushbu davlat korxonalarining ishchilari manbasi bo'lib shahar hunarmandlari chiqishardi, 
ular ham 20 kun davomida majburiy mehnat qilishar edi. Davlat majburiy mehnat qilayotganlarga 
ovqat bermas edi, ularga ovqat oila a'zolari tomonidan ta'minlanar edi. Hunarmandlar o'z 
mahsulotlarini g'aznaga topshirishardi va g'aznadan olgan mablag' hisobiga kun ko'rishardi. 
Ish kuchining ikkinchi manbasi - davlat qullaridir. Hukumatga qarshi chiqilganda 
aybdorlar o'lim jazosiga mahkum qilinardilar, ularning oila a'zolari esa qul qilinardi. Davlat 
qullarining farzand- lari ham qul hisoblanardi. 
Osiyocha ishlab chiqarish usulining yana bir belgisi - sharqo- na istibdoddir. Imperator Sin 
Shi-xuandi (e.a. 3 asr) hukmronligi bunga yaqqol misol hisoblanadi. Bu imperator barcha tarixiy 
asar- lar, falsafiy va ilmiy kitoblarni to'plab yoqib yubortirgan, faqatgina ushbu imperatorni 
maqtagan kitoblar qolgan. Taqiqlangan adabiyotlarni saqlaganlar o'limga mahkum qilinar edilar, 
tarixiy asarlarni talqin etib, avvalgi tuzumni maqtaganlar esa barcha qarindoshlari bilan birga qatl 
etilardi. O'sha davrning 460 yirik olimlari tiriklayin yerga ko'mib tashlangan edi. Sin-Shi o'z hay- 
otiga qo'rqqani uchun bir saroydan ikkinchisiga ko'chib yurar edi (uning hukmdorligi davrida 700 
ta saroy qurilgan edi). 
Sharqona istibdodning belgilovchi omil alohida hukmdorlarn- ing shavqatsizligi emas, 
balki hayotning barcha tomonlarini davlat nazoratida bo'lishidir. Davlat dehqon nima 
yetishtirishini hal etardi. 
Osiyocha ishlab chiqarishning xitoycha talqinining asosiy bel- gilari shulardan iborat. 
Tabiiyki, vaqt o'tgan sari ushbu tizim emi- rila boshlandi. Yerga egalik qilishning davlat usulidan 
tashqari yerga xususiy egalik qilish va ijara munosabatlari shakllandi. 
Agar amaldor o'z lavozimidan kelib chiqib xizmat davriga yer olgan bo'lsa, imperator o'z 
ixtiyoriga ko'ra yerni taqsimlashi mumkin. Bunday xususiy yerlarni, albatta, imperatorning 
qarindoshlari yoki yaqinlari olishlari mumkin edi. Bo'sh yotgan yoki o'zlashtirilmagan yerlarni 
o'zlashtirgan dehqonlar yer egalariga aylanishardi. 
Undan tashqari, dehqonlarni ijrachilikka o'tkazish jarayoni davom etardi, natijada 
dehqonlar o'z yer uchastkalarini ijarachisi- ga aylandi. 
Xitoyda xususiy yer egaligining rivojlanishi yirik xo'jaliklarni tashkil etilishiga olib 
kelmadi. Yer egasi o'z ekin maydonlariga ega emasdilar. Unga tegishli hudud mayda dehqon 
uchastkalari- dan iborat bo'lib, daromadi esa natural ijara to'lovlaridan iborat edi. 
XIX asrning birinchi yarmida Xitoyda har bir qishloq aholisiga 2 mu (0,125 ga) yer to'g'ri 
kelardi. Bu agrar aholini ko'payib keti - shi dehqonlarni ommaviy ravishda qashshoqlanishiga olib 
kelib, juda katta "mehmonlar" guruhini yaratdi. "Mehmonlar" - bu o'z xo'jaligidan mahrum 
bo'lgan, yirik yer egalaridan ijaraga olishga majbur bo'lgan va buning evaziga yarim hosilni 
beruvchi dehqon- lardir. 
Shunday bo'lsa ham, davlat eng yirik yer egasi edi. 1912 yilda davlat yerlarida xo'jalik 
yurituvchi dehqonlar 49%, yarimijarachilar 
-
23%, ijarachilar - 28%ni tashkil etardi. 
Dehqonchilik uchun ideal variant bo'lib qadimdan amal qilib kelayotgan yerga davlat 
mulkchiligi va tenglashtirilgan yerda foydalanish xizmat qiladi. XIX asr o'rtasida "taypi 
qo'zg'oloni" natijasida inqilobchilar Xitoyda hukumatni qo'liga o'tdi. Yangi hukumat tomonidan 
"yer tizimi" joriy etilib, unga binoan yerga ishlov berish davlatning qat'iy nazorati ostida bo'lishi 
va yerni oila a'zolari soniga nisbatan taqsimlanishi kerak edi. Davlat qaerda tut daraxtlarini ekish, 
xo'jalikda qancha cho'chqa va tovuq bo'lishi kerakligini belgilab berishi kerak edi. 
Xitoyda Yaponiyadagi kabi mamlakatni tashqi dunyodan chegaralash siyosati olib 
borilmagan edi. Lekin davlat tovar-pul munosabatlarini rivojlanishini sun'iy ravishda cheklar edi. 
Bu soliqlarni natural shaklda bo'lishida, savdogarlarga kun bermas- likda namoyon bo'lar edi. 
Aynan shunday siyosat aholi tomonidan qo'llab-quvvatlanardi. Tabiiyki, bu taraqqiyotni 
sekinlashtirardi va Xitoy tashqaridan kapitalizm kirib kelishiga qarshilik qila olmay qoldi. 


17-MAVZU. XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XXASR)
9
XIX asrda uch "qora dori urush"lari davrida kapitalizni tashqari- dan kirib kelishi 
drammatik xarakterga ega bo'ldi, bunda Xitoy importining 46%ni qora dori tashkil etdi, mamlakat 
esa tipik ya- rimmustamlakaga aylandi. U imperialistik davlatlar o'rtasida ta'sir sohalari bo'yicha 
bo'lib olingan edi. Chet elliklar endi xitoy sudi oldida javob bermas edi, ularning qo'lida flot, 
qo'shinlar, politsiya bor edi. Xitoy hukumati endi real hokimiyatga ega emas edi. Bun- ing asosiy 
sababi - taypi qo'zg'olonini bostirish uchun hukumat chet elliklardan yordam so'raganligidadir, 
natijada hukumat chet elliklar oldida qarzdor bo'lib qoldi, qarzlardan qutilish uchun esa hatto 
soliqlarni to'plash ham chet elliklar qo'liga topshirilgan edi. O'sha davrda Xitoyni rasmiy ravishda 
manchjurlar sulolasi hukumati boshqarar edi, xitoyliklar esa manchjurlarni varvarlar (vah- shiylar) 
deb hisoblar edi. Shu sababdan xalqning inqilobiy kurashi mustamlakachilarga va hukumatga 
qarshi yo'naltirilgan edi. 
Xitoyga olib kiritilayotgan tovarlarga ularning narxini 5%dan oshmagan holda boj 
undirihsga ruxsat berilgan edi, arzon fabrika mahsulotlarini importi esa paydo bo'lib kelayotgan 
xitoy sanoa- tini yo'qqa chiqarardi. Ma'lumki, mustamlakachilar hech qachon mustamlakalarda 
sanoatni rivojlantirishga intilmas edilar, lekin o'sha davrda Xitoyda mavjud sanoatda 
mustamlakachilar yetakchi pozitsiyalarni egallagan edilar. Chet elliklar qo'lida tashqi savdo, temir 
yo'l, ko'mir sanoatining yarmi, tekstil sanoatining 40% mu- jassamlashgan edi. 
Bu davrda xitoy burjuaziyasi uch qismga bo'lingan edi. Eng imtiyozli holatda 
kompradorlar
6
edi. Chet elliklarga doim milliy agentlar orqali faoliyat yuritish qulaydir. 
Ikkinchi, Xitoy uchun xos bo'lgan burjuaziyaning qismi - byurokratik kapitaldir. Ushbu 
termin asosan "hukumat bilan uzviy bog'langan komprador kapitali" ma'nosini anglatadi. 
Byurokratik kapital iqtisodiyotda davlatning ustuvorlikka egaligining natijasidir. Chet elliklar 
hukmronligi sharoitida davlat hokimiyati par- chalanayotgan vaqtda davlatning mol-mulki asta-
sekin yuqori lavozimlardagi odamlar qo'liga o'ta boshladi. Bu esa byurokratik kapital edi.
Uchinchi qism - chet el kapitali bilan bog'liq bo'lmagan milliy burjuaziyadir. Chet elliklar va 
kompradorlar tomonidan siquvga olingan burjuaziyaning bu qismi Xitoyda inqilobiy kuchlarni 
tashkil etardi. 
Chet elliklarning hukmronligi natijasida sanoat noratsional joy- lashtirilgan edi. 
Sanoatning % qismi shimoli-sharqiy qirg'oqbo'yi rayonlarida joylashgan edi. Faqatgina 
Shanxayning o'zida yengil sanoatning yarmi joylashgan edi. Xitoyning ko'pgina rayonlarida sanoat 
umuman yo'q edi. Aholi ehtiyojlari, huddi avvalgidek, hu- narmandchilik va uy xo'jaligi 
mahsulotlari yordamida qondirilar edi. 

Yüklə 366,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə